O’zbekiston respublikasi sog’liqni saqlash vazirligi tibbiy ta’limni rivojlantirish markazi toshkent tibbiyot akademiyasi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə28/114
tarix14.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#178569
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   114
Gerontоlogiyada hamshiralik ishi (I.Razikova, D.Aliqulova)

Buyrak tosh kasalligi
35-60 yoshlarda kam uchraydi. Toshlar qosil bo’lishi 
buyraklarda moddalar almashuvining buzilishidir. Buyrakdagi toshlar ko’pincha 
rentgenologik tekshirishda tasodifan topilishi mumkin. 
Kasallik belgilari quyidagilardan iborat: 
- bel soqasida simillab turadigan yoki qattiq oqriqlar; 
- sanchiq paytida mikro va makrogematuriya bulishi; 
- siydik bilan tuzlarning yoki toshlarning chiqishi va oqriqning to’xtab qolishi. 
Intestinal simptomlar - ko’ngil aynishi, qayt qilish, meteorizm. Juda ko’p xollarda quyidagi 
simptomlar uchraydi: 
1. qaltirash va tana qaroratining oshishi. 
2. Siydik chiqishining kamayishi, qatto anuriyaga yetishi. 
3. Arterial bosimning oshishi. 
Buyrak sanchiqida to’satdan belda qattiq oqriqlar paydo bo’lib, chov soqasiga, 
qoringa, tashqi jinsiy organlarga o’tib turadi. Bemorlar qattiq bezovtalanadilar, sanchiq bir 
necha minut, soat yoki kun mobaynida tutib turishi mumkin. 


37 
Keksalarda oqriqlar juda kuchli bo’lmaydi, ko’pincha yurak xastaligini eslatadi. 
Kasallikni aniqlashda rentgenologik tekshirish kifoya. 
Buyrak tosh kasalligining oldini olishda to’qri ovqatlanish, qarakat rejimi, siydik 
yo’llari infeksiyasining oldini olish tayinlanadi. Buyrak sanchiqi maqalida bemor 39 -
40C°li issiq vannaga tushiriladi. Oqriqqa qarshi narkotik analgetiklar, 1 ml. atropin 
eritmasi, 2 ml. papaverin yuboriladi. 
Oqriqni qoldirish maqsadida quyidagi litik aralashma yuborish mumkin: platifilin, 
promedol, dimedrol yoki papaverin, promedol, dimedrol, aminazin. 
Mayda tosh va qumlarni yuvish uchun rovatineks, sistenal, avisan, kellin ishlatiladi. 
Bemorlarga mineral suvlar, sanatoriyalarda davolanish tavsiya etiladi. 
Senil sistiti
- keksalarda yoshlarga qaraganda kuproq uchraydi. Kasallik prostata 
bezining adenomasi, buyrak toshlari oqibatida jinsiy organlar gigienasiga rioya 
qilinmaganda paydo bo’ladi. Ayollarda senil sistitlari jinsiy organlar involyusiyasi, qinning 
tushib qolishi kabi kasalliklarda rivojlanadi. Kasallik davrida teztez oqriq bilan siyish, 
achishish, siydik tuta olmaslik kuzatiladi. Siydik loyqa, cho’kmasida eritrositlar, leykositlar 
topiladi. Sistoskopiyada qovuq shilliq pardasida giperemiya va yiringli o’choqlar 
aniqlanadi. Kasallikni davolashda antibiotiklar, furogin, 5NOK, negram, biseptol, urotropin 
buyuriladi. Analgin, papaverin, belladonnali rektal shamchalari qo’yiladi. 
Maqalliy davolash maqsadida protorgol, kollargol eritmalari bilan qovuq yuviladi, 
bunda yiring va shilimshiqlar chiqarib yuboriladi. 
Sistitning oldini olish uchun qovuq kateterizasiya qilinganda aseptika va antiseptika 
qoidalariga, shaxsiy gigiena qoidalariga amal qilmoq kerak. 
Prostata bezining adenomasi erkaklarda eng ko’p uchraydigan kasallik bo’lib, 
keksalarning 82% ida bu kasallik topilishi mumkin. Kasallik sababini endokrin nazariya 
bilan tushuntirish mumkin, chunki erkaklar klimaksida jinsiy faoliyat so’nib boradi, 
tuxumlar faoliyati izdan chiqadi. 
Prostata bezida o’sayotgan adenomatoz tugunlar uni ezib qo’yadi. Adenomaning 
oqirligi 25 grammdan 250 grammgacha yetishi mumkin. Qovuqqa nisbatan adenoma: 
qovuq ichida, qovuq ustida (rektal) va diffuz joylashishi mumkin. Kasallik klinikasining 
birinchi bosqichida siyish ko’proq kechqurun tezlzshadi va qiyinlashadi, siydik oqimi 
pasayadi. BemoR ertalab kuchanib siyadi. Bemorning umumiy aqvodi 2-3 yilgacha yaxshi 
bo’ladi. Bemor qattiq sovqotganda, kup upirganda, spirtli ichimliklar ichganda o’tkir siydik 
tutilishi mumkin. Kasallikning ikkinchi bosqichida siyish ancha qiyinlashadi, bemor 
siyishyni quchanib boshlaydi, bir necha minuttacha siyish davom etadi. Siydik oqimi 
pasayib, qatto tomchilab chiqadi. Bemorga siyishdan engillik bo’lmaydi, 50 va undan 
ko’proq qolqiq siydik paydo bo’ladi. Bu bosqvdda sistit, o’tkir siydik tutilishi paydo 
bo’lishi mumkin. 
Kasallikning uchinchi bosqichida siyish har 10-15 minutda, bemor avvaliga Kechasi, 
keyin kunduzi ham siydik tuta olmay qoladi. Siydik pufagida siydik to’planib, keshayadi va 
paradoksal ishuriya, ya'ni siydik oqib ketishi kuzatiladi. Bemorning aqvoli og’irlashadi, 
rangi oqarib, og’zi quriydi, ko’p chanqaydi, surunkali buyrak yetgshshovchiligi avj oladi. 
Keksa bemorlarni dispanser nazoratidan o’tkazish va kasallikni erta aniqdash kerak. 
Adenoma diagnostikasi uchun analiz, siyshi jarayoni, bezni barmoq bilan rektal tekshirish, 
stistografiya, renografiya, ultratovush bilan skanirlash yordam beradi. 
Asosiy davolash usuli bu adenomektomiya, ya'ni jarroqlik yo’li bilan adenomani olib 
tashlanadi.


38 
Dekompensasiyalangas yuldosh kasalliklarda operasiya qilish mumkin emas. Bemorni 
operasiyadan oldin tayyorlash muhim aqamiyatga ega. Operatsiya o’tkazish muqimligini 
bemorga va uning qarindoshlariga tushuntiriladi. Arterial gipertoniyada gemiton, klofellin, 
dopegit, veroshshfon, triamggur tayinlanadi. 
Yurak tomir yetishmovilshida yurak glikozidlari, kokarboksilaza, panangin beriladi. Nafas 
yo'li kasalliklarida bronxolitiklar, balg'am ko'chiruvchi dorilar buyuriladi. Qandli diabeti 
bor bemorlarga insulin tayinlanadi. Kasallik profilaktikasida spirtli ichimliklar ichish, o'tkir 
taomlar iste'mol qilish taqiqlanadi, qabziyatning oldini olish maslahat beriladi.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   114




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin