O`zbekiston respublikasi qishloq xo`jalik vazirligi andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti «qishloq xo`jalik ekinlari seleksiyasi, urug`chiligi va dorivor o`simliklar yetishtirish»



Yüklə 314,5 Kb.
səhifə7/17
tarix02.06.2023
ölçüsü314,5 Kb.
#123792
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   17
123 tabiiy

Nazorat savollari

  1. O’simliklarni geografik tarqalishini tushintiring.

  2. Dorivorlik xususiyatlari haqida nimalarni bilasiz?

  3. O’simlikdan gerbariylar tayyorlang va na’munalar to’plang

6 LABORATORIYA MASHG‘ULOTI


Mashg‘ulot mavzusi: Dorivor daraxt o‘simliklarning bioekologik xususiyatlarini va dorivorlik xususiyatlari


Ishning maqsadi: Dorivor daraxt o‘simliklarning bioekologik xususiyatlarini o‘rganish o’rganish.
Kerakli jihozlar: gilos va jiyda o`simligidan na`muna, o`simlik tasvirlangan plakat, o`simlik urug`lari. Gilos murobbosi
Mashg‘ulot bo‘yicha umumiy ma’lumotlar: Gilos murabbosining shirinligi olcha murabbosidan qolishmasa ham, uy bekalari gilosdan kamdan-kam holda murabbo tayyorlashadi.
Foydali xossalaridan tashqari gilosda bitta katta kamchilik bor!
Gilosni haddan tashqari ko‘p iste’mol qilingach, organizmda ortiqcha suyuqlik hazm bo‘lmay to‘xtab qolishi mumkin, natijada ertasiga ertalab inson o‘z tanasida shish paydo bo‘lganini kuzatishi mumkin.
Gilosning xuddi ana shu “kamchiligi” sababidan homilador ayollarni gilosni ko‘p miqdorda iste’mol qilishdan qaytarishadi.
Inson sog‘lig‘i uchun uchun gilosning asosiy foydalari:

  • Gilos qabziyat muammosini hal qiladi. CHunki bu meva iste’mol qilingach, tanada ichaklar faoliyatini tezlashtirib yurgizadi va oqibatda modda almashinuvi me’yorda bo‘lishi ta’minlanadi.

  • Pishiqchilikda gilos iste’mol qilinganda bolalarda ham, kattalarda ham immunitet mustahkamlanadi. SHifokorlar pishiqchilik mavsumida meva va sabzavotlarni me’yorida to‘yib iste’mol qilishni tavsiya etishadi, bundan gilos istisno etilmaydi, chunki uning tarkibida juda ko‘p miqdorda organizmni turli infeksiyalardan himoya qiluvchi va yangi immun hujayralari o‘sib chiqishiga sabab bo‘luvchi vitaminlar mavjud.

  • ”Asabiy” «psoriaz» i «ekzema» kabi teri kasalliklarini gilos yordamida davolash mumkin. Bunday holda, kasallikni davolash jarayonida gilos yordamchi davolovchi vosita sifatida bu kasalliklardan tezroq forig‘ bo‘lishga yordam beradi, yolg‘iz uni iste’mol qilish kasallikdan to‘liq xalos eta olmaydi, shifokor belgilagan dori-darmonlarning o‘rnini to‘liq bosa olmaydi.

  • Agar kishida gemoglobin miqdori pasaygan bo‘lsa yoki anemiya (kamqonlik) diagnozi qo‘yilgan bo‘lsa, gilos bu xastaliklardan qutilishda qo‘l keladi. Bunday kishi o‘zini gilos iste’mol qilishdan tiyishi yoki cheklashi foydali bo‘lmaydi, aksincha, uni bor-yo‘g‘i bir hafta davomida muntazam iste’mol qilib, gemoglobin miqdorini ko‘tarish va anemiyadan forig‘ bo‘lish mumkin.

