O’zbekiston Respublikasi qishloq va suv
xo’jaligi vazirligining funksiya va vazifalari
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 28
iyundagi
«O’zbekiston Respublikasi qishloq va suv xo’jaligi vazirligi faoliyatini tashkil
etishni takomillashtirish to’g’risida»gi 290-sonli qaroridan kelib chiqib qishloq va
suv xo’jaligi vazirligining funksiya va vazifalari quyidagilardan iborat:
Quyidagilar Vazirlikning vazifalari hisoblanadi:
−
suvdan foydalanishni bozor prinsiplari va mexanizmlarini joriy etish
asosida suv resurslaridan maqsadli va oqilona foydalanishni tashkil etish;
−
ilg’or texnologiyalarni joriy qilish asosida suv xo’jaligida yagona texnika
siyosatini o’tkazish;
−
istemolchilarni uzluksiz va o’z vaqtida ta’minlashni tashkil etish;
−
irrigatsiya tizimlari va suv xo’jaligi inshootlarining texnik ishonchliligini
ta’minlash;
−
havza hududida suv resurslarini oqilona boshqarish hamda uning
tezkorligini oshirish;
−
suv istemolchilari bo’yicha suv resurslaridan foydalanishni aniq hisobi va
hisobotini ta’minlash;
−
qishloq xo’jaligini zamonaviylashtirish va barqaror rivojlantirishga
qaratilgan yagona agrotexnika siyosatini amalga oshirish;
−
zamonaviy agrotexnologiyalarni takomillashtirish va qishloq xo’jaligi
ishlab chiqarishi tarmoqlariga joriy etish;
−
qishloq xo’jaligi tovar ishlab chiqaruvchilariga
bozor prinsiplari va
mexanizmlari asosida xizmat ko’rsatayotgan tarmoqlar, bo’g’inlar va
tuzilmalar faoliyatini muvofiqlashtirish;
−
agrar sektorda iqtisodiy isloxotlarni chuqurlashtirish, ijara munosabatlarini,
87
oila pudratini, fermer xo’jaliklarini keng rivojlantirish ishlarini
muvofiqlashtirish;
−
qishloq xo’jaligini yuritishni va qishloq xo’jaligi ekinlarini navlar bo’yicha
joylashtirishni takomillashtirishga doir tavsiyalar ishlab chiqish;
−
seleksiya, urug’chilik, naslchilik ishlari, veterinariya, o’simliklar karantini
sohasida davlat siyosatini olib borish xamda chorvachilik,
parrandachilik
va baliqchilik mahsulotlari havfsizligini ta’minlash;
−
irrigatsiya tizimlarini havzalar bo’yicha boshqarish prinsiplari asosida yer
usti suv resurslarining davlat boshqaruvini amalga oshirish va barcha
darajalarda suvdan foydalanishning bozor prinsiplarini joriy etish;
−
davlat
suv
xo’jaligi
tizimidan
foydalanilishini
va
uning
zamonaviylashtirilishini ta’minlash;
−
ilgaridan sug’oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash va yangi
yerlarni o’zlashtirish chora-tadbirlarini amalga oshirish;
−
qishloq suv va o’rmon xo’jaligida investitsiya siyosatini ishlab chiqishda
qatnashish;
−
er va suv resurslaridan foydalanish to’g’risidagi qonun xujjatlarga qat’iy
rioya etilishini ta’minlash;
−
o’rmon xo’jaligidan foydalanish, uni qo’riqlash, himoya qilish va
rivojlantirish sohasida davlat siyosatini amalga oshirish;
−
o’ziga qarashli tashkilotlar va korxonalarni ilmiy-texnik va axborot bilan
ta’minlash;
−
qishloq suv va o’rmon xo’jaligi raxbarlari va mutaxassislarini o’qitish,
qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish.
