O`zbekiston respublikasi qishloq xo`jalik vazirligi andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti «qishloq xo`jalik ekinlari seleksiyasi, urug`chiligi va dorivor o`simliklar yetishtirish»


Mashg‘ulot mavzusi: Issiqxonalarda o`suvchi istiqbolli dorivor o`simliklar



Yüklə 314,5 Kb.
səhifə2/17
tarix02.06.2023
ölçüsü314,5 Kb.
#123792
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
123 tabiiy

Mashg‘ulot mavzusi: Issiqxonalarda o`suvchi istiqbolli dorivor o`simliklar


Ishning maqsadi: Issiqxonalarda o`suvchi istiqbolli dorivor o`simliklar bilan tanishish


Kerakli jihozlar: dorivor o`simliklar gerberiyalari, o`simliklarning ko`chat na`munalari, termometr, pH metr, thermostat, fitogarmonlar.


Mashg‘ulot bo‘yicha umumiy ma’lumotlar: Tabiiy sharoitda qiyin o`suvchi o`simliklar yoki ko`payishi qiyin bo`lgan o`simliklar bugungi kunda issiqxonalarda ko`paytirilmoqda va o`stirilmoqda.
Mushmula (Mespilus) — raʼnodoshlarga kiruvchi mevali daraxt. 2 turi mavjud: 1) Yapon Mxi yoki lokva — bu doim yashil oʻsimlik vatani — Sharqiy Osiyo. Daraxt balandligi 6–8 m, tanasining va shoxlarining rangi toʻqkulrang. Barglari yirik, dagʻal, shakli uzun-choq, baʼzan ovalsimon, uchi oʻtkir, yuzasi yaltiroq, yaproqning ostki tomoni tukli. M. kech kuzda yoki qish boshida gullaydi. Gullari gulshodaga toʻplangan boʻlib, juda nozik va xushboʻy, rangi ochsariq. Mevalari shingil boʻlib, har bir shingilda 12 tadan noksimon va, baʼzan, dumaloq shakldagi mevalar joylashgan. Mevaning yuzasi bir oz tukli. Eti sersuv, mayin, taʼmi shirin - nordon. Meva tarkibida 39% suv, 0,35% protein, 0,06% moy, 8,95% saharoza, 0,94% dekstroza va 0,26% kul mavjud. Har bir meva ichida 2—3 tadan yirik urugʻi boʻlib, meva ogʻirligining 20—25% ni tashkil etadi. Mevasi aprel oxiri — mayning boshlarida pishadi. M. daraxti 5—6-yili hosilga kiradi. 8—12 yoshligida 30–50 kg hosil beradi. Mevasi isteʼmol qilinadi, konserva sa-noatida qayta ishlanadi. Urugʻidan likyor tayyorlanadi, guli parfyumeri-yada ishlatiladi. 2) German M.si yoki oddiy M. — butasimon, baʼzan, daraxt shaklida boʻlib, boʻyi 3–6 m. EronKichik Osiyo va Bolqon yarim orollarining sernam zonalarida, KavkazdaQrimda uchraydi va ekiladi. ShuningdekAQSHda ham ekiladi. Yovvoyi turlarining novdalari tikanli. Barg shakli lentasimon yoki tuxumsimon, guli yakka, yirik, rangi oq. Mevasi danakcha, eti qattiq, pishgach yumshaydi. Taʼmi shirin. Meva tarkibida 10% kand, 1,1% olma kislotasi, 1,6—11,8 mg% vitamin S mavjud. M.ning ikkalaturi ham mevali ekinlarga kirmaydi. M., asosan, urugʻdan koʻpayadi, behi va doʻlanaga payvand qilish ham mumkin.[1]


Ishning bajarish tartibi:



  1. O`simliklar namunalaridan foydalangan xolda issiqxona o`simliklarining morfologik xususiyatlarini o`rganish.

  2. Limon, godji o`simliklarini ko`chatlari o`stirilayotgan issiqxona haroratini termometr yordamida aniqlash.

  3. Godji o`simligini ko`chatlari o`stirilayotgan issiqxona tuproqlaridan na`munalar olib uning pH qiymatini pH metr asbobidan foydalangan xolda aniqlash.

  4. Issiqxona dorivor o`simliklarini urug`larini termostatda unish jarayonini kuzatish va fitogormonlar ta`sirini o`rganish.



NAZORAT SAVOLLAR:

  1. Issiqxona sharoitida o`stiriladigan dorivor o`simliklar qaysilar?

  2. Issiqxona dorivor o`simliklari ochiq xolda yetishtiriladigan dorivor o`simliklardan qanday farqi mavjud?

  3. Nima uchun dorivor o`simliklar issiqxonalarda yetishtiriladi?

2 LABORATORIYA MASHG‘ULOTI



Yüklə 314,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin