Dastlabki holatda bu munosabatlar brokerlik xizmati ko’rsatish uchun
shartnomalar
bilan,
ikkinchi vaziyatda esa topshiriq shartnomasi bilan rasmiylashtiriladi.
YAna shuni nazarda tutish lozimki birja brokerlari nafaqat mijozlarning
talabnomalari bo’yicha bitimlar tuzadi, balki ayrim ma’noda ular uchun maslahatchi
va ularning ishonchli boshqaruvchisi ham hisoblanadilar.
Birja savdolarida qimmatli qog’ozlarni xarid qilish yoki sotish uchun topshiriq
shartnomalarini tuzishda birja savdolarining qoidalari nazarda tutilgan bo’lib
andozalashtirilgan xususiyatga ega bshlgan buyruqlar yoki topshiriqlar asosiy o’rin
tutadi. Bunday buyruqlarning quyidagi asosiy turlari mavjud:
-
“Bozor buyrug’i” – Bu muayyan tovarni QQ ni (qimmatbaho qog’ozlarni)
eng foydali joriy narx bo’yicha xarid qilish yoki sotish uchun byruq.
-
“Limitli buyruq” – Bu QQ ni maxsusv kelishilgan
narxlarda yoki eng
foydali narxlarda yoki eng foydali shartlarda xarid qilish yoki sotish uchun buyruq.
Limitli buyruqda kelishilgan narx doimo joriy sotish narxidan yuqori bo’ladi.
-
“Stop buyruq” – Brokerga QQ larni narxlar buyruda aytilgan darajaga
yetgan vaqtda xarid qilish yoki sotish uchun beriladigan buyruq. Bu shuni anglatadiki
“Bufer narxi” ga erishish bilanoq bu buyruq avtomatik ravishda bozor buyrug’iga
aylanadi.
-
“Bufer limitli buyruq”- Brokerlarga QQ larni narxlar buyruqda aytilgan
darajaga yetgan vaqtda xarid qilish yoki sotish uchun buyruq. YA’ni
bufer naxiga
erishish bilanoq ushbu buyruq avtomatik ravishda “Limitli buyruqqa aylanadi.”
-
“Kunlik buyruq” -Faqat mijoz tomonidan ko’rsatilgan savdo kunida amal
qiladigan buyruq.
-
“Ochiq buyruq” – Mijoz uni bekor qilmagunga
qadar amal qiladigan
buyruq.
-
“Ko’lamli buyruq” – Mijozning brokerga bir vaqtning o’zida turli
shartlardagi bir necha limitlangan buyruqlarni qatorasiga bajarish buyrug’ini
anglatadi.
-
“Muqobil buyruq” – Mijozning u yoki bu darajadagi QQ larni xarid qili va
sotish topshirig’ini anglatadi.
-
“O’tkazma buyruq” – Bu bir turdagi
QQ larni sotishdan tushgan
tushumlardan boshqa qimmatli qog’ozlarni xarid qilishni ko’zda tutudi.
-
“Hammasi yoki hech narsa buyrug’i” – Mijozning qimmatli qog’ozlar
turkumini butunlay sotsh yoki xarid qilish topshirig’ini anglatadi. Agar broker mazkur
shartni bajara olmasa buyruq avtomatik ravishda bekor bo’ladi.