82
Har bir havza boshqarmasi tarkibida irrigatsiya tizimlari va magistral kanallar
boshqarmalari tashkil etilgan hamda
ularning hududiy boshqaruvi, huquqlari,
vazifalari va h.k. belgilab berilgan. Ularning asosiy
vazifalari quyidagilardan
iborat:
−
suvdan foydalanishning bozor prinsiplari va mexanizmlarini qo’llash
asosida suv resurslarini maqsadli va ratsional ishlatishni tashkil etish;
−
ilg’or texnologiyalarni qo’llash asosida suv xo’jaligida yagona texnik
siyosatni olib borish;
−
ist’emolchilarni suv bilan uzluksiz va o’z vaqtida ta’minlashni tashkil etish;
−
irrigtsiya tizimlarini va suv xo’jalik inshootlarining
texnik ishonchliligini
ta’minlash;
−
havza hududida suv resurslarini ratsional boshqarish va uning operativligini
oshirish;
−
suvdan foydalanuvchilar uchun suv resurslarini ishlatishning xaqqoniy
hisobini va hisobotini ta’minlash.
Qishloq xo’jaligida olib borilayotgan islohotlar doirasida
dala sharoitida suv
resurslarini boshqarish bo’yicha davlat vakolatlari bosqichma - bosqich jamiyat
tashkilotlariga berilmoqda.
Jumladan, fermer xo’jaliklari faoliyati sharoitida
suvdan foydalanuvchilar uyushmalari (SFU) tuzilib, ularning faoliyatlari yo’lga
qo’yilmoqda.
Hukumat qarorlari bilan qayta tashkil etilgan shirkat xo’jaliklari
negizida
fermer xo’jaliklarini shakllanishi bilan, sobiq shirkatning suv xo’jaligi xizmati (2-
3 kishidan iborat guruhi) ham tugatilmoqda.
Ushbu hududda suv xo’jaligi munosabatlarini yo’lga qo’yish uchun Vazirlar
Mahkamasining 2002 yil 8-sonli qarori bilan
Suvdan foydalanuvchilar
uyushmalarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi.
Bugungi kunga, qishloq xo’jaligida faoliyat ko’rsatayotgan fermerlar soni 117
mingga yetib, ularga xizmat ko’rsatayotgan SFUlar soni 846 tani tashkil etmoqda.
83
Respublika sug’oriladigan yerlarining 11,7% tomorqa yerlari hisoblanadi. Bu
ko’rsatkich Xorazm viloyatida - 13,1%, ayrim shirkat va SFU hududlarida 20 -
25% tashkil qilmoqda. Bundan tashqari qishloqlar ichida sug’orma suvdan
foydalanuvchi
kasalxonalar,
maktablar,
bog’chalar
va
boshqa
suvdan
foydalanuvchilar ham mavjud.
Dostları ilə paylaş: