1-BOB. GEOGRAFIK AXBOROT TIZIMLARI TA`RIFI VA TASNIFI
1.1. Geografik axborot tizimlari ta`rifi va tasnifi
Bir necha o`n yillardan buyon insoniyat axborot suronini boshidan
kechirimoqda, u yildan-yilga kuchayib, inson faoliyatining ko`plab sohalariga kirib
bormoqda. Bugungi kunda kartograflar ko`plab manbalardan olinadigan
axborotlardan foydalanish maboynida geografik, topografik, turli mavzuli kartalar
va atlaslarni tuzish, aero va kosmik tasvirlarni deshifrovka qilish (o`qish), dalada
o`lchash natijalarini qayta ishlash va komp’yuter tizimlarida ma`lumotlarni
to`plash bo`yicha boy tajriba orttirganlar.
Ma`lumotlarning ko`plab turlari vaqt o`tishi bilan tez-tez o`zgarib turishi,
oddiy usulda tuzilgan qog’ozli kartadan foydalanishni ancha qiyinlashtirib
yubormoqda. Axborotlarni tezlik bilan olishni, ularning dolzarbligini saqlashni
bugungi kunda faqatgina avtomatlashtirilgan tizim kafolatlashi mumkin.
Zamonaviy GAT – bu ko`p miqdordagi grafik va mavzuli ma`lumotlar
bazasiga ega bo`lgan, baza asosida ish bajarish imkoniyatiga ega modelli va hisobli
funktsiyalar bilan birlashgan, fazoviy ma`lumotlarni kartografik shaklga
aylantirish, turli qarorlarni qabul qilish va monitoring ishlarini amalga oshiradigan
avtomatlashgan tizim, deb qaraladi.
Bugungi kunda komp’yuter savodxonligi omma orasida ancha oshgan.
GATda tuzilgan karta oddiy qog’ozli kartadan yaxshi bezalgani, komp’yuterli
shakldaligi va boshqa bir qator afzalliklari bilan farq qiladi: kartaga istagancha
o`zgartirish kiritish, yangi mazmun va bo`yoq berish, diagramma va boshqa
suratlarni kiritish, o`chirish va h.k. ishlarni bajarsa bo`ladi. Buning uchun karta
tuzishning komp’yuterli texnologiyalari bilan mukammalroq tanishish va ular
asosida shaxsan avtorning o`zi karta tuzib ko`rishi kerak.
Karta yaratishning bu texnologiyasi bugungi kunda, birinchidan - sezilarli
darajada universallashgan, ikkinchida - juda tez rivojlanayotgan, inson
faoliyatining hamma sohalarini qamrab olayotgan jarayondir. Geografik axborot
10
tizimlari sohasida asosiy bilimlarni beruvchi rus va chet mamlakatlar halqlari
tillaridagi kitoblarda va GATning turli sohalariga oid bo`lgan monografiyalar va
konferentsiya materiallarida tadqiqotchilar GAT tizimiga kundan-kun yangiliklar
kiritmoqdalar.
Hozirgi paytga kelib GAT ning 20 dan ortiq ta`rifi mavjud, ularning har biri
o`ziga xos e`tiborga loyiq. Internet va davriy ravishda chop etilayotgan ilmiy jurnal
va adabiyotlarda GAT ta`riflari:
1. Alber R. GAT - bu geografik ma`lumotlarini saqlash, ularga ishlov berish
va natijalarni tasvirlay oladigan apparat-dasturli vosita va inson faoliyatidan iborat
bo`lgan majmuadir.
2. Berry J. GAT - bu ―ichki pozitsionirlangan avtomatik fazoviy axborot
tizimi bo`lib, ma’lumotlarni kartografik tasvirlash, taxrir qilish va boshqarish
uchun yaratiladi‖.
3. Clarce K.C. GAT - bu ―fazoviy taqsimlangan hodisalar, jarayonlar va
voqealarni kuzatishda nuqtalar, chiziqlar va maydonlar ko`rinishida bo`lgan
manbalarning ma’lumotlar bazasidan iborat bo`lgan axborot tizimining maxsus
holatidir‖.
4. Degani A. GAT - bu foydalanuvchilarning maxsus talablarini aniq
kontseptsiya va texnologiyalar tarkibi doirasida qoniqtirish maqsadida EHMlarda
ma’lumotlarni fazoviy qayta hisoblash, grafik va kartografik o`zgartirish uchun
qo`llaniladigan ko`pgina modellar birlashmasini o`zida mujassamlagan dinamik
uyushgan ma`lumotlar tizimidir [4].
5. Konecny M. GAT - bu geografik tadqiqotlar va ularning natijalaridan
amaliyotda foydalanish uchun qulay bo`lgan ma’lumotlarni to`plashni, eHM
xotirasiga kiritishni, ishlov berishni va uzatishni amalga oshiruvchi shaxslar, texnik
va tashkillashtirish vositalaridan iborat bo`lgan tizimdir.
6. Koshkarev A V. GAT – bu fazoviy ma`lumotlarni yig’ish, ularga ishlov
berish, tasvirlash, tarqatish, atrof muhit obyektlarini inventarizatsiya qilish, natijani
tahlil qilish, modellashtirish, bashoratlash va boshqarish bilan bog’liq ilmiy va
amaliy geografik masalalarni yechishda samarali foydalanish uchun joy haqidagi
11
ma’lumotlar va bilimlarni birlashtirishni ta`minlaydigan apparat-dasturli inson-
mashina majmuasidir.
7. Langeforce B. GAT - bu tarkibida xudud haqidagi komponentlar
ma`lumotlariga ega bo`lgan, yig’ish, uzatish, saqlash, ishlov berish va axborot
berishdan iborat tizimdir [7].
8. Lillecand P. GAT – bu ma`lumotlar bazasini kengaytirishga, ma`lumotga
ishlov berishga, ularni karta va jadval ko`rinishida tasvirlashga, xo`jalik
faoliyatining u yoki bu masalasi yechimi to`g’risida qaror qabul qilishga
moslashgan ma`lumotlar bazasi, apparatura, ixtisoslashgan matematik ta`minot va
dasturlar to`plamidan iborat bo`lgan tizimdir.
9. Mas.Donald C.L., Grain I.K. GAT – bu geografik aniq ma`lumotlarni
yig’ish,
saqlash,
murakkablashtirish,
qidirish
va
tasvirlash
uchun
loyihalashtirilayotgan tizim.
Kartografik asosga nisbatan geografik aniqlangan, mavzuli qatlamlar
ko`rinishida saqlanayotgan ma`lumotlar ustida ishlashga va ularni boshqarishga
moslashgan tizimdir.
10. Simonov.A V. GAT - bu geografik koordinatali ma`lumotlarni raqamli
tasvirlash, to`ldirish, boshqarish, ko`paytirish, tahlil qilish, matematik-kartografik
modellashtirish va obrazli tasvirlash uchun yaratilgan apparat-dasturli vositalar va
algoritmik muolajalar tizimdir.
11. Star J.I., Cosentino M.J., Foresman T.W. GAT - bu ma’lumotlarni
yig’ish, saqlash, izlash va ular ustida ishlash uchun yaratilgan aniq fazoviy
tizimdir.
GAT – bu aniq fazoviy ma’lumotlarni boshqarish va taxrir qilish vositasidir.
12. Tikunov V.S. GAT - bu ma’lumotlarni yig’ish, tizimlash (tartibga solish),
saqlash, ishlov berish, baholash, tasvirlash va tarqatishni amalga oshiradigan va
ular asosida yangi axborot va bilimlarni olish vositasi sifatida qaraladigan
interaktiv tizimlardir.
13. Trofimov A.M., Panasyuk M.V. GAT - bu avtomatik vositalar yordamida
amalga oshirilgan tabiat va jamiyat orasidagi tasvirning territorial sohalari, ularni
12
izlash, ma`lumotlarini kiritish, modellashtirish va boshqa dasturiy ta`minot
haqidagi bilimlar tizimlari omboridir.
14. Vitek J.D., Walsh St. J., Gregory M.S. GAT - bu qaror qabul qilishni
quvvatlash uchun geografik jihatdan aniq ma’lumotlarni kiritish, umumlashtirish
va taxlilni ta’minlashga qaratilgan axborot tizimidir.
15. Asosiy iboralarning ma`noli lo`g’ati: Geoinformatika. GAT - bu fazoviy
ma’lumotlarni yig’ish, saqlash, ishlov berish, kiritish, tasvirlash va tarqatishni
ta`minlovchi axborot tizimidir.
16. Raklov V.P. GAT - bu fazoviy obyektlar haqidagi ma’lumotlarni yig’ish,
to`plash, saqlash, ishlov berish, tasvirlash, taxlil qilish va tarqatish uchun
mo`ljallangan texnik va dasturiy vositalar, texnologik, tashkiliy-metodik va
axborotli ta`minot tizimidir.
Bu ta`riflarning ko`pchiligida o`xshash so`z va gaplar mavjud bo`sada,
umuman ishlatilmagan iboralar ham bor. Bu esa GATni kundan-kunga
murakkablashayotganini bildiradi, uni cho`qurroq o`zlashtirmasdan tushunish va
tassavur qilish qiyinligini anglatadi.
Ma’lumki, karta - Yer yuzasining, boshqa osmon jismlarining yoki kosmik
fazoning kichiklashtirilgan, umumlashgan, matematik jihatdan aniqlangan tasviri
bo`lib, ma`lum tizimli shartli belgilar asosida ularda joylashgan yoki
proektsiyalangan obyektlarini ko`rsatadi. Obyekt sifatida kartada tasvirlangan
ixtiyoriy voqea va hodisalar tushuniladi.
Bizning predmetga yaqin bo`lgan quyidagi GATning ta`rifini keltirishimiz
mumkin: GAT – bu tabiat va jamiyat to`g’risidagi topogrofo-geodezik, yer
resurslari va boshqa kartografik ma`lumotlarni to`plash, qayta ishlash, saqlash,
yangilash,
tahlil
qilish
va
tasvirlashni
ta`minlaydigan
apparat-dasturli
avtomatlashgan kompleksdir.
Insoniyat hayotida kompyuterlarning o`rni o`sib borib, birinchi darajaga
raqamli axborot texnologiyalari chiqdi. Axborot iborasi GATda harf, raqam (son)
yoki tasvir shakli tushuniladi. Barcha uslublar, texnikalar, amallar, vositalar,
tizimlar, nazariyalar, yo`nalishlar va h.k. axborotni yig’ish, qayta ishlash va
13
foydalanishga qaratilgan bo`lib, ular birgalikda axborot texnologiyalari deyiladi,
GAT esa shularning biri bo`lib hisoblanadi.
GATni bilishning eng oddiy usuli – u bilan ishlash, uning imkoniyatlarini
ish jarayonida bilib olishdir. Aslida GAT – bu bitta texnik vosita, u yordamida
nafaqat chiroyli qilib kartani jihozlash, balki yechimi mavjud bo`lmagan ba`zi
masalalarni ham yechish mumkin. shu sababli GATning imkoniyatlari juda katta.
Demak GAT – turli usul va uslublar yordamida real borliq to`g’risida to`plangan
katta hajmli axborotlarni o`zining ma`lumotlar bazasida jamlab, ishlay oladigan
keng rivojlangan tizimdir.
Bugungi kunda foydalanilishi jihatidan GATga teng keladigan tizim yo`q,
chunki uni bilimlarning barcha sohasida qo`llash mumkin. GAT fazoviy obyekt
haqida raqamli ko`rinishli (rastr, vektor va h.k.) ma`lumotlarni o`z ichiga oladi.
Boshqacha qilib aytganda, mavjud obyektlarning raqamli tasviri, joyning raqamli
modelidir.
