4. Bitimlarni ro’yxatga olish va rasmiylashtirish. Fond birjasidagi bitim savdo sessiyasi jarayonida tomonlarning og’zaki
roziligi asosida ro’yxatga olingan va boshmakler tomonidan qayd etilgan vaqtdan
boshlab u tuzilgan hisoblanadi.
Broker tomonidan mijozning topshirig’iga asosan bitimni amalga oshirilgandan
so’ng sotuvchi quyidagilarni taqdim etishi lozim:
1. QQ ning mavjudligi haqidagi kafolatnomani;
2. Bitimni tuzgan broker tomonidan imzolangan bitimni ro’yxatga olish
varaqasini;
3. Bitimni tuzgan broker tomonidan imzolangan oldi-sotdi o’artnomasini;
Xaridor esa quyidagilarni: 1.Tuzilgan bitm summasini to’lash haqidagi kafolatnomani;
2. Sotuvchi broker tomonidan imzolangan bitimni ro’yxatga olish varaqasiga va
oldi-sotdi shartnomasiga imzo qo’yadi.
Agarda tomonlarning birortasi bitim va shartnomalarni rasmiylashtirishdan
bosh tortsa, uning harakati birja savdolari qoidalarini buzgan deb baholanadi va
tegishli tartibda jazoga tortiladi.
Birja bitimi tuzilganidan va oldi-sotdi sharnomalari imzolanganidan so’ng
broker –unga topshiriq bergan mijozga belgilangan shakl va tartibda hisobot taqdim
etadi.
Bitim va shartnomalar tegishli muddat va qoidalar asosida birjaning xodimlari
tomonidan rasmiylashtiriladi.
Birjada bitim tuzgan tomonlar unga vositachilik yig’imini tulaydilar. Yig’im
Brokerlik idorasi va mijoz urtasidagi shartnomaga (kelishuvga) asosan ularning biri
tomonidan to’lanadi.
Biroq amaldagi tartibga binoan to’lov muddati va tartibi buzilgan holatlarda birja
tomonidan barcha e’tirozlar mijozga emas balki brokerlik idoralariga bildiriladi.
Shu sababli ushbu jarayonda asosiy mas’uliyat brokerlik idoralariga aniqroq qilib
aytiladigan bo’lsa brokerlar zimmasiga yuklatiladi.
Savollar: 1. Brokerlik idoralari, brokerlik joyi tushunchasi?
2. Birja savdolariga ruxsat etish tartibi?
3. Birja brokerlari va mijozlarining o’zaro munosabatlari, ularga beriladigan
buyruq turlari qanday bo’ladi?
3. Bahslarni xal etish tartibi va jazo choralarini aytib bering?
4. Bitimlarni ro’yxatga olish va rasmiylashtirish qanday o’tkaziladi?