[
OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy sug‘urta to‘g‘risidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.07.00.00 Nafaqalar. Kompensatsiya to‘lovlari / 06.07.01.00 Nafaqalar / 06.07.01.03 16 yoshgacha bo‘lgan nogiron bolalarga nafaqalar. Bolalikdan 1 va 2
guruh nogironlariga nafaqa;
2.06.00.00.00 Ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy sug‘urta to‘g‘risidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.07.00.00 Nafaqalar. Kompensatsiya to‘lovlari / 06.07.01.00 Nafaqalar / 06.07.01.11 Nafaqalarni tayinlash, qayta hisoblash va to‘lash. Boshqa masalalar]
[
TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Ijtimoiy sug‘urta, ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy himoya]
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI SOG‘LIQNI SAQLASh VAZIRLIGI
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MEHNAT VA AHOLINI IJTIMOIY MUHOFAZA QILISh VAZIRLIGINING
qarori
16 YoShGAChA BO‘LGAN BOLALARGA NOGIRONLIKNI TAYINLASh TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2007-yil 27-iyunda 1695-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi]
LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining 2009-yil 13-avgustdagi 14, 51-QQ-sonli “16 yoshgacha bo‘lgan bolalarni nogiron deb topish haqida tibbiy xulosa berish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga (ro‘yxat raqami 2005, 15.09.2009-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ijtimoiy himoya yili” Davlat dasturi to‘g‘risida” 2007-yil 23-yanvardagi PQ-573-son qaroriga muvofiq qaror qilamiz:
1. 16 yoshgacha bo‘lgan bolalarga nogironlikni tayinlash tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Ushbu qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganidan keyin o‘n kundan so‘ng kuchga kiradi.
3. Ushbu qaror kuchga kirgan kundan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirining 1993-yil 31-dekabrdagi 678-son buyrug‘i o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
4. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirining o‘rinbosari A.Kamilov hamda Mehnat va aholini ijtimoiy himoya qilish vaziri o‘rinbosari K.Kamilov zimmasiga yuklatilsin.
Sog‘liqni saqlash vaziri F.
NAZIROV
Toshkent sh.,
2007-yil 12-iyun,
6-son
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri v.b A. HAITOV
Toshkent sh.,
2007-yil 12-iyun,
29/1-son
Sog‘liqni saqlash vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining
2007-yil 12-iyundagi 6, 29/1-son qarori bilan
TASDIQLANGAN
16 yoshgacha bo‘lgan bolalarga nogironlikni tayinlash tartibi to‘g‘risidagi
NIZOM
Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ijtimoiy himoya yili” Davlat dasturi to‘g‘risida” 2007-yil 23-yanvardagi PQ-573-son qaroriga muvofiq 16 yoshgacha bo‘lgan bolalarga (keyingi o‘rinlarda matnda bolalar deb yuritiladi) nogironlikni tayinlash tartibini belgilaydi.
I. Umumiy qoidalar
1. Jismoniy yoki aqliy nuqsonlari borligi tufayli turmush faoliyati cheklanganligi munosabati bilan ijtimoiy yordam va himoyaga muhtoj bo‘lgan bolalar nogiron deb hisoblanadi.
Bolalarning turmush faoliyati cheklanganligi ularning o‘z-o‘ziga xizmat qilish, yurish, yo‘lni
topa olish, muloqot qilish, o‘z xatti-harakatini nazorat qilish, shuningdek ta’lim olish va mehnat faoliyati bilan shug‘ullanish qobiliyati yoki imkoniyatini to‘la yoxud qisman yo‘qotganligida ifodalanadi.
2. Bolalarni nogiron deb topish ularning qonuniy vakillari —
ota-onalari, farzandlikka oluvchilari yoki vasiylari (homiylari)ning doimiy yashash joyidagi tuman (shahar) davolash-profilaktika muassasalarida faoliyat ko‘rsatayotgan vrachlik maslahat komissiyasi (keyingi o‘rinlarda matnda VMK deb yuritiladi) tomonidan mazkur Nizomda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
3. VMKga tuman (shahar) davolash-profilaktika muassasasi bosh shifokori raislik qiladi.
VMK tarkibi bosh shifokor o‘rinbosari, bo‘lim boshlig‘i va davolovchi shifokorlar (pediatr,
terapevt, psixiatr, ftiziatr va boshqa mutaxassislar)dan iborat tarkibda tuman (shahar) davolash-profilaktika muassasasi bosh shifokori tomonidan tasdiqlanadi.
4. VMK tomonidan beriladigan bolalarni nogiron deb topish to‘g‘risida tibbiy xulosa (keyingi o‘rinlarda matnda tibbiy xulosa) nogiron bolalarga ijtimoiy nafaqa tayinlashga asos bo‘lib hisoblanadi.
II. Bolalarni nogiron deb topish tartibi
5. Bolalarni tibbiy tekshiruvlardan o‘tkazish jarayonida shifokorlar (pediatr, terapevt, psixiatr, ftiziatr va boshqalar) tomonidan ularda ushbu Nizomning 1-ilovasida berilgan “Tibbiy ko‘rsatmalar ro‘yxati”da ko‘rsatilgan kasalliklar va nogironlik belgilarini aniqlagan holatlarda, bolalarning tibbiy hujjatlari (kasallik tarixidan ko‘chirma, zaruriyat bo‘lgan hollarda rentgen UZI, EEG, kompyuter tomografiyasi, laboratoriya-bioximik sinamalari o‘tkazilgan tekshiruvlar) ularning qonuniy vakillari — ota-onalari yoki vasiylarining (homiylarining) doimiy yashash joyidagi VMKga taqdim etiladi.
6. Bolalar VMK tomonidan beriladigan tibbiy xulosa asosida nogiron deb topiladi.
7. VMK tibbiy xulosani berishda quyidagilarni e’tiborga oladi:
bolalarning tibbiy hujjatlaridagi ma’lumotlar (kasallik tarixidan ko‘chirma, ayrim hollarda rentgen UZI, EEG, kompyuter tomografiyasi, laboratoriya-bioximik sinamalari o‘tkazilgan tekshiruvlar);
nogironlikka sabab bo‘lgan holatlar (tug‘ma, nasldan-naslga o‘tadigan kasalliklar yoki jarohat
va surunkali kasalliklar, orttirilgan patologik holatlar natijasida yuzaga kelgan nogironlik);
nogironlikning hajmi va tarkibi;
kasallikning xususiyati, bolalarning yoshi, uning a’zolari funksiyasining buzilish darajasi, kompensator mexanizmlar holati, kasalliklarning kechishi, ijtimoiy
moslashuv imkoniyatlari;
bolalarning tibbiy, shaxsiy-psixologik, ijtimoiy-pedagogik omillar komplekslarini qamrab olgan yakka tartibdagi reabilitatsiya dasturi tarzida belgilanadigan ijtimoiy himoya muhtojligi va boshqalar.
8. Tibbiy xulosa bolalarni belgilangan tartibda ambulatoriya va shifoxonalar sharoitida to‘liq tekshiruvlardan o‘tkazilgandan so‘ng VMK qaroriga muvofiq beriladi.
9. VMK tibbiy xulosani berishda ushbu Nizomning 1-ilovasida berilgan “Tibbiy ko‘rsatmalar ro‘yxati”ga asoslanadi.
10. Kasalliklar va ularning patologik holatlariga muvofiq tibbiy xulosalar 1 yil muddatga, 2 yil muddatga va undan ko‘p bo‘lgan muddatga beriladi.