Fazoviy obyektlar sifatida biror bir fazoviy nuqtaga bog’langan joy
obyektlari va hodisalar tushuniladi, ya`ni bu obyektlarning boshqa obyektlarga
nisbatan joylashgan o`rni, shakli, o`lchamlari ahamiyat kasb etadi. Fazoviy
ma`lumotlar esa obyektlarning fazoda va boshqa obyektlarga nisbatan joylashishi
va geometriyasini ifodalovchi ma`lumotlar hisoblanadi.
GATni ilmiy-texnik adabiyotlarda ko`pchilik mualliflar u yoki bu muhim
yo`nalishi, BelGATi yoki boshqa ko`rsatkichlari bo`yicha tizimlashga harakat
qilmoqdalar. eng ko`p tarqalgan tasnif bizningcha qo`yidagi xossalarga asoslangan
bo`lishi kerak:
- maqsadiga ko`ra - foydalanish sohasi va hal etilayotgan masalalari va
vazifalari bo`yicha;
- muammoli-mavzuli yo`nalishiga ko`ra – qo`llanish sohasi bo`yicha;
- qamrab olgan hududiga ko`ra - mazkur GAT ma’lumotlari bazasini tashkil
etadigan raqamli kartografik ma’lumotlar masshtablari qatori bo`yicha;
14
- geografik ma`lumotlarni tashkil etish usuliga ko`ra - kartografik
ma`lumotlarni EHM xotirasiga kiritish formati (o`lchami), saqlashi, ishlov berishi
va tasvirlashi bo`yicha.
GAT maqsadiga ko`ra - ko`p maqsadli, axborot-ma`lumotnomali,
monitoring va inventarizatsionli, tadqiqotli, boshqaruvli, o`quv ishlariga
mo`lajallangan, nashrli va boshqa yo`nalishli bo`lishi mumkin.
Muammoli-mavzuli yo`nalishga ko`ra - ekologik va tabiatdan foydalanish
maqsadlari uchun, ijtimoiy-iqtisodiy, er kadastriga oid, geologik, muxandislik
inshootlari va shahar ho`jaligi, favqulodda vaziyatlar, navigvtsion, transport,
savdo-marketing, arxeologik va boshqa yo`nalishlilarga ajratiladi.
Qamrab olgan hududiga qarab - global, umummilliy, regional, lokal, sohalar
miqyosidagi GATlarga bo`linadi.
Geografik ma’lumotlarni tashkil etish usuliga qarab - vektorli, rastrli, vektor-
rastrli yoki uch o`lchamli GATlar bo`lishi mumkin.
Har bir amaliy sohalarda o`ziga xos maxsus talablar, iboralar mavjud, lekin
GAT boshqa axborot tizimlaridan farqli ravishda fazoviy geografik xususiyatli
axborotlar bilan ishlaydi.
Bugungi kunda GATni qo`llayotgan soha va tarmoqlar sifatida quyidagilarni
keltirish mumkin:
1. Yer resurslarini boshqarish, yer kadastrida.
2.
Ishlab
chiqarish
infratizimi
va
ularni
boshqarish,
ob’ektlar
inventarizatsiyasi.
3. Shahar qurilishini, arxitektura, sanoat va transport qurilishini
loyihalashda, muxandislik izlanishlarida va rejalashtirishda.
4. Istalgan soha bo`yicha mavzuli kartalashtirishda, atlaslar va mavzuli
kartalarni tuzishda.
5. Dengiz kartografiyasi va navigatsiyasida.
6. Aeronavigatsion kartalashtirishda va havo kemalari harakatini
boshqarishda.
7. Navigatsiya va yer transporti harakatini boshqarishda.
15
8. Masofadan turib zondlash va kosmik monitoringda.
9. Tabiiy resurslardan foydalanish va ularni boshqarishda (suv, o`rmon
xo`jaligi va boshqalarda).
10. Joy rel`efini tasvirlashda va taxlil qilishda.
11. Tabiiy muhitdagi jarayonlarni modellashtirish, tabiatni muxofaza qilish
tadbirlarni olib borishda.
12. Atrof muhit monitoringida, texnogen oqibotlarni baholashda, favqulodda
va krizisli vaziyatlarni hal etishda.
13. Yuk tashishni rejalashtirish va tadbirkorlikda.
14. Geologiya, mineral-xom ashyo resurslari va tog’ jinslarini qazib olish
sanoatlarida.
15. Transport va telekomunikatsiya tarmoqlarini maqsadli rivojlantirishda.
16. Marketing va bozor iqtisodiyotini taxlil qilishda.
17. Arxeologiyada.
18. Xududlar va shaharlarning rivojlanishini kompleks boshqarish va
rejalashtirishda.
19. Havfsizlik, harbiy ish va razvedkada.
20. O`rta, maxsus va oliy ta’limda.
21. Qishloq xo`jaligida va boshqa sohalarda.
Ro`yxatda keltirilgan sohalarni bir nechta asosiy guruhlarga ajratsa bo`ladi:
ba`zilari hisob-ro`yxatli turkumda bo`lib, joyda bajarilgan o`lchashlar natijalariga
tayanadi (masalan, yer kadastri, katta korxonalarning taqsimlangan ishlab chiqarish
infrastrukturasini boshqarish va b.); boshqalari esa boshqarish va qaror qabul qilish
ishlarini bajarishga muljallangan; uchunchi guruh modellashtirish va murakkab
taxlillarga o`z ishlarini qaratadi. Ro`yhatdagi sohalarning ko`pchiligi, asosan,
birinchi guruhga taalluqli. Shu sababli bugungi kunda amalda qo`llanilayotgan va
foydalanilayotgan GATlarning ko`pchiligi o`lchash natijalarini ishlab chiqishga va
ularni tahlil qilishga mo`ljallangan.
GAT bilan ishlayotganda kompyuter ekranida bir yoki bir nechta Sizni
qiziqtirgan kartani (yoki plan-sxemani) ko`rishingiz mumkin. Ish jarayonida
16
tasvirning detallashaganlik darajasini oson o`zgartirish, ayrim elementlarini
kichiklashtirish yoki kattalashtirish mumkin. Masalan shaharda biror bir uyni,
uning podezdini, atrofidagi obyektlarni ko`rishimiz mumkin.
Bundan tashqari ma`lumotlarning mavzuli tarkibi bo`yicha boshqarish
ishlarini ham olib borish mumkin, masalan, foydali qazilmalar kartasida ish
paytida kerakli bo`lmagan ba`zi foydali qazilmalar tasvirlangan xatlarni o`chirib
qo`yish; zarur bo`lgan qatlamlarni esa paydo qilish mumkin.
Biror obyektni belgilab u haqida ma`lumot olish mumkin: masalan, binoning
narxini, kimga qarashli ekanini, qanday holatda ekanligini, obyektning o`lchamini,
shahar asosiy muhandislik tarmoqlariga ulanganligini va h.k. Bu ko`rsatkichlarni
kompyuter monitorida bevosita o`lchash ham mumkin.
GAT da maxsus qidiruv tizimi ham mavjud. Talabingizga binoan sizni
qiziqtirgan obyektlar ko`rsatkichlari haqida talab shartlari tuziladi va tizimli
avtomatik ravishda talabingizga javob qaytariladi. Masalan, maydonning 0,1 ga
dan kam bo`lmagan va temir yo`l bekatidan 3 km uzoqda joylashgan barcha suv
havzalarini, 1 km dan oshmagan masofada joylashgan er uchastkalari ekranda
ko`rsatilsin va h.k.
Maxsus vositalar orqali ma`lumotlarni analitik qayta ishlab, qiyin
masalalarni ham echish mumkin, ya`ni real borliq modelini hosil qilish. Masalan,
truboprovod trassasida ro`y beradigan portlashlarni bashorat qilish; ifloslanishning
tarqalish yo`lini tadqiq qilib, tabiiy muhitga etkaziladigan ofatni hisoblash va unga
qarab rejalarni belgilash.
Dostları ilə paylaş: |