Nazorat savollari O’simliklarni geografik tarqalishini tushintiring.
Dorivorlik xususiyatlari haqida nimalarni bilasiz?
O’simlikdan gerbariylar tayyorlang va na’munalar to’plang
№4 LABORATORIYA MASHG‘ULOTI Mashg‘ulot mavzusi: shirinmiya bioekologik hususiyatlari va dorivorlik xususiyatlari
Ishning maqsadi: shirinmiya bioekologik hususiyatlari va dorivorlik xususiyatlarini o`rganish
Kerakli jihozlar:shirinmiya siropi, o`simlik tasvirlangan plakat, shirinmiya o`simligidan na`muna, qaynoq suv.
Mashg‘ulot bo‘yicha umumiy ma’lumotlar: Shirinmiya, qizilmiya — bugʻdoydoshlar oilasiga mansub koʻp yillik oʻt. Poyasi tik, boʻyi 50—20 sm, shoxlangan, baʼzan shoxlanmagan, tuklar bilan qoplangan. Ildizi oʻqiddiz, shoxlangan, 5—6m chuqurlikkacha boradi. Barglari toq patsimon, uz. 8—20 sm. Gullari qiyshiq (zigomorf), ikki jinsli. Mevasi 3—7 urugʻli dukkak. Urugʻi qattiq, mayda, silliq, mosh rang . Aprelning oxiridan iyungacha gullaydi. Avgustda pishadi. Asosan, Yevropa va Osiyoda tarqalgan. Daryo yoqalarida, ariq va zovur boʻylarida, qumloq yerlarda, togʻ yon bagʻirlarida, baʼzan 2500 m balandlikkacha boʻlgan yerlarda, kam va oʻrta shoʻrlangan tuproqlarda ham oʻsadi. Amudaryo, Sirdaryo, Ural va Ili toʻqayzorlarida shahrining katta maydonlarni egallagan oʻtloqzorlari uchraydi. Sh. qadimdan qimmatbaho dorivor oʻsimlik sifatida maʼlum. Uning ildizi tarkibida gormonal faol glitsirrizin, saxaroza, fruktoza, glyukoza, oshlovchi moddalar, 30 ga yakin flavonoidlar va boshqalar bor. Tibbiyotda shahrining ildizi va ildiz poyasidan tayyorlangan dorilar bilan yalligʻlanish. allergiya, zaharlanish, Addison kasshtligi, bod, belangi, boʻgʻma, sil, chipqon, ekzema va boshqalar kasalliklar davolanadi. Shuningdek, oziqovqat, kimyo va kon metallurgiyasi sanoatida ham ishlatiladi. shahrining poyasi tarkibida koʻp miqdorda oqsil, yogʻ, qand, karotin, vitamin S va boshqalar borligidan qimmatbaho yemxashak hisoblanadi. Undan yaxshi pichan va silos tayyorlanadi. Oʻzbekiston FA "Botanika" ilmiy ishlab chiqarish markazida shahrining serhosil, qurgoqchilikka va tuproq shoʻrlanishiga chidamli shakllari yaratilgan; urugʻi va ildizpoyasidan koʻpaytirish usullari, afotexnikasi ishlab chiqilgan; yiliga 2 marta hosil olish mumkinligi isbotlangan.
SHirinmiya dorivor o‘simlik sifatida juda qadim zamonlardan ma’lum. Xitoy xalq tabobatida bu o‘simlik eramizdan 3000 yil avval turli xil hastaliklarni davolashda qo‘llanilgan. SHuningdek, shirinmiya o‘simligining shifobaxsh xususiyatlari borasida hind va tibet tabobatida ham ma’lumutlar uchraydi. O‘rta asrlarning mashhur olim va tabibi buyuk bobokalonimiz Abu Ali ibn Sino o‘zining davolash amaliyotida shirinmiya er ostki qismlaridan juda keng miqiyosda foydalangan. Jumladan oshqozon ichak yaralarini, o‘pka va nafas yo‘llari kasalliklarini davolashda shuningdek, peshob haydovchi dorivor vosita sifatida ishlatilgan.
Zamonaviy tabobatda ham bu o‘simlikning o‘rni beqiyos bo‘lib, farmatsevtika sanoati korxonalarida qayta ishlanib turli xil dori vositalari ishlab chiqarilmoqda. SHu bilan birga ko‘pgina dorivor yig‘malarning asosiy tarkibiy qismlaridan biridir. Mamlakatimiz mustaqillikka erishgandan so‘ng dorivor o‘simliklar dexqonchiligiga alohida e’tibor berildi. CHunonchi, Vazirlar Mahkamasining 1995 yil 7-dekabrda shirinmiya o‘simligi xom-ashyosiga bo‘lgan ichki va tashqi bozor talablarini qondirish maqsadida “O‘zbekiston Respublikasida shirinmiya xom ashyosini etishtirishni ko‘paytirish, chora tadbirlari to‘g‘risidagi ” 453-sonli maxsus qarori qabul qilindi. Ushbu qaror ijrosini ta’minlash maqadida “SHifobaxsh” IICHM qoshida tashkil etilgan dorivor o‘simliklarga ixtisoslashgan o‘rmon xo‘jaliklarida shirinmiya o‘simligi ziroat qilinmoqda.
SHirinmiya (Glycyrrhiza glabra-L.)–dukkakdoshlar (Fabaceae) oilasiga mansub ko‘p yillik o‘t o‘simlik. Feofrast o‘z asarlarida bu o‘simlikni solodkoviy koren,skifskaya trava, pontiyskaya trava nomi bilan atagan. Mazkur o‘simlikni rus tilida –solodka golaya, o‘zbek tilida-shirinmiya, chuchukmiya, qizilmiya, Qoraqalpog‘iston avtonom respublikasida esa bo‘yan deb atashadi. SHirinmiyaning tarqalish areali juda keng bo‘lib, sibiq ittifoqning Evropa qismida, Qrim, Kavkaz, Sibir, Kichik Osiyo, Eron, Afg‘oniston, SHimoliy Afrikada tarqalgan.
Respublikamiz hududida shirinmiya tipik to‘qay o‘simligi hisoblanib, asosan Sirdaryo va Amudaryoning quyi qismlarida uchraydi. SHirinmiya polikarp o‘t o‘simlik, poyalari yaxshi rivojlangan bo‘lib, silindrsimon tuzilishga ega. Poya yog‘ochlangan bo‘lib balandligi 150-160sm, ba’zan uning balandligi to‘qay sharoitlarda 200sm va undan ham ortadi. SHo‘rlangan tuproq sharoitida bu ko‘rsatkichlar 50-70sm atrofida qayd etiladi. Barglari murakkab tuzilishga ega. 4-8 juft bargchalardan iborat bo‘lib, poyalarda ketma-ket joylashgan. Barg uzunligi 11-18sm, bargchalari tuxumsimon,ellipssimon, atroflari butun, tuklangan, uzunligi- 5sm, kengligi-2,5sm ni tashkil etadi. Gullari oq binafsha rangli, changchilari yirik, og‘ir.
Kuchli nektar ajratuchi bo‘lganligi sababli asalari va boshqa hashorotlarni o‘ziga jalb qiladi. SHirinmiyaning er ustki qismi hayvonlar uchun to‘yimli ozuqa sifatida foydalaniladi. Poya tarkibida 11-18% protein,10-15% oqsillar,3.3-9.1% yog‘ va boshqa foydali birikmalar mavjud. Er ostki qismi po‘stlog‘i jigar rangli ildiz va idliz poyalardan iborat bo‘lib, uzunligi 180-200sm atrofida qayd etiladi. Ildiz va ildizpoyalarida glitsirrizin kislotasining miqdori-3-24%, glyukoza-8%, saxaroza-11%, kraxmal-34%, kletchatka-24% ni tashkil qiladi. Suvda ekstraksiyaga uchraydigin moddalarning miqdori- 43% ga etadi.
Respublikamizdan shirinmiya xom-ashyosi AQSH, Buyuk Britaniya, Germaniya, YAponiya, Koreya kabi rivojlangan mamlakatlarga eksport qilinadi. Ta’kidlash joizki, bu o‘simlik tuproq sharoitiga talabchan emas. Er ostki suvlari yaqin, qayta sho‘rlangan qishloq xo‘jaligi aylanmasidan chiqib qolgan maydonlarda etishtirib yuqori iqtisodiy samaradorlikka erishish bilan bir qatorda erlarning meliorativ holatini yaxshilash xususiyati bilan shubhasiz, ahamiyatlidir.
SHirinmiya o‘simligi asosan uch xil usul bilan, urug‘idan, ildizpoyalaridan va ko‘chat etishtirish orqali ko‘paytiriladi. Birinchi usul- urug‘ sepish bilan amalga oshiriladi. Buning uchun agrotexnikasi to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilgan, kuzda yaxshilab shudgorlangan, begona o‘tdan tozalangan, molalangan, chizellangan, tekislangan maydonlarni tanlanishi talab etiladi. Tayyorlangan maydonlarga oralig‘i 70 sm qilinib egatlar olinadi va urug‘lar 1-3sm chuqurlikda ekiladi.
Urug‘ ekishni kuz va erta bahor oylarida mexanizatsiya yordamida amalga oshirish mumkin. Gektar hisobida 4-5kg urug‘ ekiladi. Urug‘ ekilgandan so‘ng, maydon sug‘oriladi va maysa hosil bo‘lgunga qadar tuproq yuza qatlami nam holatda saqlanib turishi talab etiladi. Tuproq harorati 100S dan oshishi bilan maysalarning unib chiqishi kuzatiladi. Maysalar asosan 20-25sm ga etishi bilan qator oralariga ishlov beriladi. Vegetatsiya davomida o‘simlik maydoni 8-10 marotaba sug‘oriladi. Har 2-3 marotaba sug‘orishdan so‘ng kultivatsiya o‘tkaziladi va qator oralig‘iga ketmon bilan ishlov beriladi hamda parvarishlanadi. Ammo, sho‘r erlarda (1,5-2,0%) urug‘ unuvlanligining anchagini pastligini inobatga olinsa, shirinmiya urug‘ini ko‘kartirib sanoat ahamiyatiga ega bo‘lgan ekin maydonlarini barpo etib bo‘lmaydi.
Ikkinchi usul- ildizpoyalardan ko‘paytiriladi. Bu usulda o‘simlik xom-ashyosi ya’ni, ildizpoyalari maydonlardan kovlab olinadi. O‘tkir tig‘li moslamalar yordamida 10-15sm uzunlikda ildizpoya qalamchalari qirqib tayyorlanadi. Gektar hisobiga 2000-3000kg ildizpoyalarni sarflanishi tavsiya etiladi. Oldindan tayyorlangan va agrotexnikasi to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilgan maydonlarga oralig‘i 90sm qilib egatlar olinadi va 5-8sm chuqurlikda ildizpoyalar mexanizatsiya yordamida ekiladi. Bu jarayon ham kuz va erta bahor oylarida amalga oshiriladi. Tuproq namligini e’tiborga olgan holda ildizpoya ekilgan maydoni tez-tez sug‘orib, tuproqda namlikni saqlab turish samarali natija baradi.
Ekilgan maydonlarda o‘simlik holatiga qarab agrotexnik chora- tadbirlar amalga oshiriladi va 1-yili 6-8 marta (vegetatsiya davomida) sug‘oriladi hamda parvarish qilinadi. O‘simlik vegetatsiyasining 2- yilidan boshlab sug‘orish me’yori tuproq sharoitiga qarab kamaytirib boriladi. Sanoat ahamiyatiga ega bo‘lgan katta ekin maydonlarini barpo etishda asosan shu usul samarali natija beradi. Biroq, bu usul bilan ko‘paytirilganda, 1ga maydonga 2000-3000kg qimmatli xom- ashyo sarflanadi.
Uchinchi usul- bunda avval bo‘z tuproqda urug‘ni ekib, ulardan ko‘chat etishtirish, so‘ngra uni sho‘r tuproqli erlarga ko‘chirib o‘tkazish orqali amalga oshiriladi. Jumladan bir vegetatsiya davrini o‘tagan ko‘chatlar sho‘r tuproqlarga ko‘chirib o‘tkazilganda, ularning o‘sib rivojlanishi va saqlanishi 70-80% tashkil qiladi. Vegetatsiyaning 4-5-yilidan boshlab xom-ashyo etiladi. Sanoat ahamiyatiga ega bulgan xom-ashyo ildiz va ildizpoyalardan iborat bo‘lib, po‘stlog‘i jigar rangli, ichki qismi to‘q sariq rangli o‘ziga xos hid va o‘ta shirin ta’mga egadir. Gektaridan 8-10t davlat standart talablariga mos keladigan er ostki qismi va ho‘l holatda 20-25t to‘yimli ozuqabob em-xashak mahsulotlarini etishtirish mumkin. O‘simlikning er ostki qismi asosan 0-50sm chuqurlikdan qazib olinadi, tuproqlardan tozalanib quritiladi.
Maxsus mexnizmlar yordamida zichlab bog‘lanadi va ustiga yorliq yopishtirilib xom-ashyo quruq omborxonalarda saqlanadi. Saqlanish muddati 3 yil. SHunday qilib, qimmatli xom-ashyo o‘simligi hisoblanmish shirinmiya ekin maydonlarini barpo etishda ildizpoya va ko‘chat usullarini qo‘llash maqsadga muvofiqdir.