Maruza № 6
Mavzu: Birja ishi
Reja
1.Birja ishi tashkil etish
2.Fond birjasining tashkiliy asoslari
3.Xorijdagi tovar birjasining faoliyati
4.Mexnat birjasi faoliyati va vazifalari
1.
Birja ishini tashkil etish
Birja
va brokerlik idoralari, odatda keng doiradagi faoliyat turlarini amalga
oshiradi. Avvalo ular savdo bitimlarini tuzish,ulgurji savdoni tashkil eti shva amalga
oshirish bo’yicha juda ko’p xildagi vositachilik xizmatlarini bajaradilar.Odatda ular
katta xajmda nashriyotchilik faoliyatini olib boradilar. Birja byulletenlari,
qo’llanmalar, meyoriy xujjatlar va boshqalarni chiqaradi.
Birja ishini boshqarish va tashkil etish uning
Ustaviga muvofiq amalga
oshiriladi. Birja o’z boshqaruvini tuzilishini,shakli va uslublarini mustaqil belgilaydi.
Birja ustavida quydagilar belgilab beriladi.
-
birjaning nomi va turi
-
birjaning manzilgoxi
-
Birja ishi soxasi va maqsadi
-
Ustav
fondining miqdori, muassasalar tomonidan fondga ulushlar
kiritilishining tartibi va muddatlari.
-
Daromadni taqsimlash va mo’ljallangan zararlarni koplash tartibi.
-
Birja muasasalari va azolarning mulkiy javobgarligi
-
Birjaning boshqaruv idoralari,ularning tashkil
etish tartibi va ularninig
vakolatlari.
-
Birja savdo sotigi qoidalarini ishlab chiqish va qabul qilish tartibi.
-
Birja azoligiga qabul qilish,azolikni vaqtincha to’xtab turish va to’xtash
tartibi,birja azolarining xuquq va majburiyatlari.
-
Birjaning qayta tiklash,tashkil etish va tugatish tartibi.
-
Birja azolarining (aksionerlar, ishtirokchilar) umumiy yigilishi.
Mustaqil davlatlar kengashi,shu jumladan O’zbekistondagi
va chet eldagi
jismoniy va yuridik shaxs xisoblanganlar,quydagi talablarni bajargandagina ular birja
azolari bqlishlari mumkin.
(birja va Birja ishi to’grisidagi 1992 yil 2 iyul O’zbekiston Qonunining 15
moddasida ko’rsatilgan.)
Birinchidan, agar shu shaxslarga tadbirkorlik bilan shugullanish konunda man
qilinmagan bo’lsa.
Ikkinchidan,agar ular birja Ustavi va birja Kengashi azolariga qo’yilgan
talablarga javob bersa.
Uchinchidan, agar azolikka kiruvchilar zaruriy badallarni yoki brokerlik o’rni
uchun to’lovlarni to’lay olsalar.
Birja azoligiga kirish faqat birja Kengashining roziligi Bilan bo’ladi.
Birja ichki ishlarni boshqarish va boshqa subektlar bilan xuquqiy tashqi
aloqalarni qrnatish uchun birjaning raxbar tashkiloti yaratiladi.
Ular
quydagilardan iborat
Birja qo’mitasi, kengashi yoki birja ustavida ko’rsatilgan boshqa tashkilotlar
(boshqaruv idorasi, boshqarma,
taftish komissiyasi, arbitraj, xisob palatasi, ro’yxat
kommisiyasi). Ularning faoliyatlari maxsus meyoriy xujjatlar, Ustav, birja
qarorlari va
qo’llanmalari bilan tartibga solinadi.
Dostları ilə paylaş: