O`zbekiston respublikasi sog`liqni saqlash vazirligi o‘rta maxsus professional ta‘limning



Yüklə 2 Mb.
səhifə61/286
tarix16.12.2023
ölçüsü2 Mb.
#182976
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   286
Dastur toʼplаmi o‘zbekiston respublikasi-fayllar.org

Internet saytlari


http://www.ziyonet.uz/ http://www.lex.uz/ http://www.google.com/ http://www.dtm.uz/ Pharmi. Uz
O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O`RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI


O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI SOG`LIQNI SAQLASH VAZIRLIGI
O`RTA MAXSUS PROFESSIONAL TA’LIMNING

        1. - FELDSHER - AKUSHERLIK ISHI kasbi bo`yicha



TIBBIY BIOFIZIKA NAMUNAVIY O`QUV DASTURI


Kvalifikatsiya raqami va nomi:

5.71.01.01. Umumiy amaliyot feldsher –


akusheri.


O`quv rejadagi tartib raqami:

2.09.



Ajratilgan auditoriya soat:

72




Toshkent 2021yil

Tuzuvchilar:

Muxamedova D. SH.


CHilonzor Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat texnikumi


katta o`qituvchisi

Axmedova F. E.


CHilonzor Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat texnikumi


katta o`qituvchisi

Taqrizchilar:

SHaripova F. A.


Toshkent Davlat stomatologiya instituti “Fiziologiya va patologiya” kafedrasi o`qituvchisi, t.f.n., dotsent


To`xtaeva X. M.




CHilonzor Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat texnikumi katta o`qituvchisi





          1. O`quv dasturga qo`yiladigan talablar


O`quv dasturning nomi


Tibbiy biofizika


Ajiratilgan soat


72


Mavzular soni


9


Dastur maqsadi
  • Organizm a’zo va to`qimalarining faoliyati asosida yotuvchi umumiy fizikaviy va biofizikaviy qonuniyatlarni o`rganish;


  • Organizm to`qimalari va suyuqliklarining mexanik, bioelektrik va optik xossa va xususiyatlarini o`rganish;


  • Tashqi muhitning fizikaviy davolovchi va salbiy ta’sirlarining asosiy biofizikaviy mexanizmlarini to`g`risida tasavvurlarga ega bo`lish;


  • Inson organizmida sodir bo`ladigan mikrojarayonlar va molekulyar jarayonlarning fizikasini tushunish;




O`zlashtirish natijalari
  • Organizm a’zo va to`qimalarining faoliyati asosida yotuvchi umumiy fizikaviy va biofizikaviy qonuniyatlarni, organizm to`qimalari va suyuqliklarining mexanik, bioelektrik va optik xossa va xususiyatlarini, tashqi muhitning fizikaviy davolovchi va salbiy ta’sirlarining asosiy biofizikaviy mexanizmlarini bilib oladilar;


  • Fizikaviy konuniyatlarni tirik organizmdagi jarayonlarga tadbik etish ko`nikmalariga ega bo`ladilar;


  • Tibbiy biologik ma’lumotlarni fizik-texnikaviy asboblar


yordamida olish, kayd etish va taxlil etish malakalariga ega bo`ladilar;




Bilim
  • Biofizika faniga kirish. Faning vazifalari, tibbiy biofizikada ishlatiladigan asbob-uskunalar. Metrologiya (o`lchash) va xatoliklar nazariyasi;


  • Biomexanika, bioreologiya va gemodinamika asoslari ;


  • Bioakustika asoslari;


  • Bioelektrodinamika va elektrokardiografiya asoslari;


  • Optika asoslari va ko`zning optik sistemasi;


  • Tirik organizm to`qima va hujayralariga fizik omillarning ta’siri;


  • Hujayra biofizikasi va biomembranologiya asoslari;


  • Termodinamik sistemalar va biokimyoviy jarayonlar kinetikasi ;


  • Zamonaviy biofizika tekshirish usullari umumiy tushunchalari;




Ko`nikma
  • Biofizika fanining tarixi;


  • biofizika fanining tibbiyotdagi ahamiyati;


  • Biofizika fanining boshqa fanlar bilan bog`liqligi;


  • o`lchashlar va asosiy o`lchov birliklarini SI sistemasida ifodalashi;


  • antropometrik o`lchashlar va ularning asosiy birliklari;


  • tajriba o`tkazish usuliga bog`liq bo`lgan xatoliklar;


  • qurilma va apparaturaga bog`liq bo`lgan xatoliklar;


  • tajriba o`tkazuvchining shaxsiy xatosi;


  • odamning antropometrik ko`rsatkichlarini o`lchash;


  • SI sistemasi asosida normal (fiziologik) va patologik ko`rsatkichlarni aniqlash;


  • o`rta arifmetik qiymatni hisoblash;


  • absolyut va nisbiy xatoliklar;




  • har xil o`lchov asboblarida o`lchashlar o`tkazish;


  • qattiq jismlarning mexanik xossalari;


  • biologik to`qimalarning mexanik xossalari;


  • suyuqlikning mexanik xossalari;


  • yurak biomexanikasi elementlari.


  • sfigmotonometr va fonendoskop yordamida qon bosimini o`lchash;


  • sirt taranglik koeffitsientini tomchi uzilish usuli bilan aniqlash;


  • gormonik tebranma harakat va uning siljish, davr, chastota, to`lqin uzunliklarining kattaliklari birliklari;


  • tovush turlari va akustik rezonansning hosil bo`lishi;


  • tovush kuchi, balandligi, tembrini nimalarga bog`liqligi, xar xil muhitda tarqalish tezligi;


  • • tovushning berilgan temperaturadagi va 0°S dagi tezligini aniqlash formulasini;


  • tovushning tarqalishi va chastotasi, lokatsiyasi;


  • ultratovush va uning xususiyatlari;


  • aks-sado nimaligi;


  • akustik rezonansning qaysi xususiyatidan foydalanishi;


  • ul’tratovush qurilmalari bilan ishlash printsiplari;


  • tovushning to`lqin uzunligini aniqlash;


  • berilgan haroratda tovush tezligini aniqlash;


  • tibbiyotda tovush eshitish usullaridan tashxis qo`yishda qo`llanilishi va tovush bilan davolash;


  • ultratovush qurilmasini ishchi xolatga keltirish;


  • eshitish o`tkirligini aniqlash;


  • hujayra membranasida biopotentsiallarning hosil bulishi;


  • elektrokardiogramma(EKG) haqida tushuncha;


  • EKG ni ishlatish maqsadlari va qayd qilish texnikasi;


  • elektrokardiograf apparatlarida ishlash;


  • elektrokardiogrammani yozib olish va undagi o`zgarishlarning tavsif qilish;


  • elektrodlarni to`g`ri ulash.


  • yorug`likning tabiati va xossalari;


  • linzalar va linzalarda tasvirlarning hosil bo`lishi;


  • optik asboblar va ularning kattalashtirish darajasini hisoblash;


  • mikroskopning optik sistemalari va mikroskopning kattalashtirish darajasini hisoblash;


  • infraqizil va ultrabinafsha nurlarning tabiati;


  • ko`zning optik tizimi, uzoqdan va yaqindan ko`rishning sabablari;


  • ko`zning to`r pardasida ketadigan fotobiologik jarayonlar;


  • lazer nurlarining tabiati va uning tibbiyotda qo`llanilishi.


  • ko`zning ko`rish o`tkirligini aniqlash;


  • ko`zning ko`rish maydonini aniqlash;


  • organizmning hayot faoliyatida fermentlarning ahamiyati;


  • fermentlar ishtirokida boradigan reaktsiyalarning mohiyati;


  • fermentativ reaktsiyalar tezligiga har xil omillarning ta’siri;


  • ovqat hazm bo`lish jarayonlarida me’da va ichak shirasi tarkibidagi fermentlarning ishtirok etish jarayonlari;


  • so`lak tarkibidagi amilaza fermentini kraxmalning gidrolizlanishiga ta’siri;




  • fermentlar aktivligiga haroratning ta’siri;


  • biologik membranalarning ultrastrukturalari va funktsiyasi, ularni tekshirish usullari;


  • moddalarning hujayra membranalari orqali passiv va aktiv transport qilinish mexanizmlari;


  • • diffuziya, osmos, filtratsiya hodisalarining mohiyati va mexanizmi;


  • eritrotsitlarning gemolizlanishining sabablari va ularning mohiyati;


  • biomembranalarga va hujayralarga har xil moddalar eritmalarining ta’sirlari;


  • o`simliklarning hujayralarida ketadigan plazmoliz va deplazmoliz xodisalarini mikroskopda kuzatish;


  • eritrotsitlarga gipertonik va gipotonik eritmalar ta’sir ettirib, ulardagi o`zgarishlarni mikroskopda kuzatish va o`rganish;


  • termodinamika qonunlari;


  • issiklik balansi;


  • issiqlik almashinuvi turlari;


  • termometriya hakidagi tushuncha;


  • rentgen nurlari va ularning xossalari;


  • radioaktivlik haqidagi tushuncha, undan tibbiyotda foydalanish;


  • doza va uning birliklari;


  • termometr yordamida tana haroratini o`lchash;


  • rentgen apparatlarini ishchi xolatiga keltirish;


  • rentgenografiya o`tkazish;


  • kompyuter tomografiyaga nazariy tushuncha va printsip ishlashi;


  • rentgen kompyuter tomografiya (RKM) tushunchasi;


  • magnit rezonans tomografiya (MRT) tushunchasi;


  • rentgen kompyuter tomografiya (RKM) o`kazish texnikasi;


  • Magnit rezonans tomografiya (MRT) o`kazish texnikasi;







Yüklə 2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   286




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin