uchun zarur bo’lgan ijtimoiy zaruriy xarajatlarning o’rnini to’ldirish hamda zarur bo’lgan
sof foydani olishga qarab belgilanishi kerak.
Ishlab chiqarishdagi ahamiyatiga ko’ra tannarx rejali va haqiqatdagi tannarx
bo’ladi, rejali tannarx me’yorlar bo’yicha hisobot tannarxi esa korxonaning haqiqatdagi
sarflari bo’yicha hisoblanadi.
To’la tannarxga ishlab chiqarish tannarxi va mahsulotni saqlash, sotish, tashish,
yo’qotish va boshqa xarajatlar kiradi.
Xarajatlar yig’indisi bevosita va bilvosita xarajatlardan tashkil topadi.
Suvdan foydalanuvchi xo’jaliklarga berilgan suv tannarxi manbadan suv olish va
xo’jalik chek nuqtalariga yetkazib berish uchun sarflangan xarajatlar yig’indisidan kelib
chiqib aniqlanadi.
Suvdan foydalanish samaradorligi suv iste’molchilarining erishgan foydasini
sarflangan suvning hajmiga bo’lish orqali aniqlanadi.
Tayanch so’zlar
Baho, narx-navo, xarajat, tannarx, foyda, rentabellik, ishlab chiqarish chiqimlari,
ekspluatatsiya chiqimlari, kalkulyatsiya, irrigatsiya tizimlari havzaviy boshqarmasi,
magistral kanallar, xo’jaliklararo kanallar, ichki sug’orish shaxobchasi, suv ta’minoti, joriy
va kapital ta’mirlash xarajatlari, smeta qiymati, bevosita va bilvosita xarajatlar, xizmat
ko’rsatish xarajatlari, ustama xarajatlar, sug’orish tizimining foydali ish koeffitsiyenti.
Dostları ilə paylaş: