2.2. Kadastr kartografiyasining avtomatlashgan sistemasiga umumiy
talablar
22
Integratsiya bo`yicha talablar. Sistemada EHM ning turli tipdagi apparatli
vositalari, operatsion sistemalar, ma`lumotlar formati va amaliy dasturiy ta`minot
sistemalari minimallashtirilishi kerak.
Barcha komp’yuterlar tarmoqqa ulangan bo`lishi kerak. Fotogrammetrik
server, ma`lumotlar bazasi serveri va grafik ma`lumotlar alohida kommutatorlarga
ulangan, hamda ular bir biri bilan bog’langan bo`lishi zarur. Shu orqali barcha
ishchi o`rinlaridagi fotogrammetrik kichik sistemalari fotogrammetrik serverga
bog’langan kommutatorlarga ulanadi. Qolgan ishchi o`rinlari ma`lumotlar bazasi
va grafik ma`lumotlari serveriga ulanadi.
Lokal hisoblash tarmog’i kabellari ekranlashtirilgan bo`lishi kerak. Shunda
ular elektromagnit nurlanishidan himoya qilinadi.
Tarmoqda ishchi o`rinlari o`rtasidagi ma`lumot almashinuvi 100 Mbit/sek.
dan, server va kommutatorlar o`rtasidagi ma`lumot almashinuvi 1000 Mbit/sek.
dan kam bo`lmasligi kerak.
Sistemani
integratsiyalashda
sistema
komponentlari
o`rtasida
almashinadigan ma`lumotlar mosligi ta`minlanmog’i kerak. Barcha tipdagi ishchi
o`rinlari o`rtasida, hamda ishchi o`rin va server o`rtasida ma`lumot uzatish ishlab
chiqarish jarayoniga ta`sir qilmasligi kerak. Barcha kichik sistemalarda ishchi
o`rinlari uchun plotter va printerlar ajratilgan bo`lishi kerak.
Apparat
vositalariga
umumiy
talablar.
Kadastr
kartografiyasining
avtomatlashgan sistemasida kunlik, haftalik va oylik to`liq ma`lumotlar zahirasi
uchun apparat va dasturiy vositalar qarab chiqilgan bo`lishi kerak.
Grafik masalalarni yechish va stereokuzatish uchun ishlatiladigan barcha
kompyuter monitorlari videokartalar bilan birgalikda progresivlikka ega bo`lishi va
quyidagi umumiy talablarga javob berishi kerak: magnitlanishning qurilmaviy
funktsiyalari; monitorni aylantirish va qiya qilishni ta`minlovchi podstavkalarni
mavjudligi; operatorni standartga mos holda radiatsion va elektromagnit
nurlanishdan himoyalash; antistatik himoya.
Barcha ishchi o`rinlari kompressiya va dekompressiya vositalari bilan
(apparatli yoki dasturiy) ta`minlangan bo`lishi kerak.
23
Barcha CD-ROM qurilmalari CD-RW formatidagi disklarni o`qishni
ta`minlashi kerak.
Dasturiy ta`minotga umumiy talablar. Maxsuslashtirilgan interfeysning
dasturiy mahsulotlari avtomatlashgan kartografiyaning masalalarini yechishga
mo`ljallangan, GIS ning oddiy operatsiyasi sifatida, operator uchun oddiyroq va
qulay bo`lishi kerak.
Sistemada ma`lumotlarni tashqi xotirada saqlash va qayta tiklash uchun
arxivlashni ta`minlovchi dasturiy vositalar qarab chiqilgan bo`lishi zarur.
Raqamli kartografik ma`lumotlarni jamlash uchun mos keluvchi dasturiy
vositalarni qarab chiqish talab etiladi. Eng muhimi amaliy dasturiy ta`minotni
to`ldirish, modernizatsiya qilish, yangi til va dasturlarni qo`llagan holda yangilarini
yaratish, foydalanuvchi menyusini yaratish uchun ochiluvchanligi kuchaytirish
kerak.
Aerofotosuratlarni skanerlovchi ishchi o`rinlariga talablar. Funktsional
talablar. Aerofotosuratlarni skanerlash ishchi o`rinlari quyidagi jarayon va
operatsiyalarni bajarilishini ta`minlashi kerak:
- skanerlash
paytida
hisobga
olinadigan
fotometrik
korrektsiya
parametrlarini tanlash (gistogramma, gamma);
- pikselli o`lchamlarda berilgan fotometrik korrektsiya parametrlari bilan
aerofotosuratlarni skanerlash;
- tasvirlar obzori piramidasini tuzish bilan bir vaqtda skanerlash;
- skanerlangan suratlarni fotommetrik, gistogramma va gammalar
korrektsiyalari;
- skanerlangan tasvirni monitorda qarab chiqish;
- koordinatalar sistemasiga bog’liq holda suratlarni koordinatalarini
o`tkazish;
- skanerlash natijalarini talab etilgan formatlarga TIFF, TIFF TILED, Raw
Raster ga o`tkazish;
- raqamli tasvirni kompressorlash;
- skanerni fotometrik va geometrik kolibrovka qilish.
24
Fotogrammetrik skanerga talablar:
- piksel o`lchami minimal 8 mkm dan ko`p bo`lmasligi, maksimal 40 mkm
dan kam bo`lmasligi kerak;
- radiometrik razresheniya – 256 (8 bit) kulrang gradatsiyasida yoki RGB
kanalining har birida bo`lishi;
- geometrik aniqliq – skanerlangan tasvirdagi nuqtalarning o`rtacha
kvadratik joylashuvi 3 mkm dan ko`p bo`lmasligi;
- optik zichlik diapazoni – 2,5 D kam bo`lmasligi;
- maksimal optik zichlik – 2,8 D dan kam bo`lmasligi;
- ma`lumotlarning ko`rinishi – optik zichlikdagi piksellarda;
- rastrli tasvirlarni ochiq formati.
Fototriangulyatsiya
ishchi
o`rinlariga
talablar.
Umumiy
talablar.
Fototriangulyatsiya fotogrammetriyaning raqamli metodlari yordamida amalga
oshirilishi kerak.
Fotogrammetrik tarmoqni o`tkazish dasturi tayanch ma`lumotlar sifatida
GPS
yordamida
olinadigan,
aerofotosuratlarni
proektsiyalari
markaziy
koordinatalari qo`llanilgan blokli tarmoqlarni qurishni ta`minlashi kerak.
Funktsional talablar. Ishchi o`rinlari quyidagi funktsional imkoniyatlarga
ega bo`lishi kerak:
- loyihani boshqarish, tayanch va nazorat nuqtalari koordinatalarini
kiritish, aerofotosyomka parametrlari, aerofotoapparat kolibrovkasi parametrlari;
- ichki
mo`ljallash,
aerofotosuratlar
deformatsiyasini
affinnalar,
polinomiallar yordamida hisoblash;
- fotogrammetrik tarmoqdagi nuqtalar koordinatalarini aniqlash (qo`lda
yoki avtomatik);
- koordinatasi aniqlangan nuqtalarni markirlash;
- o`lchash natijalarini ASCH fayllar shaklida ko`rsatish;
- qayta o`lchash, o`lchashni to`g’rilash;
- o`lchash natijalarini tezkor nazorat qilish;
- fototriangulyatsiya tarmog’ini to`g’rilash.
25
Stereosyomka ishchi o`rinlariga talablar. Umumiy talablar. Ushbu ishchi
o`rni joydagi obyektlarni stereoskopik syomkasini o`tkazish bo`yicha kompleks
ishlarni bajarish uchun mas`uldir. Unda syomka natijalari obyektlar konturining
vektorli modeli shaklida, syomkaning to`liqligi va aniqligi nazorat qilingan holda
namoyish etiladi. Ishchi o`rni fotogrammetriyaning raqamli metodlariga
asoslangan bo`lishi kerak.
Funktsional talablar. Ushbu ishchi o`rni quyidagi funktsional imkoniyatlarga
ega bo`lishi kerak:
- loyihani boshqarish, tayanch va nazorat nuqtalari koordinatalarini
kiritish, aerofotosyomka parametrlari, aerofotoapparat kolibrovkasi parametrlari;
- aerofotosuratlarni o`zaro orientirlash;
- stereomodellarni qurish va ularni monitor ekraniga olib chiqish;
- modelni tayanch nuqtalar bo`yicha tashqi orientirlash;
- rel’ef va obyektlarning nuqtalar koordinatasini o`lchash;
- konturlar koordinatalarini turli rejimlarda o`lchashni ta`minlash;
- dialog rejimida o`lchash natijalarini to`g’rilash va qayta o`lchash;
- chiziqlarni shakli va rangini berish, hamda yorqin va yaxshi ko`rinadigan
shartli belgilarni qo`llash;
- obyektlar konturi vektorli modelini qayta ishlovchi ishchi o`rinlariga
uzatish;
- konturlar vektorli modelini nazorat abrisini nashr qilish.
Fotogrammetrik serverga talablar. Fotogrammetrik server aerofotosuratlarni
fotogrammetrik qayta ishlashda qo`llaniladigan va ishlab chiqariladigan barcha
materiallar, hamda ma`lumotlarni saqlashga ixtisoslashgan.
Server parametrlariga asosiy talablar:
- protsessorlar miqdori – ikkitadan kam bo`lmasligi;
- protsessorni yuqori sifatli ishlab chiqarilganligi;
- operativ xotira – 2 Gb dan kam emas, 4 Gb gacha kengaytirilgan;
- diskli xotira hajmi – 600 Gb dan kam bo`lmasligi;
26
- hamma diskli xotira RAID massivi shaklidagi ma`lumotlarni saqlashda
yuqori ishonchlilikni ta`minlishi kerak;
- server imkoniyati 1000 Mbit/sek. bo`lgan Gigabit Ethernet texnologiyali
tarmoq adapteriga ega bo`lishi kerak.
Dostları ilə paylaş: |