Mashg‘ulot mavzusi: Tukli erva (pol-pola)- Aerva lanata Juss. A.ni dorivorlik xususiyatlari
Ishning maqsadi: Tukli erva (pol-pola)- Aerva lanata Juss. A.ni dorivorlik xususiyatlari
Kerakli jihozlar: Tukli erva dorivor preparati, o`simlik tasvirlangan plakat, tukli erva yer ustki qismi, qaynoq suv.
Mashg‘ulot bo‘yicha umumiy ma’lumotlar: O'simlikning nomi. Tukli erva (pol-pola) — Aerva lanata Juss. A.; machindoshlar (tojixo'rozdoshlar) — Amaranthaceae oilasiga kiradi. Ko'p yillik, shoxlangan va bo'yi 55-70 sm ga yetadigan o't o'simlik. Barglari lansetsimon, ovalsimon yoki ellipssimon, tekis qirrali bo'lib, qisqa bandi yordamida poya va shoxlarda qarama-qarshi joylashgan. Gullari mayda, och yashil rangli bo'lib, qisqa boshoqsimon gulto'plamiga o'rnashgan. Urug'i yaltiroq, qora rangli. O'simlikning hamma qismi sertukli, kulrangda.
Geografik tarqalishi. Hindiston, Filippin, Yangi Gvineya va boshqa Osiyo va Afrikaning tropik tumanlaridagi qumli yerlarda, choilarda va butalar orasida o'sadi. O'zbekistonda tukli erva bir yillik o't o'simlik sifatida o'stiriladi.
Mahsulot tayyorlash. O'simlik gullagan davrida yer ustki qismi o'rib olinadi va 3—4 sm qalinlikda soya yerda biror narsa (faner taxta, brezent, mato va boshqalar) ustiga yoyib quritiladi.
Mahsulotning tashqi ko'iinishi. Mahsulot poya, barglar va gulto'plamlaridan tashkil topgan. Barglari tuxumsimon yoki el-lipssimon, tekis qirrali, o'tkir yoki to'mtoq uchli, uzunligi 2—3 sm gacha, eni 0,5—1,5 sm, sertukli. Gulto'plami sertukli, boshoqsimon. Gullari mayda, och yashil, gultevaragi 2-5 bo'lakli boiib, uchta guloldi bargchalari bilan o'ralgan. Barglari, poya-si va gulto'plamlari sertukli, kulrang-yashil, hidi — kuchsiz, yoqimli, achchiq mazali.
Mahsulotning namligi 7 foizdan, umumiy kuli 13 foizdan, xlorid kislotaning 10 foizli eritmasida erimaydigan kuli 8 foizdan, qoraygan qismlari 7 foizdan, organik aralashmalar 1,5 foizdan va mineral aralashmalar 1 foizdan ko'p hamda mahsulot tarkibida-gi flavonoidlar yig'indisining miqdori rutin bo'yicha 0,5 foizdan kam bo'lmasligi lozim.
Ishning bajarish tartibi:
Tukli erva namunasidan foydalangan holda uning morfologiyasini o`rganish.
Tukli erva preparatidan damlama tayyorlash hamda uning ko`rinishiga e`tibor berish.
Tukli ervani madaniy xolda o`stirib ko`ring.
Dostları ilə paylaş: |