kurashda xavfsizlik texnikasiga rioya qila oladi; -
mashg`ulotlar vaqtida shikastlanganda birinchi tibbiy yordam -
-
ko`nikmalarini egallaydilar. -
O`quv rejasnga muvofik o`zaro bog`liq bo`lgan fanlarning nomi
|
Anatomiya, Fiziologiya, Patologiya, Tibbiyot psixologiyasi, Valeologiya, Umumiy gigiena va ekologiya, Hamshiralik ishi, Sport tibbiyoti, Kasb kasalliklari
|
O`qitishning tashkiliy shakli
|
A – amaliy ta’lim;
MX – maxsus xonalarda mashg`ulot.
|
Dasturga qo`yilgan
talab
|
Majburiy
|
O`qitish tili
|
Guruhga tayinlangan dars tili asosida
|
Baxolash tartibi
|
Joriy baholash tartibiga asoslanib
|
O`quvchilarning bilim va ko`nikmalarini baholash
|
YOzma, og`zaki, savol-javob, munozara, test, amaliy topshiriq
| -
O`quv dasturi mazmuni -
№
|
Mavzuning nomi
|
Mavzuning qisqacha mazmuni
|
Jami
|
O`qitishni tashkiliy shakli
|
Mustakil ta’lim
|
1
|
Gimnastika
|
O`zbekistonda gimnastikaning rivojlanish tarixi. Gimnastika mashqlarini tana rivojlanishdagi o`rni. Gimnastik mashqlarni amalga oshirishda jarohatlanish va jarohatlanishning oldini olish chora tadbirlari. Saflanish va qayta saflanish mashqlari. Bir, ikki, uch, to`rt qatorga saflanishni takrorlash. Safda va alohida-alohida yurish jarayonida “CHap-Ga”, “O`ng-Ga”, Orqa- Ga” buyruqlarga binoan burilish harbiy xizmat Nizomida qo`llaniladigan mashqlarini bajarishni takomillashtirish. Umumiy rivojlantiruvchi mashqlar. Gantellar, to`ldirma to`p, gimnastik tayoqchalar juft- juft bo`lib mashq bajarish; bir- biriga qarama-qarshi turib, bir-biriga orqa turib har xil harakat mashqlarini bajarish, juft holda har tomonga yurish va yugurish, bir oyoqda “ to`pponcha” usulida o`tirib turish. Osilish va tayanishlar. Yigitlar: baland turnikda qo`llarga osilib oldinga va orqasiga siltanishlar, kuch bilan tortilib, to`ntarilib qo`llarga tayanib turish.
Oldinga siltanib chiqib o`ng (chap) oyoqni oldinga o`tkazish. Orqaga to`ntarilib siltanishlar bilan orqaga tushish. Qizlar: baland-past bruslarda qo`llar bilan xodada osilgan holatda siltanish, osilib o`tirish, ko`tarilib baland xodada tik osilish, qo`l ustidan oshirib chalkashtirib ushlab, chap tomonga 90 gradus burilish va chap oyoq soniga o`tirish, o`ng qo`l yonida chap qo`l bilan orqadan (xodani) past tomonidan ushlab o`ngga burilib orqada aylanib sakrab tushish.
Tirmashib chiqish: Yigitlar ikki, qizlar uch urinishda arqonga tirmashib chiqish. Akrobatika: Yigitlar chalqancha yotgan holatda g`ujanak bo`lib o`tirishga o`tish. Oldinga va orqaga g`ujanak bo`lib umboloq oshish. SHerigi yordamida qo`lda tik turib va shu holatda sherigi yordamida oldinga umboloq osishni takrorlash, boshda va qo`llarda uchburchak hosil qilib tik turish. Oldinga va orqaga umboloq osishlarni
murakkablashtirilgan usullarda bajarish. Qizlar: “Ko`prik” hosil qilish, ko`prik holatida burilib
|
4
|
A
|
2
| -
|
|
bir tizzaga tayanib turib qolish, oldinga va orqaga umboloq oshish. Orqaga umboloq oshib oyoqlarni yarim holatidan turish. Tayanib sakrash. Yigitlar balanddan 115 sm bo`lgan eni bilan qo`yilgan “Eshak” va balandligi 115 sm uzunasiga qo`yilgan “Ot” ustidan oyoqlarni kerib sakrab o`tish. Qizlar: balandligi 110 sm bo`lgan eni bilan qo`yilgan “Ot” ustidan yugurib kelib, tayanib yon tomon bilan sakrash. O`zlashtirish mezonlari. Osilish va tayanish: Yigitlar: baland turnikda kuch bilan tortilib, to`ntarilib qo`llarga tayanishni bilish. Qizlar: Past-baland brusslarda mashqlar majmuasini to`liq bajara olishga erishish. YAkka cho`p ustida muvozanat saqlash. Qizlar: YAkka cho`p ustida muvozanat saqlab yurishlar, bir oyoqda o`tirgan holda 180 gradus burilishlarni bajarish. Sakrab burilish, o`tirib qo`lllarda tayanib oyoqlarni kerib o`tirish va tik turish. Qo`llarda tayanib oyoqlarni orqaga siltab sakrab tushish. O`zlashtirish mezonlari Akrobatika: Yigitlar: SHerigi yordamida qo`llarda tik turib va shu holatdan sherigi yordamida oldinga umboloq osha bilish. Qizlar: YOtgan holda mustaqil “ko`prik” yasash.
Tayanib sakrash: Yigitlar uzunasiga qo`yilgan “ot” da, qizlar “eshak”dan oyoqlarni kerib sakray
olish. Tirmashib chiqish: Yigitlar ikki, qizlar uch urinishda arqonga tirmashib chiqa olish.
|
|
|
|
2
|
| | -
Dostları ilə paylaş: |