Oʻzbekiston respublikasi qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi toshkent davlat agrar universiteti


Qishloq xoʻjaligida logistikada servis



Yüklə 339,51 Kb.
səhifə15/24
tarix26.09.2023
ölçüsü339,51 Kb.
#149103
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   24
12. Таянч конспект Агрологистика

8. Qishloq xoʻjaligida logistikada servis
xizmati koʻrsatish
“Xaridor bozori” sharoitida, sotuvchi, xaridor talabidan kelib chiqqan holda, oʻz faoliyatini amalga oshirishiga toʻgʻri keladi. Bunda talab tovarga boʻlgan talab bilan cheklanmaydi. Xaridor ushbu tovarni yetkazib berish jarayonida unga koʻrsatiladigan xizmatlar tarkibi va sifati boʻyicha ham oʻz talablarini ilgari suradi.
Xizmat, atamasining asl maʼnosi, biror-bir kimsaga foyda keltiruvchi yoki yordam beruvchi hatti-harakatlarni anglatadi. Birovlar ehtiyojlarini qondirish, yaʼni ularga xizmat koʻrsatish esa servis deb ataladi.
Logistik faoliyat, moddiy oqim isteʼmolchisiga turli xildagi logistik xizmatlar koʻrsatish imkoniyatini nazarda tutadi. Logistik servis taqsimot jarayoni bilan uzviy bogʻlangan boʻlib, tovarni yetkazish jarayonida koʻrsatiladigan xizmatlar majmuidan iboratdir.
Logistik servisning obyekti boʻlib moddiy oqimning turli isteʼmolchilari xizmat qiladi. Logistik servis yetkazib beruvchining oʻzi tomonidan, yoki logistik servisga ixtisoslashgan ekspeditorlik firmasi tomonidan amalga oshiriladi.
Logistik xizmat koʻrsatish sohasidagi barcha ishlarni uchta asosiy guruhga boʻlish mumkin:

  • sotuvdan oldingi, yaʼni logistik servis tizimini shakllantirish boʻyicha ishlar;

  • tovarlar sotish jarayonida amalga oshiriladigan, logistik xizmatlarni koʻrsatish boʻyicha ishlar;

  • sotuvdan keyingi logistik servis.

Realizatsiya jarayonidan oldingi logistik servis sohasidagi ishlar, asosan, xizmat koʻrsatish sohasidagi firma siyosatini belgilash, va xizmatlarni rejalashtirishni oʻz ichiga oladi.
Tovarlarni realizatsiyasi jarayonida turli xil logistik xizmatlar koʻrsatilishi mumkin:

  • omborda tovar zaxiralarining mavjudligi;

  • buyurtmani bajarish, shu jumladan assortimentni tanlash, qadoqlash, yuk birliklarini shakllantirish va boshqa operatsiyalar;

  • yetkazish ishonchliligini taʼminlash;

  • yuklar oʻtishi toʻgʻrisida axborot taqdim etish.

Sotuvdan keyingi xizmatlar – bu kafolat xizmati, xaridorlar eʼtirozlarini koʻrib chiqish boʻyicha majburiyatlar, almashinish va boshqalardir.
Isteʼmolchi yetkazib beruvchi tanlaganda uning logistik servis sohasidagi imkoniyatlarini ham eʼtiborga oladi, yaʼni boshqacha qilib aytganda yetkazib beruvchining raqobatdoshligiga u taklif etayotgan xizmatlarning assortimenti va sifati ham taʼsir koʻrsatadi. Ikkinchi bir tomonidan, xizmatlar safini kengaytirish qoʻshimcha xarajatlarga olib keladi.
Logistik servis tizimini shakllantirishga imkon beruvchi harakatlar ketma-ketligini koʻrib chiqamiz.
Logistik xizmatlar raqobatdoshlikka oʻz taʼsirini oʻtkazar ekan, har bir xoʻjalik, firma yoki korxona isteʼmolchilarga logistik xizmat koʻrsatish sohasida aniq belgilangan strategiyaga ega boʻlishi zarur.
Isteʼmolchi bozorining segmentatsiyasi, joʻgʻrofik omil boʻyicha, servis jihatlari boʻyicha yoki boshqa bir omil boʻyicha amalga oshirilishi mumkin. Xaridorlar uchun ahamiyatli xizmatlarni tanlashni, ularning turkumlanishini, xizmatlar standartini aniqlashni, turli xil soʻrovlarni oʻtkazish yoʻli bilan amalga oshirish mumkin. Koʻrsatiladigan xizmatlarni baholash turli xil usullar bilan amalga oshiriladi. Masalan, yetkazishning ishonchlilik darajasini oʻz vaqtida yetkazilgan partiyalar ulushi bilan oʻlchash mumkin.
Kompaniya resurslari esa xaridor uchun eng ahamiyatli boʻlgan xizmatlarni koʻrsatishga yoʻnaltiriladi.
Logistik servis sifatini baholash uchun quyidagi mezonlar qoʻllaniladi:

