17
– GAT asosida geografiya tabiiy va ijtimoiy-iqtisodiy hodisalarni, ularning
kelib chiqishini, o`zaro bog’liqligini va yer yuzida
tarqalishi mohiyatini
tushuntiradi; uzoq davrli fazoviy tahlil tajribasiga ega, ularni olib borish
metodlarini amalga oshirish imkoni yaratiladi; har qanday tadqiqot va qarashlarga
GAT fazoviy yondashish kerakligi tavsiyasi beriladi.
- GAT dan foydalanish jarayonida geografiya fani oldida turgan vazifalarini
yechish uchun juda zarur bo`lgan kuchli metodik qurolga ega bo`ladi.
Kartografiya:
- hozirgi vaqtda GAT ga kiritilayotgan asosiy manbalar kartalar va GAT da
tasviralanadigan asosiy ma`lumotlar ham kartalar bo`lib hisoblanadi;
- komp’yuter grafikasi va kartografiyasi esa kartografik manbalarni raqamli
bayon etishga o`z usullarini taqdim etadi;
- kartografiya GAT dan foydalanish mobaynida ixtiyoriy kartografik
mahsulotlarni yaratish uchun kuchli vosita va juda katta hajmdagi qurilmalarga ega
bo`ladi.
Masofadan turib zondlash:
– samolyot yoki boshqa vositalardan olingan rasmlar GAT uchun asosiy
geografik ma`lumotlar manbai bo`lib hisoblanadi.
- masofadan turib olingan zondlash materiallari deshifrovka qilingach, GAT
ning boshqa turdagi ma`lumotlari qatlamlari bilan
osongina birlashtirilishi
mumkin.
- ko`plab GAT lar rasmlarda taxlil ishlarini olib boradigan o`ta murakkab
analitik funktsiyalariga ega.
Geodeziya:
- Yerda olib borilgan plan olish natijasidan yuqori aniqlikdagi topografik
karta, u asosida esa ko`plab mavzuli kartalarni tuzish imkoni yaratiladi;
- Yerning va boshqa planetalarning shakli va o`lchamlari haqida sifatli
ma`lumotlar olishni, yer yuzasidagi tayanch nuqtalarni aniqlash metodlarini ishlab
chiqishni, yerlardan foydalanishda ekin turlari chegaralarini aniq belgilashni
ta`minlaydi;
18
-yerlarning holati va ulardan foydalanish karta va planlarni GPS va elektron
taxeometrlarni qo`llash asosida tuzish metodlari va uslublarini o`rganadi.
Fotogrammetriya:
- yer yuzasida joylashgan obyektlarning o`rni, o`lchami
va shaklini
fotografik tasvirlar orqali aniqlash metodlarini ishlab chiqadi, bular esa aero va
kosmik fotosuratlarni qayta ishlash texnologik jarayonining asosiy qismi bo`lib
hisoblanadi.
Informatika:
- avtomatik loyihalash (SAPR) ma`lumotlarni kiritish, tasvirlash va uzatish
ishlariga ancha ta`sir etadi, bu esa uch o`lchamli obyektlarga alohida ahamiyat
kasb etadi;
- kompyuter grafikasida erishilgan yutuqlar grafikli obyektlarni qayta
ishlashda, namoyish etishda, ayniqsa vositalarida keng ishlatilmoqda;
- ma`lumotlar bazasini boshqarish tizimi (SUBD) ma`lumotlarni
raqamli
ko`rsatishda, katta hajmli axborotlarni tizimini chratishda va qayta ishlashda,
ularga murojaat qilishda, saqlashda va yangilashda yetarli darajada usullar bilan
ta`minlamoqda;
Matematika va statistika:
- GAT da matematikaning turli sohalari,
geometriya, shakllar nazariyasi,
ma`lumotlar bazasi nazariyasi, boshqarishni optimallashtirish, statistika va
boshqarish
tizimlarini loyihalashda, fazoviy ma`lumotlarni taxlil qilishda va
modellashtirishda keng qo`llanilmoqda.
Hozirda GAT yer yuzasining millionlab odamlari xizmat qilayotgan soha.
Ular GAT ni turli sohalarda qo`llamoqdalar – global muammolarni yechishda
(xududlar ifloslanishi, qishloq xo`jaligini qayta tashkil etishda,
tabiiy ofatlarni
o`rganishda va h.k.), yoki amaliy masalalarni yechishda (punktlar orasidagi
masofalarni aniqlashda, yangi aholi punktlarini optimal joylashtirishda, trubali va
elektr energiyasi tarmoqlarini o`tkazishda, mahaliy boshqarish tashkilotlarining yer
munosabatlari masalalarini yechishda va h.k.).