11. “Tibbiy ko‘rsatmalar ro‘yxati”ning I-bo‘limida ko‘rsatilgan holatlar, ya’ni kasalliklar jarohat yoki amalga oshirilgan tibbiy amaliyotlar natijasida bolalarning a’zosi va a’zolar tizimlarining funksiyasi buzilishi sababli, garchi davolash natijasida ko‘rsatilgan holatlar tiklanishi mumkin bo‘lsada, bolalarning yashash faoliyatini cheklanishiga va ijtimoiy hayotga moslasha olmaslikka olib kelgan holatlarda tibbiy xulosalar 1 yil muddatga beriladi. Bunda tibbiy xulosa berish bolalarning shifoxonalarda (shu jumladan ixtisoslashtirilgan shifoxonalarda) hamda ambulatoriya-poliklinika sharoitida 6 oy davomida davom etgan patologik o‘zgarishlarni inobatga olgan holda VMK tomonidan amalga oshiriladi.
12. “Tibbiy ko‘rsatmalar ro‘yxati”ning II-bo‘limida ko‘rsatilgan holatlar, ya’ni bolalar organizmi funksiyalarining kuchli ravishda buzilgan, ularning o‘zgalar yordamiga muhtojligi sezilgan va o‘z-o‘ziga
xizmat qilish chegaralangan, lekin bolalarda tuzalish ehtimoli bo‘lgan holatlarda tibbiy xulosa 2 yil muddatga beriladi. Bunda tibbiy xulosalar VMK tomonidan har 2 yilda qayta rasmiylashtiriladi. Tibbiy xulosalarni qayta rasmiylashtirishda bolalarning fiziologik, anatomik, a’zo va uning tizimlarining kompensator holatlari, ularning tez o‘suvchanligi va tiklanishi hisobga olinadi.
13. “Tibbiy ko‘rsatmalar ro‘yxati”ning III-bo‘limida ko‘rsatilgan holatlar, ya’ni o‘z-o‘ziga xizmat qilishning to‘liq yo‘qolishiga olib keluvchi organizm faoliyatining keskin, turg‘un va orqaga qaytmas buzilishi natijasida bolalarning yashash faoliyatining kuchli darajada chegaralanishiga va ijtimoiy hayotga moslasha olmaslikka olib boradigan a’zo va uning tizimlarining patologik holatlarida tibbiy xulosa bolalarning 16 yoshga to‘lgungacha bo‘lgan muddatga beriladi. Bunda bolalarning ahvolini dinamik kuzatish, ularni reabilitatsiya texnik vositalari bilan ta’minlash va hayotga moslashuvchanligini belgilash maqsadida tibbiy xulosa dastlab 2 yil muddatga beriladi. Mazkur muddat tugagach VMK tomonidan tibbiy xulosa bolalarning 16 yoshga to‘lgungacha bo‘lgan muddatga beriladi.
14. Nogiron bolalarga tibbiy xulosa berilishi bilan birga VMK tomonidan nogiron bolalarning ota-onalariga farzandlariga tibbiy-ijtimoiy yordam ko‘rsatishlari
lozimligi, shu bilan birga, bolalarga protez-ortopediya mahsulotlari hamda reabilitatsiya texnik vositalari ajratilishi zarurligi tushuntiriladi.
15. VMK kasallik tavsifiga ko‘ra har bir nogiron bolaga yakka tartibdagi reabilitatsiya dasturini tuzadi va uning ijrosini ta’minlaydi.
III. Bolalarni nogiron deb topish to‘g‘risida tibbiy xulosani rasmiylashtirish tartibi
16. Tibbiy xulosaga bolaning kasallik tarixidan olingan ma’lumotlar hamda uning tug‘ilganligi to‘g‘risidagi guvohnomasi, ota-onasi yoki vasiysining (homiysining) pasportidagi ma’lumotlar, shuningdek, hududiy davolash-profilaktika muassasasining bosh shifokori hamda VMK a’zolarining ismi, familiyasi va lavozimi to‘g‘risidagi ma’lumotlar kiritiladi.
17. Tibbiy xulosa 1 yoki 2 yillik muddatga berilgan holatlarda tibbiy xulosada 16-bandda ko‘rsatilgan ma’lumotlardan tashqari, shuningdek bolaning navbatdagi tibbiy ko‘rikdan o‘tish sanasi ham ko‘rsatiladi.
Bolani qayta ko‘rikdan o‘tkazish muddatlari kasallikning og‘irlik darajasi,
uning kechishi, funksional yetishmovchilikning turg‘unligi, o‘z-o‘ziga xizmat qila olish holati, harakatlanish, chamalash, muloqot, o‘qish, o‘z yurish-turishini nazorat qilish qobiliyatining bashorat qilinadigan dinamikasiga qarab belgilanadi.
18. Nizomning 2-ilovasida ko‘rsatilgan kasalliklar va ularning patalogik holatlari nogiron bolalarda mavjud bo‘lgan taqdirda tibbiy xulosada mazkur bolalar uchun lozim bo‘lgan yordamchi vositalar (maxsus asbob-uskuna, moslamalar va harakat uchun vositalar) ko‘rsatilishi lozim.
19. Tibbiy xulosalar VMK tomonidan bolalarga taalluqli tibbiy hujjatlar qabul qilib olingan kundan boshlab 1 oylik muddatda beriladi.
20. Tibbiy xulosa VMK tomonidan ushbu Nizomning 3-ilovasida belgilangan shaklda rasmiylashtiriladi va hududiy davolash-profilaktika muassasasining bosh shifokori va VMK a’zolari tomonidan imzolanadi hamda mazkur davolash-profilaktika muassasasining yumaloq muhri bilan tasdiqlanadi.
21. Tibbiy xulosa berilgach bu haqda bolalarning ambulator kartasiga (112 shakl) qayd kiritiladi.
22. Bolalarning ota-onalari yoki vasiylari (homiylari) VMK tomonidan tibbiy xulosalar berilgan kundan boshlab 10 kun muddat ichida tibbiy xulosani o‘zlari doimiy yashash joyidagi tuman (shahar) ijtimoiy ta’minot bo‘limlariga topshirishlari lozim.
23. Tibbiy xulosa berish bilan bog‘liq barcha hujjatlarning saqlanishi VMK raisi tomonidan ta’minlanadi.
24. Nogiron bolalarga tibbiy xulosa berish mas’uliyati VMK raisi zimmasiga, uning nazorati esa Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar markaziy shifoxonalari bosh shifokorlari hamda Toshkent shahrining tuman (hududiy) tibbiy birlashmalari boshliqlari zimmasiga yuklatiladi.
IV. Nizolarni hal etish va javobgarlik
25. Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar markaziy shifoxonalari hamda Toshkent shahrining tuman (hududiy) tibbiy birlashmalari qoshida bolalarga nogironlikni belgilashda yuzaga keladigan nizolarni ko‘rib chiqish uchun Apellyatsiya komissiyasi tashkil etiladi.
26. Apellyatsiya komissiyasi tarkibi Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar markaziy shifoxonalari bosh shifokori hamda Toshkent shahrining tuman (hududiy) tibbiy birlashmalari boshliqlari tomonidan tasdiqlanadi.
27. Tibbiy xulosa natijalaridan norozi bo‘lgan nogiron bolalarning ota-onalari yoki vasiy (homiy)lari tibbiy xulosa berilgan kundan boshlab bir oy muddat davomida bu to‘g‘risida Apellyatsiya komissiyasiga yoki sudga murojaat qilishlari mumkin.
28. Apellyatsiya komissiyasining xulosasi yakuniy deb hisoblanadi va tibbiy xulosa mazkur komissiya xulosasi asosida bolalarning qonuniy vakillari — ota-onalari, farzandlikka oluvchilari yoki vasiylari (homiylari)ning doimiy yashash joyidagi tuman (shahar) davolash-profilaktika muassasalarida faoliyat ko‘rsatayotgan VMK tomonidan beriladi.
29. Tibbiy xulosa berish tartibini buzgan aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi.
16 yoshgacha bo‘lgan bolalarga nogironlikni tayinlash tartibi to‘g‘risidagi nizomga
1-ILOVA
16 yoshgacha bo‘lgan bolalarga nogironlikni belgilash uchun