2-BOB. KADASTR KARTALARI VA PLANLARINI TUZISHDA GIS-
TEXNOLOGIYANI AMALGA OSHIRUVCHI KADASTR
KARTOGRAFIYASINING AVTOMATLASHGAN SISTEMASI
2.1. Kadastr kartografiyasining avtomatlashgan sistemasi strukturasi
Zamonaviy GIS texnologiyalarda kadastr kartalari va planlarini tuzishni
amalga oshirishda juda samarali va to`laqonli vositalar maxsuslashtirilgan dasturiy
va apparatli sistemalardir, quyida biz ularni kadastr kartografiyasining
avtomatlashtirilgan sistemasi deb ataymiz.
Kadastr
kartografiyasining
avtomatlashgan
sistemasi
(KKAS)
avtomatlashtirilgan ishchi o`rinlarini jamlanmasini o`zida mujassamlashtirgan,
hamda ular lokal hisoblash tarmog’i bilan aloqada kadastr kartografiyasi
mahsulotini
tuzishning
umumiy
texnologiyasiga
birlashtirilgan.
KKAS
aerofotosyomka materiallarini fotogrammetrik qayta ishlash bo`yicha kameral
ishlar
kompleksini
bajarish,
kartalarni
raqamlash,
raqamli
kartografik
ma`lumotlarni qayta ishlash kabi qator ishlarni o`z ichiga oladi va so`nggi
mahsulot sifatida: raqamli karta va planlar, qattiq yuzaga nashr qilingan karta va
planlar, raqamli va an`anaviy shakldagi ortofotoplanlar va ortofotokartalar ishlab
chiqariladi.
Kadastr kartografiyasining avtomatlashgan sistemasi strukturasida uchta
kichik sistemani ajratish mumkin: fotogrammetrik kichik sistema; karta va
ortofotoplanlarni vektorlash kichik sistemasi; raqamli kartografik ma`lumotlarni
qayta ishlash kichik sistemasi. Har bir ko`rsatilgan kichik sistema o`z navbatida
ishchi o`rinlaridan iborat. Ishchi o`rinlari deganda belgilangan texnologik
jarayonlar va operatsiyalarni bajarilishini ta`minlovchi texnik va dasturiy vositalar
kompleksi tushuniladi.
Dostları ilə paylaş: |