O`zbekiston respublikasi qishloq va suv xo`jaligi vazirligi toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti buxoro filiali


 Kartalar va ortofotoplanlarni vektorlash kichik sistemasi



Yüklə 254,7 Kb.
səhifə10/26
tarix19.12.2023
ölçüsü254,7 Kb.
#186696
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   26
O`zbekiston respublikasi qishloq va suv xo`jaligi vazirligi tosh-fayllar.org

2.3. Kartalar va ortofotoplanlarni vektorlash kichik sistemasi 
Kartamateriallarni skanerlovchi ishchi o`rinlariga talablar. Funktsional 

talablar. Ushbu ishchi o`rni quyidagi funktsional imkoniyatlargaega bo`lishi kerak:


- ko`p rangli kartamateriallarni skanerlash; 
- oq-qora kartamateriallarni skanerlash;
- rastrli tasvirlarni filtrlash; 
- rang va fototon bo`yicha ajratish (oq-qora tasvirlar uchun);
- rastrli tasvirlar gistogrammalari tahlili, filtratsiyasi, binarizatsiyasi; 
- kartamateriallar koordinatalarini o`tkazish va ularni deformatsiyasini
hisoblash, tasvirlarni geometrik korrektsiyasi; 
- rastrli tasvirlarni ekranda vizuallashtirish, masshtablashtirish va
panoramalashtirish; 
- rastrli tasvirlarni ishchi o`rinlariga vektorlash uchun eksport qilish;
- kartografik skanerlarni fotometrik va geometrik kolibrovka qilish. 
Kartografik skanerga talablar:
- kiritiluvchi hujjatlar formati – A0 (ISO) gacha; 
- rangli kartalarni va ko`p tonli materiallarni skanerlash imkoniyatlari;
- yorqin va yorqin bo`lmagan materiallar bilan ishlash imkoniyatlari; 
- jihoziy (instrumental) ta`minlash razresheniyasi – har dyuymga 500
nuqtadan kam bo`lmasligi; 
- geometrik aniqlik – nuqtalarning o`zaro holati o`rta kvadrati chiziq
uzunligining 0,1 % dan oshmasligi kerak, skanerlangandan so`ng matematik 
korrektsiya – chiziq uzunligini 0,01 % oshmasligi kerak;



27


- rang gradatsiyasi soni – 256 rang gradatsiyasi (8 bit/piksel) oq-qora
tasvirlar uchun va 256 gradatsiya (8 bit) RGB ning har bir kanali uchun
shuningdek har bir pikselga 24 bit rangli tasvirlar uchun;
- apparatli yoki dasturli rang ajratishni ta`minlash; 
- optik zichlik diapazoni 0,1-2,5 D dan kam bo`lmasligi kerak;
- skanerni kalibrovka qilish va tekshirish vositalari. 
Karta va ortofotoplanlarni vektorlash ishchi o`rinlariga talablar. Karta va
ortofotoplanlarni vektorlash ishchi o`rinlariga funktsional talablar. Karta va 
ortofotoplanlarni vektorlash ishchi o`rinlari quyidagi jarayonlarni bajarilishini
ta`minlashi kerak: 
- rastrli binar tasvirni qo`lda yoki yarimavtomatik tarzda vektorlash;
- ko`p tonli rastrli tasvirlarni qo`lda vektorlash; 
- vektorlash natijalarini redaktorlash – dialogda raqamlash natijalarini
to`g’rilash va qayta o`lchash; chiziq bo`yicha nuqtalarni birlashtirish usullari 
(qirqma, qiyshiq, yopiq, duga); konturlar (chiziqlar); konturlarni bo`lish;
chiziqlarni chiziqlar va nuqtalarga birlashtirish; nuqtalar qo`yish; konturlar 
modelini topologik to`g’riligini avtomatik nazorat qilish; ma`lum koordinatalarni
nuqtalar bilan belgilash; alohida nuqtalar, chiziqlar, chiziq fragmentlarini o`chirish; 
- vektorlash natijasini ekranda vizuallashtirish;
- chiziqlarga shakl, qalinlik va rang berish, yaxshi ko`rinuvchi grafik 
belgilardan shartli belgilar uchun foydalanish;
- kichik sistema ishchi o`rinlaridagi vektorli ma`lumotlarni qayta ishlash 
va nashr qilish uchun eksport qilish.


Yüklə 254,7 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin