20
ko`pgina xududlar, har biri o`zining ichki koordinatalar tizimiga ega bo`lishi,
kelishilgan ishni bajarish imkoniga ega bo`lgan virtual birikish rejimida kartografik
ma`lumotlar bilan ishlash;
- yirik masshtabda tasvirlangan kartografik
obyektdan yangi xududga
o`tishga imkon beruvchi xududlarning bir-birini ichiga ko`p marta kiritiladigan
ma`lumotlar bazasi qurilishini arxitekturalari;
- mos dastruriy ta`minot mavjud bo`lgan raqamli fotogrammetriya va
stereotasvirlarga RS da ishlov berish usullaridan foydalanish;
- tushuntirish matnlari, chizma elementlari va boshqalar bo`lgan oq-qora va
rangli kartalar,
shaklni bezatish, montaj qilish, qirqim-kartalar va ―darchalar‖ni
yaratishdan iborat hisobot shakllarni generalizatsiya qilish;
- chizma va matnli ma`lumotlarni matritsali, oqimli, lazerli printerlarga,
plotterlarga, fayllarga hamda boshqa tizimlarga
eksport qilib chiqarish, jumladan,
ma`lumotlar formatlarini ―konvertatsiya‖ qilish imkoniyatlariga ega bo`lishi kerak.
ArcInfo va MGE murakkab ixtisoslashgan ko`p modulli GATlarga, hatto
narxi qimmat bo`lsada, keng spektrdagi ishlarni hal etishga mo`ljallanganligini
hisobga olib, aynan ularga, ya`ni karta yaratish, taxlil qilish va taxrir qilish uchun
eng ko`p imkoniyati bo`lganidan ularga qiziqali e`tiqod kuchliroqdir.
Bunday
GATlar bilan ishlash maxsus o`qitishsiz murakkab va xatto ilojsizdir. Shuning
uchun hamma tashkilotlar ham o`zida undan foydalanish imkonini topmaydilar.
Mamlakatimizda uy GATlaridan MapInfo va ArcView keng tarqalgan. Yuqorida
aytilgan GATlarda barcha shartlarni ular to`la qoniqtiradi, chunki uy GATlarining
imkoniyatlari ixtisoslashgan GATlarga qaraganda kichik bo`lishiga qaramay,
ularda mavzuli karta yaratish qurollari osongina taxlil va taxrir vositalariga egadir.