Oʻzbekiston respublikasi qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi toshkent davlat agrar universiteti


-Rasm. Transport-tayyorlov xarajatlarini buyurtma oʻlchamiga bogʻliqligi



Yüklə 339,51 Kb.
səhifə14/24
tarix26.09.2023
ölçüsü339,51 Kb.
#149103
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   24
12. Таянч конспект Агрологистика

3-Rasm. Transport-tayyorlov xarajatlarini buyurtma oʻlchamiga bogʻliqligi

Optimallik mezoni sifatida transport-tayyorlov va saqlashga boʻlgan xarajatlar summasining minimumi olinadi.


Ushbu ikkala xarajatlar ham buyurtma oʻlchamiga bogʻliq, ammo ularning bogʻliqlik darajalari turlicha.
Saqlashga boʻlgan xarajatlar esa buyurtma oʻlchamiga toʻgʻri proporsionaldir. Bu bogʻliqlikning grafigi 4 rasmda keltirilgan.
Yuqoridagi ikkita grafikni qoʻshib, transport-tayyorlov va saqlash xarajatlarini buyurtma oʻlchamiga bogʻliqligini aks ettiruvchi egri chiziqqa ega boʻlamiz. Koʻrib turganimizdek bu egri chiziq minimum nuqtasiga ega, aynan shu nuqtada xarajatlar yigʻindisi minimumga teng boʻladi. Ushbu nuqtaning abssissasi esa buyurtmaning optimal oʻlchami qiymatini aks ettiradi.

saqlash xarajatlari




Buyurtma oʻlchami




4-Rasm. Zaxiralarni saqlashga boʻlgan xarajatlarni buyurtma oʻlchamiga bogʻliqligi



saqlash va transportirovka xarajatlari






Sopt

Buyurtma oʻlchami


5-Rasm. Transport-tayyorlov va saqlash xarajatlari summasini buyurtma oʻlchamiga bogʻliqligi
Sopt. – buyurtmaning optimal oʻlchami.

Buyurtmaning optimal oʻlchamini aniqlash masalasi analitik usul bilan ham yechilishi mumkin. Buning uchun transport-tayyorlov va saqlash xarajatlari summasini aks ettiruvchi funksiyani minimumga intilishi shartlarini aniqlash lozim, yaʼni:


Sum.= Ssaq. + Str. min (1)
bu yerda:
Sum. – tashish va saqlashga boʻlgan umumiy xarajatlar;
Ssaq. – zaxirani saqlashga boʻlgan xarajatlar;
Str. – transport-tayyorlov xarajatlari;
Tasavvur qilaylik, aniq bir davr ichidagi aylanma kattaligi Qni tashkil etsin. Bitta buyuriladigan va yetkaziladigan partiyaning oʻlchami S. Oldingi partiya tugab boʻlgandan soʻnggina keyingisi olib kelinadi. Unda zaxiraning oʻrtacha qiymati S/2 ga teng boʻladi.
Zaxirani saqlash uchun (M) tarifni kiritamiz. M- T davr ichidagi saqlash xarajatlarini oʻsha davrdagi oʻrtacha zaxira qiymatidagi ulushi bilan oʻlchanadi. Masalan, Mq0,1 boʻlsa, demak zaxirani saqlash boʻyicha xarajatlar, uning oʻrtacha qiymatini 10%ni tashkil etadi. Shuningdek, bir birlik tovarni saqlash xarajatlari ham, uning qiymatini 10%ni tashkil etadi.
Endi T davr ichida tovarlarni saqlashga boʻlgan xarajatlarni hisoblash mumkin:
(2)
T davr ichidagi transport-tayyorlov xarajatlarining oʻlchami, buyurtmalar sonini, bitta buyurtmani olib kelish bilan bogʻliq xarajatlarga koʻpaytmasi bilan aniqlanadi.
(3)
bunda:
K–bitta buyurtmaga boʻlgan transport-tayyorlov xarajatlari;
Q/S- T davrdagi buyurtmalar miqdori;
Olingan ifodalarni joy-joyiga qoʻyib chiqib, olib kelinadigan partiyaning optimal oʻlchamini topamiz. (Sopt.)
Sum.= Ssaq. + Str. min
(4)
Sum., uning S boʻyicha birinchi hosilasi nolga teng, ikkinchisi esa noldan katta boʻlgan nuqtada, minimumga erishadi. Birinchi xosilani topamiz:
(5)
(6)
Maqsadli funksiya hosilasini nolga olib keluvchi Sning qiymatini topamiz:
(7)
bundan
(8)
Tekshiruv, ikkinchi hosilani noldan katta ekanligini koʻrsatadi. Demak, topilgan Sopt. yetkazish va saqlashga boʻlgan xarajatlar summasini minimumini taʼminlaydi.
Buyurtmaning optimal oʻlchamini hisoblashga imkon beruvchi ushbu formula, zaxiralarni boshqarish nazariyasida Uilson formulasi deb nomlanadi.[Gadjinskiy]
Buyurtmaning optimal oʻlchamini hisoblashga doir misolni koʻrib chiqamiz. Boshlangʻich maʼlumotlar sifatida quyidagi kattaliklarni olamiz.
Bir birlik tovar qiymati – 40 soʻm (0,04 ming soʻm)
Berilgan tovar pozitsiyasi boʻyicha omborning oylik aylanmasi (oboroti):
Qʻq 500 birlik/oy , yoki Q = 20 ming soʻm/oy
Tovarni saqlash xarajatlari, uning qiymatini 10%ga teng, yaʼni M=0,1.
Bitta buyurtmani joylashtirish va yetkazish bilan bogʻliq transport-tayyorlov xarajatlari: Kq0,25 ming soʻm
Bunda yetkazilayotgan buyurtmaning optimal oʻlchami:
ming.soʻm
Agarda aylanma (oborot) hajmini natural birliklarda ifodalaganda, hisob boshqacha shaklga ega boʻladi:
(9)
bu yerda:
Qʻ – natural birliklarda ifodalangan aylanma hajmi (bizning misolimizda Qʻ=500 birlik)
R – bir birlik tovarning qiymati (bizning misolimizda R =0,04 ming soʻm)
birlik
Ravshanki, tovarni bir oy ichida ikki marotaba yetkazish maqsadga muvofiq boʻladi: 20 m.s. : 10 m.s. = 2-marta
Bu xolda transport-tayyorlov va saqlash xarajatlari:
ming soʻm
Olingan natijalarni eʼtiborga olmaslik, xarajatlarni oshib ketishiga olib keladi. Masalan: 12 ming soʻmga teng boʻlgan partiya olib kelinganda (yaʼni S=12)
ming soʻm
8 ming soʻmga teng boʻlgan partiya olib kelinganda (yaʼni S=8) esa:
ming soʻm
Buyuriladigan partiya hajmini aniqlashdagi 20%lik xatolik, bizning misolimizda korxonaning tashish va saqlash boʻyicha oylik xarajatlarini 2% ga oshiradi. Buni depozit jamgʻarmasining stavkasi bilan tenglashtirish mumkin. Boshqacha qilib aytganda, logistika menedjerining ushbu xatosi, pullarni depozitda “ishlatmasdan”, ushlab turgan moliyachi xatosi bilan baravardir.
2. Buyurtmaning optimal oʻlchami formulasining qoʻllanilishi
Uilson formulasidagi K va M kattaliklarini hisoblash, transport-tayyorlov va saqlash xarajatlari smetalarini tuzish asosida amalga oshiriladi. Ushbu hisoblashlarning har biri bilan tanishib chiqamiz:
1. Bitta buyurtmaga boʻlgan transport-tayyorlov xarajatlari (K kattaligi), oʻtgan davrdagi transport-tayyorlov xarajatlarini ushbu davrda qabul qilingan buyurtmalarga nisbati bilan aniqlanadi.
Transport-tayyorlov xarajatlarining smetasi, quyidagi xarajat turlarini oʻz ichiga oladi:
K1 – yetkazish shartnomasini rasmiylashtirish bilan bogʻliq boʻlgan xarajatlar, yaʼni xizmat safarlariga, muzokaralar olib borishga va b. boʻlgan xarajatlar;
K2 – yetkazish jarayonida yukni qoʻriqlashga boʻlgan xarajatlar;
K3 – sugʻurta xarajatlari;
K4 – tashish xarajatlari;
K5 – buyurtmani joylashtirish va bajarish bilan bogʻliq boshqa xarajatlar.
Umumiy transport-tayyorlov xarajatlari quyidagi formula boʻyicha aniqlanadi:
(10)
bu yerda:
L – belgilangan davrda joylashtirilgan (qabul qilingan) va bajarilgan buyurtmalar miqdori.
2. T davr ichidagi saqlash xarajatlarini, ushbu davrdagi oʻrtacha zaxira qiymatidagi ulushini (M kattaligi) hisoblash ham bir necha moddalarni oʻz ichiga oladi:
m1-zaxiralar qiymatini toʻlash uchun zarur boʻlgan kredit boʻyicha foizlar.
U quyidagi formula boʻyicha topiladi:
(11)
bu yerda:
Sbirlik- buyurtmaning natural koʻrinishidagi hajmi;
R – bir birlik tovarni sotib olish bahosi, soʻm;
α – kredit boʻyicha oʻrtacha foiz stavkasi;
m2 – zaxiralarni saqlash bilan bogʻliq xodimlarning ish xaqi;
m3 – zaxiralarni saqlashda ishlatiladigan binolar va uskunalar amortizatsiyasi;
m4 – maʼmuriy xarajatlar va kommunal xizmatlar;
m5 - qoʻriqlash, yoʻqotishlar va zaxiralarni saqlash bilan bogʻliq boshqa joriy xarajatlar;
M kattaligi, yaʼni T davrdagi zaxiralarni saqlash xarajatlarining ushbu davrdagi oʻrtacha zaxira qiymatidagi ulushi, quyidagi formula boʻyicha topiladi:
(12)



Yüklə 339,51 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin