O`zbekiston respublikasi qishloq xo`jalik vazirligi andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti «qishloq xo`jalik ekinlari seleksiyasi, urug`chiligi va dorivor o`simliklar yetishtirish»



Yüklə 314,5 Kb.
səhifə15/17
tarix02.06.2023
ölçüsü314,5 Kb.
#123792
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
123 tabiiy

Mahsulot tayyorlash. Daraxtda bir vaqt ichida bu yilgi — xom va o'tgan yilgi pishgan mevalari bo'ladi. Horn msvalar archa tagiga yozilgan chodirga to'kilmasligi uchun tayoq bilan qoqmasdan, daraxtni kuzda (sentabr—oktabr oylarida) silkitib, pishgan mevalarni yig'ib olish kerak. Keyin mahsulot aralash-malardan tozalanadi va ochiq havoda quyoshda yoki qurit-
kichlarda quritiladi.
Mahsulotning tashqi ko'rinishi. Mahsulot archaning mevasidan iborat. Meva deyarli sharsimon, diametri 8-12 mm, burishgan (qurigandan so'ng), usti ko'kimtir rangli mum qavati bilan qop-langan. Meva uchida uch nurli yulduzcha shakli (uchta yuqorigi tangacha bargchalarni birlashgan joyi) ko'rinadi. Meva po'sti qattiq. Mevaning ichida — yumshoq qismida 2-3 (ba'zan 4) ta, qattiq, 3—5 qirrali urug'lari bo'ladi.
Mevalar ustidan to'q-qo'ng'ir (qo'ng'ir-gunafshaga o'x-shash), ichi — yashil qo'ng'irroq rangli, hidi o'ziga xos xushbo'y, chuchmal mazaga ega.
Kimyoviy tarkibi. Meva tarkibida 3,9 foiz efir moyi, 2,4 foiz flavonoidlar, 0,37 foiz karotinoidlar, 6,15 foiz organik kislotalar, 16,2 foiz qandlar, oz miqdorda kumarinlar, 2,47 foiz oshlovchi va boshqa moddalar bor.
Meva efir moyi 16,84 foiz karen, 25,01 foiz d-kamfen, 11,88 foiz a-pinen, 14,74 foiz mirtsen va boshqa terpenoidlardan tash-kil topgan.
Ishlatilishi. Meva qaynatmasi va efir moyi diuretik hamda mikroblarga qarshi ta'sirga ega. Shuning uchun meva damlamasi-ni O'zbekiston hududida tibbiyot amaliyotida peshob haydovchi vosita sifatida ishlatishga Respublika Sog'liqni saqlash vazirligi ruxsat berdi. Dorivor preparatlari. Meva qaynatmasi.
Ishning bajarish tartibi:

  1. Zarafshon archasi namunasidan foydalangan holda uning morfologiyasini o`rganish. Uning barg tuzilishiga e`tibor qaratish va boshqa archa turlari bilan taqqoslash

  2. Zarafshon archasi mevalari namunasidan foydalangan holda uning morfologiyasini o`rganish.

  3. Zarafshon archasi mevasidan efir moyini ajratib olish.

  4. Zarafshon archasi mevasidan olingan efir moyini fenxel efiri bilan farqlarini organaleptik usulda aniqlash.


Yüklə 314,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin