Laboratoriya mashg‘uloti-28 MSK signallarni shakllantirish va tadqiq etish Ishning maqsadi: MSK modulyatori strukturaviy sxemasi bilan tanishish. MSK modulyator funksional bog‘lamalar signallari shakllanish jarayonlarini o‘rganish.
Virtual laboratoriya qurilmasining ta'rifi Ishda “istochnik sifrovogo soobщeniya”, “MSK modulyator”, “Otsillograf” virtual bloklaridan foydalaniladi.
MSK (Minimum Shift Keying) minimal fazali siljish chastotali modulyatsiyasi uzluksiz fazali modulyatsyailar sinfining tipik vakili hisoblanadi. MSK modulyatsiyasi h=1/2 indeksli bo‘lgan binar ortogonal uzluksiz-fazali chastotali modulyatsiyadir.
MSK usulida modulyator bitli impulslarining kirish ketma-ketligi juft va toq impulslardan iborat ikki ketma-ketlikka hamda joriy n va oldingi n-1 holatiga bog‘liq bo‘lgan ifoda bilan belgilanadigan navbatdagi n bit davomida modulyatsiyalangan signal (modulyator chiqish signali)ga ajratiladi:
(15.1.)
ya'ni amplitudalar bilan kvadratura yig‘indi va . Bu erda fn – kanalning asosiy chastotasi, ikki yonma-yon bitlar bI, bQ kanalning asosiy chastotasi, ikki yonma-yon bitlar mazmuniga summar signalning fazasi va chastotasi bog‘liqligi 15.1. jadvalda keltirilgan.
MSK modulyatsiyasini sinusoidal qonun bo‘yicha o‘zgaruvchi sinfaza va kvadratura tashkiliy qismlarining amplitudalari bo‘yicha siljishi mavjud kvadratura modulyatsiyasi deb hisoblash, amplitudalar belgisi ikkilik ketma-ketligi bitining qiymati bilan aniqlanadi.
15.1. jadval. Summar signalning chastota va fazasi yonma-yon ikki bI, bQ bitlar mazmuniga bog‘liqligi.
15.1. jadval