Nazorat savollari O’simliklarni geografik tarqalishini tushintiring.
Dorivorlik xususiyatlari haqida nimalarni bilasiz?
O’simlikdan gerbariylar tayyorlang va na’munalar to’plang.
№8 LABORATORIYA MASHG‘ULOTI
Mashg‘ulot mavzusi: Yong`oq mevalari po`sti – cortex juglandis fructus bioekologik xususiyatlarini va dorivorlik xususiyatlari
Ishning maqsadi: Yong`oq mevalari po`sti – cortex juglandis fructus bioekologik xususiyatlarini va dorivorlik xususiyatlarini o‘rganish
Kerakli jihozlar: Yong`oq o`simligidan olingan na`muna, yong`oq mevalari, meva mag`zini ajratib olish uchun bolg`acha.
Mashg‘ulot bo‘yicha umumiy ma’lumotlar: O'simlikning nomi. Grek yong'og'i Juglans regia L. yong'oqdoshlar — Juglandaceae oilasiga kiradi. Yong'oq keng, yoyilgan shox-shabbali baland daraxt. Barglari qalin, o'ziga xos hidli, 3—5 (7) juftli toq patli murakkab bo'lib, uzun bandi yordamida poya va shoxlarida ketma-ket joylashgan. Bargchalari qisqa bandli, cho'ziq-tuxumsimon yoki tuxumsimon-lansetsimon, qisqa o'tkir uchli, mayda tishsimon yoki tekis qirrali, yuqoridagi bittasi — eng yirigi (uzunligi 5-12 sm, eni 2,5—5 sm), pastdagi bir jufti boshqalaridan mayda. Ota-lik gullari kuchala gul to'plamiga joylashgan, onalik gullari 1 yoki 2—3tadan yosh novdalar uchiga o'rnashgan. Mevasi — yashil, meva pishganda qurib qoladigan meva tevarakli danakli soxta meva.
Aprel-mayda gullaydi, sentabrda mevasi pishadi.
Geografik tarqalishi.Keng miqyosda mevali daraxt sifatida o'stiriladi.
Mahsulot tayyorlash. Yong'oq mevasi yetilganda — sentabr oyida ular qoqiladi va yig'ib, po'stidan ajratiladi. Ana shu ajratilgan meva po'sti yig'ib olib, soya yerda quritiladi.
Mahsulotning tashqi ko'rinishi. Mahsulot osonlik bilan mevadan ajraladigan butun yoki ayrim bo'lakchalardan tashkil topgan meva po'stidan — perikarpiydan iborat. Bo'laklar cheti ichiga qayrilgan, ustki tomoni silliq yoki burishgan, ichida — meva po'stidan osonlik bilan ajraladigan, qurigan, mezokarpiyani ipsimon qavati bo'ladi. Meva po'sti tekis sinadi.
Meva po'sti ustki tomondan yashil-qo'ng'irdan to to'q qo'n-g'irgacha, ichki tomoni — deyarli qora rangli, hidi kuchsiz — o'ziga xos, mazasi — achchiqroq burushtiruvchi.
O'zbekiston (Toshkent, Samarqand, Andijon, Farg'ona va Surxondaryo viloyatlari)ning tog'li tumanlarida keng tarqalgan bo'ymodaron turi — tubulg'ibarg bo'ymodaron to'liq o'rganildi, unga vaqtincha farmakopeya maqolasi tuzildi va O'zbekiston Res-publikasi Sog'liqni saqlash vazirligini Dori vositalari va tabiiy texni-ka sifatini nazorat qilish Bosh boshqarmasi tomonidan VFM tasdiqlandi.
Keyinchalik O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi tubulg'ibarg bo'ymodaronning gulini peshob (siydik) haydov-chi, qon oqishini to'xtatuvchi va yaralarni bitiruvchi vosita sifatida tibbiyot amaliyotida ishlatishga ruxsat berdi.
Ishning bajarish tartibi: Yong`oq namunasidan foydalangan holda uning morfologiyasini o`rganish.
Yong`oq mevalari namunasidan foydalangan holda uning morfologiyasini o`rganish.
Yong`oq mevasidan nastoyka tayyorlang.
Quritilgan yong`oq mag`zidan na`muna olib uning yog`lilik miqdorini aniqlang.