Yuklangan vazifalarga muvofiq Vazirlik quyidagi
funksiyalarni amalga
oshiradi:
−
qishloq suv va o’rmon xo’jaligi sohasida davlat siyosatining asosiy
yo’nalishlari, ularni ruyobga chiqarish strategiyasi va mexanizmlari
88
bo’yicha takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritadi;
−
qishloq suv va o’rmon xo’jaligini rivojlantirishning tarmoq va mintaqaviy
dasturlarini ishlab chiqadi;
−
qishloq
xo’jaligi
mahsulotlari
bozori
kon’yunkturasi
marketing
tadqiqotlarini amalga oshiradi, qishloq tovar ishlab chiqaruvchilarini zarur
axborot bilan ta’minlaydi;
−
qishloq suv va o’rmon xo’jaligiga tashqi va ichki investitsiyalarni jalb
etishda ishtirok etadi, byudjet mablag’laridan oqilona va maqsadli
foydalanilishini ta’minlaydi;
−
qishloq suv va o’rmon xo’jaligi korxonalarining ishlab chiqarish va
moliyaviy-iqtisodiy faoliyatini amalga oshirish bo’yicha
metodik
tavsiyalarni ishlab chiqadi;
−
navlarni sinash, qishloq xo’jaligi ekinlarining yangi istiqbolli navlarini
yaratish va ko’paytirishga ixtisoslashtirilgan o’ziga qarashli elita va
urug’chilik xo’jaliklari ishini muvofiqlashtiradi;
−
tarmoqda ishlab chiqarish munosabatlarini takomillashtirish va mehnatni
tashkil etish bo’yicha takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritadi;
−
davlat karantin qoidalari bajarilishini, epidemiologiya ga qarshi tadbirlar
o’tkazilishi va chorva mollari, parrandalar va baliqlarni kasalliklardan
himoya qilish qoidalariga rioya qilinishini belgilangan
tartibda nazorat
qiladi;
−
seleksiya-naslchilik ishlarining asosiy yo’nalishlarini belgilaydi va amalga
oshirilishini muvofiqlashtiradi;
−
suv resurslari balansini ishlab chiqadi, suv manbalari, havza irrigatsiya
tizimlari, iqtisodiyot tarmoqlari, hududlar bo’yicha suv olish limitlarini
belgilaydi;
−
suvdan limit bo’yicha foydalanish tartibi amalga oshirilishini ta’minlaydi;
−
suvdan foydalanuvchilar uyushmalari va boshqa birlashmalarini tashkil
89
etish va rivojlantirishda metodik va amaliy yordam ko’rsatadi;
−
havza prinsipi asosida yer usti suv resurslari
boshqarilishini amalga
oshiradi;
−
suv
resurslaridan
foydalanishda
o’zaro
munosabatlarning
bozor
prinsiplarini va iqtisodiy mexanizmlarini ishlab chiqadi va joriy etadi;
−
erlarning meliorativ holatini yaxshilash va yerlarni o’zlashtirish dasturlarini
ishlab chiqadi;
−
magistral, xo’jaliklararo kanallar va kollektorlar, suv omborlari, nasos
stansiyalari, gidrotexnika inshootlari va boshqa suv xo’jaligi ob’ektlaridan
foydalanilishini tashkil etadi;
−
gidromelioratsiya tizimlaridan texnik foydalanish, ularni rekonstruksiya
qilish va ta’mirlash ishlarini muvofiqlashtiradi;
−
suv resurslari hisobini olib boradi va ulardan foydalanilishini nazorat
qiladi, «Suvdan foydalanish» bo’limi bo’yicha davlat suv kadastrini
yuritishda qatnashadi;
−
sug’oriladigan
yerlarning meliorativ holati, sug’orish va kollektor-drenaj
suvlari sifati ustidan monitoringni amalga oshiradi;
−
suv resurslaridan kompleks foydalanishning istiqbolli sxemalarini ishlab
chiqadi;
−
transchegara
suv resurslari va ob’ektlarini boshqarish va ulardan
foydalanish bo’yicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritadi;
−
qishloqning ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmasini rivojlantirish
strategiyasini ishlab chiqishda qatnashadi;
−
o’rmonlarni boshqarish,
ulardan foydalanish, ularni qayta tiklash,
muhofaza qilish va qo’riqlashni, davlat o’rmon kadastrini yuritishni amalga
oshiradi hamda qo’riqxona ishlarini tashkil etishda qatnashadi;
−
o’rmon to’g’risidagi qonun
hujjatlariga rioya etilishi, o’rmon va ovchilik
xo’jaligini yuritishga doir normativ-texnik hujjatlar bajarilishi ustidan
90
idoraviy nazoratni amalga oshiradi;
−
qishloq suv va o’rmon xo’jaligi sohasidagi ilmiy-tadqiqot, loyihalash-
qidiruv va konstruktorlik ishlarining asosiy yo’nalishlarini belgilaydi,
ularni tashkil etadi va muvofiqlashtiradi, ularning natijalari amaliyotga
joriy etilishiga ko’maklashadi;
−
qishloq suv va o’rmon xo’jaligi sohasida xalqaro
hamkorlik qilishning
ustuvor yo’nalishlari bo’yicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritadi;
−
respublika o’quv yurtlarida va ilmiy muassasalarida, shuningdek xorijda
shirkat va fermer xo’jaliklari rahbarlari va mutaxassislari malakasi
oshirilishini va tajriba almashuvini tashkil etadi.
Sug’oriladigan dehqonchilikda suv sarfini kamaytirish uni tejashning asosiy
manbasidir. Bunday maqsad va vazifalarga erishishda suv xo’jaligi tizimida bozor
iqtisodiyoti tamoyillarini joriy qilish muhim ahamiyat kasb etadi. Ular jumlasiga
quyidagilar kiradi:
−
xo’jalik va korxonalarning sug’orma suvdan pullik foydalanish
mexanizmini takomillashtirish;
−
sug’orish tizimlarida suvdan foydalanish koeffitsientini oshirish;
−
sug’orma suvdan foydalanishda suv tejovchi ilg’or texnika va uslublarini
keng joriy etish;
−
sug’orma suvlarni takror ishlab chiqarish usullarini shakllantirish;
−
suv xo’jaligi tizimida mulkchilik munosabatlarini takomillashtirish.
91
Muxamedov Azad Qodirovich
Mamataliyev Adham Boymirzayevich
“O’zbekiston irrigatsiyasi tarixi»
fanidan
ma’ruzalar to’plami
Muharrir:
Nurtoyeva M.
Musahhih:
Abdurahmonova G.
Bosishga ruxsat etildi «___» _______ 2005 yil
Qog’oz o’lchami 60х84, 1/16, hajmi 5,5 b.t. 25 nusxa.
Buyurtma № ____ TIMI bosmaxonasida chop etildi.
Toshkеnt 700000, Qori - Niyoziy ko’chasi, 39 uy.
http://hozir.org