Dastur toʼplаmi o‘zbekiston respublikasi-fayllar.org
Sport o`yinlari (basketbol, voleybol, futbol, qo`l to`pi, badminton)
O`zbekistonda basketbol, voleybol, futbol, qo`l to`pi, badmintonning rivojlanish tarixi.
Basketbol:
Basketbolchining maydondagi harakatlari: yurish, yugurish, yo`nalishni o`zgartirib yurish va yugurish; maydonda joy tanlash, to`xtashlar va burilishlar, sakrashlar. To`pni bir yoki ikki qo`llab ilish. YUqorilab ketayotgan to`pni ilish. Pastlab ketayotgan to`pni ilish, maydondan sapchigan to`pni ilish. To`pni ikki qo`llab ko`krakdan uzatish elkadan bir qo`llab pastdan uzatish usullarini o`rgatish. To`pni erga urib olib yurish. To`pni bir qo`l bilan ketma-ket erga urib olib yurish texnikasini mustahkamlash. To`pni yo`nalish balandligini o`zgartirib erga urib olib yurishngi o`rgatish. Joyida turgan holda elkadan bir qo`llab to`pni savatga tashlashni mustahkamlash. Harakat jarayonida to`pni bir qo`llab savatga tashlashni o`rgatish. Jarima to`plarni tashlash. Zona bo`ylab turli himoya guruhlarini o`rgatish. Ikki tomonlama o`quv o`yini.
Voleybol:
Voleybol o`yinining jismoniy tayyorgarlikni takomillashtirishdagi ahamiyati. Voleybol o`yinining musobaqa qoidalari. Voleybol maydonida o`yinchilarning harakatlari: oldinga, orqaga uzatish. To`pni ikki qo`llab ko`p marta bosh ustida yuqoriga uzatib o`ynash. To`pni pastdan to`g`ri o`yinga kiritish va kiritilgan to`pni qabul qilib ikkinchi, uchinchi zonaga to`g`ri uzatib berish. To`pni yon tomondan o`yinga kiritish. To`pni ikki qo`llab pastdan qabul qilish. To`rdan qaytgan to`pni qabul qilish usulini o`rgatish. To`pni pastdan bir va ikki qo`llab uzatish. Hujum zarbi berish va to`siq qo`yish bilan tanishish. Ikki tomonlama o`quv- mashg`ulot o`yini. Taym-brek” usulida hisobni sanashni o`rgatish.
Qo`l to`pi:
Qo`l to`pi bilan shug`ullanuvchilar uchun xavfsizlik qoidalari. Qo`l to`pi o`yinchisining harakatlari: yurish, yo`nalishni o`zgartirib yugurish, maydonda joyni tanlash, sakrash.
To`pni ikki qo`llab ko`krakda ilish, har xil balandlikda uchib o`tayotgan to`plarni ilish. To`pni elka balandligida tirsakni bukib uzatish. To`pni yondan, pastdan uzatish. To`pni erga urib olib yurish, juft bo`lib harakat jarayonida to`pni
uzatib olib yurish. To`pni tayanch holatda
Futbol (minifutbol):
Musobaqa qoidalari. O`quvchilarda jismoniy sifatlarni rivojlantirishda futbolning ahamiyati. Futbolchining maydon bo`ylab harakatlari.
YUrish yo`nalishini o`zgartirib yurish va yugurish, maydonda joyni tanlash. Dumalab kelayotgan va tushib kelayotgan to`plarni oyoqning panja qismining ichki va tashqi tomonlari bilan to`xtatishni o`rgatish. To`pni oyoqni panja qismining ichki va tashqi tomonlari bilan tepib olib yurish. Dumalab kelayotgan to`pni oyoqning panja qismining ichki, tashqi va yuqori tomonlari bilan tepishini o`rgatish.
Dumalab kelayotgan to`pni darvozabon tomonidan ilib olish. Har xil balandlikda uchib kelayotgan to`plarni musht bilan urib yuborish. To`pni yon tomonidan ikki qo`llab bosh ustidan o`yinga kiritish. To`pni uzatish, chalg`itish usullarini o`rgatish. Guruhli taktik o`yin bilan tanishtirish. O`quv mashg`ulot o`yini.
Badminton:
Badminton o`yinida havfsizlik qoidalari, o`tkazish joyi va jihozlarga qo`yilgan gigienik talablar. Badminton o`yini orqali jismoniy sifatlarni tarbiyalash. Badminton o`yini qoidasi va atamalari. Badmintonchining maydondagi turish holati va harakatlari, raketka bilan ishlash va raketka, bilan ishlash usullari. Badminton o`yinida ko`nikma va malakalarni shakllantirish, maydonda turish holati, harakatlanish usullari, yurush, yugurish, sakrash, zarba berish.
Badmintonchining raketka va volan bilan ishlash usullari. Badminton o`yinada qo`llaniladigan atama va tushunchalarni hamda badminton o`yin qoidasini o`rganish. Badminton o`yinida maxsus mashqlarni o`rgatish. YAkka va juftlik o`yinlarida volanni o`yinga kiritish va uzatish
usullari.