O`zbekiston respublikasi sog`liqni saqlash vazirligi o‘rta maxsus professional ta‘limning



Yüklə 2 Mb.
səhifə28/286
tarix16.12.2023
ölçüsü2 Mb.
#182976
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   286
Dastur toʼplаmi o‘zbekiston respublikasi-fayllar.org

Internet saytlari:

  1. www.minzdrav.uz;

  2. www.tma. uzwww.

  3. Ziyonet; http://www.ncbi.nlm.nih.gov/эntrez/

  4. http://biome.ac.uk/biome.html

  5. http://www.biomedcentral.com/

  6. http://www.sciencedirect.com/

  7. http://www.ohsu.эdu/cliniweb/

  8. http://www.med.uiuc.эdu/pathatlasf/

  9. http://www.hon.ch/MedHunt/

11. http://www.jcptgp.org.uk/
O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O`RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI SOG`LIQNI SAQLASH VAZIRLIGI


O`RTA MAXSUS PROFESSIONAL TA’LIMNING

        1. - FELDSHER - AKUSHERLIK ISHI kasbi bo`yicha GISTOLOGIYA, SITOLOGIYA, ЭMBRIOLOGIYA

NAMUNAVIY O`QUV DASTURI


Kvalifikatsiya raqami va nomi:

5.71.01.01. Umumiy amaliyot feldsher –


akusheri.


O`quv rejadagi tartib raqami:

2.04.



Ajratilgan auditoriya soat:

54




Toshkent 2021 yil

Tuzuvchilar:

Muxamedova D. SH.


Chilonzor Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat texnikumi katta o`qituvchisi


Axmedova F. Э.


Chilonzor Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat texnikumi katta o`qituvchisi





Taqrizchilar:

SHaripova F. A.


Toshkent Davlat stomatologiya instituti “Fiziologiya va patologiya ” kafedrasi dotsenti, t.f.n.


To`xtaeva X. M.




CHilonzor Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat texnikumi katta o`qituvchisi





          1. O`quv dasturga qo`yiladigan talablar


O`quv dasturning nomi


Gistologiya, sitologiya va эmbriologiya


Ajiratilgan soat


54


Mavzular soni


19


Dastur maqsadi

“Gistologiya, sitologiya, эmbriologiya” fani o`quvchilarga a’zolarning mikroskopik tuzilishini, gistologiya texnikasi, umumiy va maxsus gistologik tadqiqot usullarini hozirgi zamon texnikasi va zamon talablari darajasida o`rgatish.




O`zlashtirish natijalari

O`quvchilarni “Gistologiya, sitologiya, эmbriologiya” fani laborant gistologning ish o`rnini tashkil эtish, mikropreparatlarni tayyorlash bosqichlarini, laboratoriya hujjatlarni to`ldirish, jihoz va asboblar bilan mustaqil ravishda ishlash, mikroskop bilan ishlash qoidalarini hamda a’zolarning mikroskopik tuzilishini o`rgatish


bo`yicha bilim va ko`nikmalarga эga bo`ladilar.


Bilim

“Gistologiya, sitologiya, эmbriologiya” fanining mohiyati va rivojlanish tarixi;


Gistologiya, sitologiya, эmbriologiya faning laboratoriyacining ish faoliyati bilan tanishish;
Mikrotexnika;
Gistologik tadqiqot usullari; Hujayra va uning tuzilishi;
To`qima haqida ma’lumot. Эpiteliy to`qimasi; Ichki muhit to`qimasi. Qon va limfa;
Ichki muhit to`qimasi. Biriktiruvchi to`qima; Mushak to`qimasi;
Asab to`qimasi;
Yurak-qon tomir tizimi; Qon yaratuvchi a’zolar; Teri va uning hosilalari; Hazm a’zolari tizimi; Nafas a’zolari tizimi; Ichki sekretsiya bezlari;
Siydik ajratish va jinsiy azolar tizimi; Asab tizimi ;
Sensor tizimi;


Ko`nikma
  • Gistologiya va gistologik tekshirish usullari fani haqida tushuncha, gistologiya fanining tibbiyotda tutgan o`rni, rivojlanish tarixi va fanning rivojlanishiga hissa qo`shgan olimlar;


  • mikroskopning yaratilishi va dastlabki mikroskopik tadqiqotlar;


  • hujayra nazariyasini yaratilishini va uning ahamiyati.


  • mikroskopni ishlatish;


  • laboratoriya idishlarini nomlash, yuvish, saqlash va yorliqlash;


  • laboratoriya hujjatlarini to`ldirish;


  • materialni olish, fiksatsiya qilish, yuvish va suvsizlantirish- zichlashtirish;


  • materialni quyish va kesmalar tayyorlash;


  • olingan kesmalarni bo`yash, suvsizlantirish, yoritish va yakunlash;


  • эozinning suvli эritmasini tayyorlash;




  • Эrlixning nordon gemotoksilinini tayyorlash;


  • gistokimyoviy, immunogistokimyoviy usullari;


  • mikrojarrohlik, mikros’emka, to`qimalarni ko`chirib o`tkazish va morfometrik usullari;


  • to`qima tuzilmalarini hayvon hayoti davrida bo`yash va to`qimalarni o`stirish usullari;


  • hujayraning tuzilishi, asosiy tarkibiy qismlari va ularning ahamiyati;


  • hujayraning umumiy va maxsus organoidlari va ularning vazifalari;


  • hujayra yadrosi va uning vazifasi;


  • turli hujayralarning yadrosini mikroskopda ko`rish;


  • mikroskopda hujayraning kiritma yoki maxsus tuzilmalarini topish;


  • hujayrasiz tuzilmalarni (til va gialin tog`ay preparatida) mikroskopda ko`rish;


  • hujayrani эlektron mikroskop ostidagi rasmini chizish;


  • to`qimalar haqida tushuncha;


  • to`qimalarning fiziologik va reparativ regeneratsiyasi;


  • эpiteliy to`qimasining taraqqiyoti, faoliyati va tavsifi;


  • charvi preparatida yassi эpiteliyni mikroskopda ko`rib rasmini chizish;


  • buyrak kanalchalari preparatida kubsimon va tsilindrsimon эpiteliyni mikroskopda ko`rib, rasmini chizish;


  • ingichka ichak preparatida hoshiyalik ichak эpiteliysini mikroskopda ko`rib, rasmini chizish;


  • mikroskopda kekirdak preparatida ko`p qatorli эpiteliy hujayralarini ko`rish va uning rasmini chizish;


  • teri preparatida эpidermis hujayralarini mikroskopda ko`rib, rasmini chizish.


  • qon tarkibi: plazma va qon shaklli эlementlari;


  • эritrotsitlarning tuzilishi va vazifasi;


  • эritrotsitlarning tuzilishini mikroskopda ko`rib o`rganish;


  • leykotsitlarning tuzilishi va vazifalari;


  • leykotsitlarni mikroskopda ko`rib farqlay olish;


  • trombotsitlarning tuzilishi va vazifalari;


  • trombotsitlarni tuzilishini mikroskopda ko`rib o`rganish;


  • biriktiruvchi to`qimaning taraqqiyoti, organizmda joylashishi, uning tavsifini;


  • biriktiruvchi to`qimaning hujayraaro moddalari va hujayralari;


  • turli biriktiruvchi to`qimalarning tuzilishi, organizmda joylashishi va faoliyati;


  • tog`ayva suyak to`qimalarining xillari va tuzilishi;


  • biriktiruvchi to`qima turlarini mikroskopda ko`rib farqlash;


  • suyak to`qimasini mikroskopda ko`rib rasmini chizish;


  • tog`ay to`qimasini mikroskopda ko`rib o`rganish;


  • pigment, yog`, retikulyar to`qimalarni mikroskopda ko`rish;


  • mushak to`qimasining tavsifi;


  • silliq mushak to`qimasining tuzilishi;


  • ko`ndalang-targ`il skelet mushak to`qimasining tuzilishi;


  • yurak mushak to`qimasining tuzilishi;


  • ko`ndalang-targ`il skelet mushak to`qimasini mikroskopda ko`rib




o`rganish;


  • silliq mushak to`qimasini mikroskopda ko`rib o`rganish;


  • mikroskopda yurak mushaklarini tuzilishini o`rganish;


  • asab to`qimasining morfofunktsional tavsifi;


  • asab hujayrasining tuzilishi va uning turlari;


  • asab hujayrasining shakli, dendrit va akson tuzilishini mikroskopda ko`rish;


  • neyrogliya va uning turlari;


  • neyrofibrillarni mikroskopda topishni;


  • asab tolalarining tuzilishi va turlari;


  • mielinli va mielinsiz asab tolalarining tuzilishini o`rganish;


  • sinapsning tuzilishi va uning turlari;


  • YUrak-tomirlar sistemasi, yurak devorining tuzilishi;


  • YUrakning morfofunktsional tavsifi.


  • Qon tomirlarning umumiy tuzilishi va gistologik hususiyatlari.


  • Aorta, arteriya, vena, qon- tomirlari devorining tuzilishi;


  • Vena tomirlari devorining gemodinamik sharoitlarga bog`liq holda tuzilishi.


  • Limfa kapillyarlari va limfa tomirlarining tuzilishi;


  • qon yaratuvchi a’zolarning taraqqiyoti, tuzilishi va faoliyati;


  • Qon yaratuvchi a’zolarning qon bilan ta’minlanishi;


  • Qon yaratuvchi a’zolarda qon shaklli эlementlarining hosil bo`lishi.


  • suyak ko`migini tuzilishini , taloq tuzilishini , suyak ko`migi va taloqda qon shaklli эlementlarining hosil bo`lishini mikroskopda o`rganish.


  • Terining tavsifi, taraqqiyoti, tuzilishi.


  • Эpidermis qavatlari, keratinlanish jarayoni to`g`risida tushuncha.


  • Bazal membrana, Derma.


  • Teri osti yog` kletchatkasi-gipoderma.


  • Terining bezlari: yog`, ter bezlarining tuzilishi gistofiziologiyasi.


  • Sochlarning tuzilishi va o`sishi.


  • Hazm yo`llari devorining tuzilishi;


  • Og`iz bo`shlig`i: lab, milk, lunj, tanglay, til va yutqinni mikroskopik tuzilishi;


  • so`lak bezlarini, me’da osti bezi va jigarni mikroskopik tuzilishini o`rganish;


  • Til, qizilo`ngach, qizilo`ngachning me’daga o`tish qismi, me’da tubi, me’daning pilorik qismi, o`n ikki barmoqli ichak, ingichka va yo`g`on ichak, me’da osti bezi, jigar preparatlarini mikroskopik tuzilishini o`rganish;


  • Nafas a’zolarining umumiy morfofunktsional tavsifi;


  • Burun bo`shlig`i, hiqildoq, kekirdak va bosh bronxlar, bronxlar, bronxiolalar devorining tuzilishi ;


  • SHilliq qavatning gistofunktsional xususiyatlari.


  • Atsinus-o`pkaning morfo-funktsional birligi. Atsinusning tuzilishi.


  • Alveola devorining tuzilishi.


  • Gormonlar va ularning organizmdagi ahamiyati;


  • Ichki sekretsiya bezlarining turlari, tuzilishi va gormonlari;


  • Ichki sekretsiya bezlarining gipotalamus orqali boshqarilishi;


  • Gipofiz , эpifiz , qalqonsimon bezning , qalqonsimon bez oldi ,




buyrak usti bezini mikroskopik tuzilishini o`rganish;


  • Siydik ajratish va jinsiy a’zolari tizimi asosiy faoliyati;


  • Buyrak, uning po`stloq va mag`iz moddasi;


  • Siydik naylari, qovuq va siydik chiqaruv yo`lining mikroskopik tuzilishi;


  • Urug`donning tuzilishi, uning generativ va эndokrin faoliyati. Urug`don ortig`i, urug` olib chiquvchi yo`l, urug` pufakchalari, prostata bezi, Kufer bezlarining tuzilishini ko`rgazmali qurollarda o`rganish;


  • Tuxumdon, bachadonning mikroskopik tuzilishi;


  • Hayz tsikli va uning fazalari, hamda hayz tsiklini ovarial tsikl bilan bog`liqligi;


  • Asab tizimiining morfofunktsional tavsifi. Periferik asab tizimi, tuzilishi, turli ta’surotlarga javobi;


  • Orqa miya va bosh miyaning tuzilishi;


  • Uzunchoq miya, Oraliq miya, miyacha: tuzilishi va faoliyati;


  • Vegetativ asab tizimi. Vegetativ asab tizimi tugunlarining tuzilishi. Bosh miya, miyacha, orqa miya, vegetativ asab tuguni preparatlarini mustaqil holda mikroskopda ko`rib, rasmini chizish;


  • Ko`rish a’zosini tuzilishi: ko`z olmasi va uning yordamchi tuzilmalari, ko`z olmasining fibroz pardasi; Uning oqsil va muguz pardalarining tuzilishi. Ko`z olmasi tomirli pardasining tuzilishi, faoliyati. To`r pardaning tuzilishi. SHishasimon tana va ko`z gavharining tuzilishi, faoliyati;


  • Эshituv a’zosi. Tashqi quloq: quloq suprasi, эshituv yo`li va nog`ora pardaning tuzilishi. O`rta quloq: nog`ora bo`shliq, эshituv suyakchalari va эshituv naychasining tuzilishi;


  • Ichki quloqning tuzilishi. Эshituv a’zosining gistofiziologiyasi. Hid bilish a’zosining tuzilishi. Ta’m bilish piyozchalarining ultramikroskopik tuzilishini turli ko`rgazmalarda o`rganish. Muguz parda, to`r parda, til va эshituv a’zosining preparatlarini mikroskopda ko`rib, rasmini chizish;







Yüklə 2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   286




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin