Nazorat savollari O’simliklarni geografik tarqalishini tushintiring.
Dorivorlik xususiyatlari haqida nimalarni bilasiz?
O’simlikdan gerbariylar tayyorlang va na’munalar to’plang
№10 LABORATORIYA MASHG‘ULOTI
Mashg‘ulot mavzusi: Qizil kitobga kiritilgan dorivor o`simlik turlari.
Ishning maqsadi: Qizil kitobga kiritilgan dorivor o`simlik turlari bilan tanishish.
Kerakli jihozlar:Qizil kitob, o`simlik na`munalari, o`simliklar aniqlagichi, dorivor o`simliklar haqida to`plam.
Mashg‘ulot bo‘yicha umumiy ma’lumotlar: Hozirgi vaqtda er yuzida 20-25 ming o‘simlik turlari yo‘qolib (qirilib) ketish xavfida. masalan aqsh da 200 turi yaqinda yo‘qolib ketgan, nihoyatda kam bo‘lib yo‘qolish arafasida turgan hisoblanadi. yangi zellandiyada kamayib ketgan va yo‘qolayotgan o‘simliklar ro‘yxati 314 turdan iborat bo‘lib, shu mamalakatni bu ko‘rsatgich 14% florasini tashkil qiladi. Yer sharidagi o‘simlik va hayvonot olamidan qator o‘simlik turlarini yo‘qolib ketish xavfi 1948 yilda xalqaro tabiatni muhofaza qilish tashkilotini (msop) (mejdunarodnыy soyuz oxranы prirodы) doimiy komissiyasini tuzilishiga olib keldi. ular o‘simlik va hayvon turlarini yo‘qolish sabablarini o‘rganadilar va oldini olish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqadilar. shu vaqtdan boshlab butun dunda yo‘qolayotgan o‘simlik va hayvon turlari ro‘yxatini tuzish boshlangan. angliyalik zoolog piter skot taklifiga ko‘ra xalqaro qizil kitob tashkil qilindi - unga noyob (redkie), yo‘qolib ketish xavfi bo‘lgan hayvon va o‘simliklar bo‘yicha qisqa ma’lumotlarni chop etish 1966 yildan boshlangan. 1979 yili shu xalqaro qizil kitobga 321 ta dengiz maxluqlari (melkopitayuщix), 485 tur qush, 141 tur sudralib yuruvchilar va 41 tur erda va suvda yashaydiganlar va 194 tur baliq kirtilgan. o‘simlik turlari (sosudistыe rasteniya) bu kitobda 250 turni tashkil qilgan. shu bilan birga komissiya 1600 yildan boshlab er yuzidan yo‘qolib ketgan hayvonot va o‘simlik turlari ro‘yxatini ham tuzgan.
Mustaqil hamdo‘stliklar davlatlarida (mdh) qo‘riqlanishga muhtoj bo‘lgan o‘simliklar ro‘yxati kiritilgan “qizil kitob yovvoyi holda o‘suvchi o‘simliklarning muhofazaga muhtojlari” 1975 yilda butunittifoq botaniklar jamiyati tomonidan tayyorlangan. ushbu kitobni 2 chi nashri 1981 yili “mdx (sssr)dagi muhofazaga muhtoj yo‘qolayotgan flora turlari” (“redkie i ischezayushie vidы florы sssr, nujdayuщiesya v oxrane”) chop etilgan. bu ishlarda ilmiy jamoatchilikni takliflari keltirilgan bo‘lib, qaerda va qanday o‘simliklarni muhofaza qilish, qo‘riqlash ko‘rsatilgan bo‘lib ular sssr qishloq xo‘jaligi minstrligining, 1978 y. chop etilgan qizil kitobini (krasnaya kniga sssr) asosini tashkil qilgan. ushbu kitobni ikkinchi nashri sssr minstrlar soveti qarori asosida 1984 yilda chop etilgan. sssr qizil kitobiga 681 tur o‘simliklar kiritilgan bo‘lib, ular to‘g‘risida qisqacha xarakteristika (tavsifi), biologik o‘ziga xosligi va ularni himoya qilishni choralari keltirilgan.
1978 y. 27 sentyabrda O‘zbekiston hukumatining №564 raqamli qarori, o‘zr fa prezidiumining 1978 y., 24 noyabrdagi №135 raqamli qarori hamda, o‘zr fa ilmiy kengashining biosfera muammosi bo‘yicha 1979 y. 6 iyuldagi №2 byurosida “O‘zbekiston qizil kitobi” ta’sis etilgan. “qizil kitob”ga u yoki bu ob’ektni kiritilishiga asos, shu ob’ektni bundan buyon hayoti xavf ostidaligi hisoblangan. “qizil kitob”ning ahamiti faqat yo‘qolayotgan hayvonot yoki o‘simliklar ro‘yxatini tuzish bilan cheklanmaydi. unda ro‘yxatda keltirilganlar to‘g‘risida zaruriy ma’lumotlar ham keltirilgan. “qizil kitob”ning vazifasi yo‘qolayotgani hayvonot va o‘simliklarni ehtiyot qilish va saqlashga jamoatchilikni va hukumat idoralarini e’tiborini jalb qilish.
O‘zbekiston florasining 400 dan ortiq muhofazaga muhtoj bo‘lgan o‘simlik turlaridan 163 tasi “qizil kitob”ni 1chi nashriga kiritildi, chunki ular eng ko‘p yo‘qolish xavfi ostida edilar. kam uchraydigan va yo‘qolayotgan turlarni aniqlash davom etmoqda.
O‘zbekiston respublikasi hududida hozir 4500 ga yaqin yovvoyi o‘simlik turlari mavjud. ular orasida jiddiy muhofazaga muhtoj ko‘pgina kamyob, endem va relikt turlar ham bor. bunday turlarning soni 400 atrofida bo‘lib, ular O‘zbekiston florasining 10-12 foizini tashkil etadi. Respublika qo‘rikxonalarida muhofaza qilinayotgan floralarning umumiy holati nisbatan yaxshi bo‘lishiga qaramay, ko‘plab yovvoyi turlarning tabiiy zahiralari keskin kamayib ketmokda. dunyoga dong‘i ketgan lola va sallagullar, qimmatbaho o‘simlik -etmak, dorivor o‘simlik - bozulbang, oziq-ovqat o‘simligi - anzur piyozi kabilar keyingi yillarda butunlay kamayib ketdi. bir qancha turlar yo‘qolib ketish holatiga kelib qoldi. Aholining tabiatga noto‘g‘ri munosabati ham o‘simliklarning kamayib ketishiga sabab bo‘lmokda. ayniqsa shahar va qishloqlar atrofidagi qizil lola, sallagul, shirach va shunga o‘xshash nafis gulli o‘simliklar juda kamayib ketgan. tabiatga, o‘simliklar dunyosiga nisbatan noto‘g‘ri munosabatda bo‘lishga chek qo‘yish, tabiat boyliklarini muhofaza qilish va ko‘paytirish hammamizning asosiy burchimiz.
O‘zbekiston respublikasi mustaqillikka erishgach, atrof mu-hitni, xayvonot va o‘simliklar dunyosini muhofaza qilishga alohida e’tibor berildi. 1992 yil 9 dekabrda "tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida", 1993 yil 7 mayda "alohida muhofaza qilinadigan hududlar to‘g‘risida" va nihoyat, 1997 yil 26 dekabrda "o‘simliklar dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida" qonunlar qabul qilindi. bu qonunlar barcha o‘simliklar turlarini saklab qolish, uni asrab-avaylash va muhofaza qilishda muhim xujjatlar bo‘lib hisoblanadi.
O‘zbekiston florasining yo‘qolib ketish xavfi ostida turgan 163 turi qizil kitobning 1984 yilgi nashrida kiritilgan va ushbu turlarning takdiri bilan respublika mutaxassislari, olimlari muttasil shug‘ullanib kelmokdalar. o‘tgan yillar mobaynida olib borilgan kuzatishlar ayrim o‘simlik turlarining soni va maydoni ancha kengayganligini ko‘rsatdi. masalan, anzur va suvorov piyozlari oldingi holatiga kelmagan bo‘lsada, ma’lum darajada ko‘paydi. eng kamyob o‘simliklardan sanalgan minkvitsteziumi nomli o‘simlik turining soni 7 tadan 17 tagacha etdi. qurama tizmasida kamyob o‘simliklardan hisoblangan korovin shirachining mavjudligi aniklandi. ayni vaqtda ayrim o‘simlik turlarining soni keskin qisqarib ketgan. omonqora o‘simligi, piskom piyozi, margarita marmaragi kabilar shular jumlasidandir.
Keyingi yillarda olib borilgan izlanishlar o‘lkamiz florasidan yana 138 o‘simlik turini qizil kitobga kiritish lozimligini ko‘rsatdi. shunday qilib, o‘zbekistonning qizil kitobiga kiritilgan o‘simlik turlarining soni 301 taga etdi. qizil kitobga kiritilgan o‘simlik turlari tabiatni muhofaza qilish xalqaro uyushmasi tomonidan ishlab chiqilgan tasnifga binoan 4 guruhga ajratildi.
bir necha yillar dovomida tabiatda uchratilmagan, lekin ayrim yig‘ib olish qiyin bo‘lgan joylardagina yoki madaniy sharoitda saqlanib qolish ehtimoliga ega bo‘lgan o‘simlik turlari.
2. yo‘qolib borayotgan turlar
yo‘qolib ketish xavfi ostida turgan, saqlanib qolishi uchun maxsus muhofazani talab etadigan turlar.
3. kamyob turlar
ma’lum kichik maydonlarda o‘ziga xos sharoitlarda saqlanib qolgan, tez yo‘qolib ketishi mumkin bo‘lgan va jiddiy nazoratni talab etuvchi turlar.
4. kamayib borayotgan turlar
ma’lum vaqt ichida soni va tarqalgan maydonlari tabiiy sabablarga qo‘ra yoki insonlar ta’siri ostida qisqarib ketayotgan turlar. ayni vaqtda, bunday o‘simliklar har tomonlama nazorat qilib turishni talab etadi.
Muhofaza qilinadigan tabiiy hududlarni qo‘riqlash tizimini tashkil qilish
Muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar mintaqada, qolaversa er yuzida ekologik muvozanatni boshqarib turadi, chunki busiz tabiiy boyliklardan tejamkorlik bilan foydalanish, har qanday xo‘jalik faoliyat oqibatini oldindan ko‘raolmaslik, tabiiy muhitni saqlashni ham iloji bo‘lmay qoladi.
O‘simliklarni davlat tizimidagi hududlarini muhofaza qilishni quyidagi shakllari mavjud. Qo‘riqxona quruqlik va suv havzasining xarakterli tabiiy landshaftlari bo‘lgan ma’lum bir maydon bo‘lib, tabiatni muhofaza qilishning eng samarali shakllaridan biridir. alohida muhofaza qilinadigan hududlar orasida qo‘riqxonalar muhim rol o‘ynaydi. Qo‘riqxonalarning asosiy vazifasi va maqsadlari nimalardan iborat? qo‘riqxonalarning asosiy vazifasi - tabiatning diqqatga sazovor, qimmatli landshaftlarning jamiyat manfaatlari uchun saqlashdan iborat. qo‘riqxonalarning xududlaridagi majmualar tabiiy holda saqlanadi. ular inson tomonidan o‘vlashtirilgan va o‘zlashtirilayotgan qo‘shni hududlar uchun namuna bo‘lib xizmat qiladi.
Qo‘riqxona hududdaridan xo‘jalikda foydalanish, pichan tayyorlash, ov qilish, baliq tutish, qo‘ziqorin terish umuman taqiqlanadi. qo‘riqxonalar atrofi xam, foydalanib muhofaza kilinadigan zona bo‘lishi kerak.
Ishning bajarish tartibi: Qizil kitobga kiritilgan o`simliklar namunasidan foydalangan holda ularning morfologiyasini o`rganish. Ularning barg tuzilishiga e`tibor qaratish va boshqa archa turlari bilan taqqoslash
Anzur piyozi urug`lari namunasidan foydalangan holda uning morfologiyasini o`rganish.
Qizil kitobga kiritilgan o`simliklar kamayish sabablarini o`rganish.
Qizil kitobga kiritilgan o`simliklarning rasmlarini chizish.