  • Erta toksikozni boshdan kechiruvchi homilador ayollar gilos iste’mol qilib bu noxush holatdan qutilishlari mumkin. YUqorida aytib o‘tilganidek, shifokorlar tanada ortiqcha shish paydo bo‘lishining oldini olish va buyraklarni zo‘riqtirmaslik maqsadida gilosni haddan tashqari ko‘p iste’mol qilishdan qaytarishadi. SHu sababdan boshidan toksikozni kechirayotgan homilador ayollarga o‘ntacha gilos (bundan ko‘p emas) iste’mol qilishni tavsiya etishadi.

  • Qon bosimi oshib yuruvchi gipertonik xastaligi bor kishilar ham gilos iste’mol qilib, salomatliklarini yaxshilab olishlari mumkin.

  • Pishiqchilikda gilosni muntazam istemol qilib yurish arteriya bosimini bir me’yorda bo‘lib turishiga yordam beradi.

JIYDA (Elaeagnus L.) — jiydadoshlar oilasiga mansub daraxt yoki buta. Janubiy Evropa, Markaziy va SHarqiy Osiyo, SHimoliy Amerikada o‘sadigan 40 ga yaqin turi bor.O‘rta Osiyo, xususan O‘zbekistonda jiydaning qarg‘ajiyda. (E. angysti-fola; yovvoyi holda o‘sadi), sharq jiydasi (E. orientalis), tikanakli jiyda (E. pungens), kumushsimon jiyda (E. argentea), non jiyda(E. cdulls) turlari o‘sadi. SH a r q jiydasining bargi oddiy, ensiz, kumush-rang. Daraxti 8—10 m, shoxlari siyrak, tikanli yoki tikansiz. Guli ikki jinsli, sariq, serasal, xushbo‘y, efir moyli. Mevasi sarg‘ish, mag‘izsiz danakli, eti 31,2—88,7%, unsimon, xushxo‘r. Tarkibida 46—65% qand, 10% oqsil, 1,3% kislota, 200 mg% S vitamini mavjud. Jiydaning mevasi yangiligida yoki quritib iste’mol etiladi. Tabobatda oshqozon-ichak kasalliklarini davolashda ishlatiladi. YOg‘ochidan turli xil buyumlar yasaladi, parfyumeriya sanoatida, gulidan efir moy olinadi.
Jiyda qurg‘oqchilikka chidamli, er osti suvlari yuza va sho‘r tuproqlarda ham o‘saveradi. Danagidan, ildiz bachkisidan va qalamchasidan ko‘payadi. Ko‘chati o‘tkazilgach, 3—5- yili hosilga kiradi. May—iyun oyida gullaydi, mevasi sentyabr—oktyabrda pishadi. Bir tupi 50 kg gacha hosil beradi. Jiyda60—80 yil yashaydi. Non jiyda mevali daraxt sifatida ekiladi, o‘rta bo‘yli daraxt. Sernam erlarda yaxshi o‘sadi. Serhosil. Mevasi yirik, mazali, qizg‘ish-qo‘ng‘ir rangli. O‘zbekiston o‘rmonchilik ilmiy-tadqiqot institutida uning 20 ga yaqin navi ta’riflangan (Qizil J., Ra’no, Urganch, Xurmoy, Toshkent deserti, CHo‘li qandak, Kizil qandak va boshqalar). Hozirgi davrga kelib sanoat ahamiyatini yo‘qotdi. O‘zbekiston, Tojikiston va k o‘ p g i n a mamlakatlarda ayrimtomorqa bog‘larida ekiladi. Ko‘proq yo‘l yoqalari, kanal bo‘ylari, dala-ihota o‘rmon mintaqalari, tashlandiq erlarga ekiladi. Tuproqni azot bilan boyitadi.
Oziqaviy quvvati: 34 kKal ni tashkil etadi.
Jiyda mevasini uzoq muddat saqlash mumkin. Pishib etilganida terib olingach, bir necha oydan so‘ng ham o‘zining foydali xususiyatlarini yo‘qotmaydi.

Yüklə 314,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin