kafedraga topshirish.
Bitiruv ishi rahbari: Pirimov J.J.
5
O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI QISHLOQ VA SUV XO`JALIGI
VAZIRLIGI
TOSHKENT IRRIGATSIYA VA MELIORATSIYA INSTITUTI
BUXORO FILIALI
“Yer tuzish va yer kadastri” kafedrasi
"Tasdiqlayman"
kafedra mudiri
"___ "__________2013 yil
“Kadastr kartalarini loyixalashda Geoaxborot tizimlari”
mavzusida bajariladigan
BITIRUV MALAKAVIY ISHI
DASTURI
BMIni bajaruvchi:
Sharopov S.
Raxbar:
assistent J.J. Pirimov
Buxoro – 2013
6
KADASTR KARTALARINI LOYIXALASHDA GEOAXBOROT
TIZIMLARI
K i r i s h
1-BOB. GEOGRAFIK AXBOROT TIZIMLARI TA`RIFI VA TASNIFI
1.1. Geografik axborot tizimlari ta`rifi va tasnifi
1.2. Geografik axborot tizimlarining boshqa fanlar bilan aloqadorligi
1.3. Geografik axborot tizimlariga qo`yiladigan talablar
2 - BOB. KADASTR KARTALARI VA PLANLARINI TUZISHDA GAT-
TEXNOLOGIYANI AMALGA OSHIRUVCHI KADASTR KARTOGRAFI-
YASINING AVTOMATLASHGAN SISTEMASI
2.1. Kadastr kartografiyasining avtomatlashgan sistemasi strukturasi
2.2. Kadastr kartografiyasining avtomatlashgan sistemasiga umumiy talablar
2.3. Kartalar va ortofotoplanlarni vektorlash kichik sistemasi
2.4. Dalada va uzoq masofadan olingan ma`lumotlarni tekshirish, to`g’rilash
yo`llari
2.5. Raqamli kartografik ma`lumotlarni qayta ishlash kichik sistemasi
3-BOB. RAQAMLI KADASTR KARTALARINI TUZISHNING ASOSIY
TEXNOLOGIK JARAYONLARI
3.1. Y
erlarni inventarizatsiya qilish bo`yicha kompleks ishlarda raqamli kadastr
kartalarini tuzishning texnologik sxemasi. Texnologik yechimlar variantlari
3.2. Raqamli kadastr kartalarini tuzishning asosiy texnologik jarayonlari, ularni
mazmuni va xususiyatlari
3.3. Kadastr kartalarini tuzish bo`yicha kameral ishlarni texnologik sxemasi.
Tayyorgarlik ishlari
3.4. Kadastr kartalarini tuzish bo`yicha ma`lumotlar bazasini yaratish
3.5. Kadastr kartalarini tuzish va ularni jihozlash
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati
Ilova
7
K i r i s h
Axborot texnologiyalar rivojlangan sari ular bizning hayotimizni hamma
tomonlarini o`zgartirib turishibdi. Bugun uyali aloqa yoki Internetni kichkintoylar
ham taniydi. Geoaxborot tizimlar esa qadimdan rivojlanib
kelayotgan geografiya,
geologiya, geodeziya, kartografiya kabi fanlar va ko`pgina soxalarga o`z ta`sirini
ko`rsatmoqda. Ushbu soxalar tajribasi, ana`nalari, g’oyalariga tayanib yangi
vujudga kelayotgan fan va texnologiyalar o`z navbatida
ularning rivojlanishiga
ham hissa qo`shmoqda. Tez va soz, aniq va to`liq ma`lumot bilan ta`minlab
Geoaxborot tizimlar hududiy va mintaqaviy rivojlanishni idora qilishda, tegishli
qaror qabul qilishda nihoyat muhim o`rin tutmoqda.
Geodeziya, kartografiya va
kadastr esa o`z vazifalarni yechishda Geoaxborot tizimlarning afzalligidan keng
foydalanmoqda.
Mazkur bitiruv malakaviy ishida tez sura`tda rivojlanib turgan Geodeziya,
kartografiya va kadastr soxalari hamda Geoaxborot tizimlar orasidagi bog’liqlikni
ochish maqsadi qo`yilgan. Shu maqsadga bog’liq holda ularning qisqacha ta`rifi va
tarihi, boshqa fanlar bilan aloqadorligi yoritilgan. Geografiya axborot tizimlarning
kartografik asoslariga e`tibor berishdan sabab
ushbu texnologiyalardan
foydalanganda ularning ijobiy va salbiy xususiyatlarini to`g’ri tasavvur qilishga
yordam berishdir.
Nazariy nuqtai nazardan xaritani kompyuter hotirasiga kiritish masalalari
yetarli darajada yechilgan deb hisoblasa bo`ladi va ohirgi 50 yillar davomida katta
tajriba ortirilgan, uslubiyotlar va texnikaviy vositalar tez rivojlanib kelmoqda. Shu
sababli ushbu bitiruv malakaviy ishida amaliy masalalar yoritilib,
ayrim
tavsiyalarga ham e`tibor berildi va usullarga tavsif berish qatori texnikaviy
vositalardan foydalanish yo`llari ko`rsatildi.
Eng muhim masala Geoaxborot tizimlardan foydalanishdir. Ular faqat xarita
tuzish va jihozlash uchun qo`l keladi degan fikr noto`g’ri deb hisoblasak bo`ladi va
ularni imkoniyatlari nihoyat cheksizdir. Chunonchi xarita asosda qadimdan Yer
o`rganadigan fanlarda qo`llanilib kelayotgan hududiy va fazoviy tahlil olib borish
qatori kadastrli ro`yhatga oladigan maxsus yer axborot tizimlar,
turli sohalarda
8
qaror qabul qilish va idora qilishda maslahat beruvchi tizimlar ham yaratilgan.
Ushbu tizimlar yordamida yangi axborot mahsulot yaratish, axborot bilan
ta`minlash, axborot asosida joyni, hodisa, jarayonni o`rganib
unumli qaror qabul
qilish va idora qilish vazifalar yechilmoqda.