  • yetkazish ishonchliligi;

  • buyurtma qabul qilgandan to tovarlar partiyalarini yetkazishgacha boʻlgan toʻliq vaqt;

  • yetkazish egiluvchanligi;

  • yetkazib beruvchi omborida zaxiralar mavjudligi;

  • kredit olish imkoniyati, va qator boshqa mezonlar.

Bulardan birinchi uchtasini tavsiflab oʻtamiz.
Yetkazish ishonchliligi. Umumiy holda, ishonchlilik deganda, belgilangan cheklanishlarda oʻz tavsiflarini saqlagan holda berilgan funksiyalarni bajarish qobiliyatini oʻz ichiga olgan, tizimning majmuaviy xususiyati tushuniladi.
Yetkazish ishonchliligi – bu yetkazib beruvchining belgilangan chegaralarda, shartnomada kelishilgan yetkazish muddatlariga rioya qilish qobiliyatidir. Yetkazish ishonchliligi, yetkazish jarayoni tarkibiga kiruvchi ayrim turdagi ishlarni bajarish muddatlariga rioya qilishning ishonchliligi bilan aniqlanadi.
Yetkazish ishonchliligiga taʼsir etuvchi asosiy omillardan boʻlib, shartnomada koʻzda tutilgan majburiyatlar (kafolatlar) mavjudligi xizmat qiladi, yetkazish muddatlarini buzganlik uchun javobgarlik aynan shu majburiyatlarda belgilanadi.
Buyurtma qabul qilgandan to tovarlar partiyalarini yetkazishgacha boʻlgan toʻliq vaqt, u oʻz ichiga quyidagilarni oladi:

  • buyurtmani rasmiylashtirish vaqti;

  • ishlab chiqarish vaqti (agarda buyurilgan tovarlarni ishlab chiqarish lozim boʻlsa, bu vaqt yetkazish muddatiga qoʻshiladi)

  • qadoqlash vaqti;

  • yuklash vaqti;

  • yetkazish vaqti;

Shartnomada koʻrsatilgan yetkazish muddatlariga rioya qilish, yuqorida sanab oʻtilgan ushbu muddatning tarkibiy qismlariga qanday rioya qilinishiga bogʻliq. Masalan, tovarni ishlab chiqarishga rejalashtirilgan muddatlarga yoki ekspeditor taʼkidlagan yetkazish muddatlariga rioya qilinmasligi mumkin.
Yetkazish egiluvchanligi – yetkazuvchi tizimni mijozning alohida istaklarini (qoidalarini) eʼtiborga olishi qobiliyatini bildiradi. Bunga quyidagilarni kiritadilar:

  • buyurtma shaklini oʻzgartirish imkoniyati;

  • buyurtmani yetkazib berish turini oʻzgartirish imkoniyati;

  • qadoq turini oʻzgartirish imkoniyati;

  • yetkazib berishga boʻlgan talabnomani qaytarib olish imkoniyati;

  • mijozni uning buyurtmasi holati toʻgʻrisida axborot olishi imkoniyati;

  • butlanmagan yetkazishlarda boʻlgan eʼtirozlarga munosabat.




Yüklə 339,51 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin