TIBBIY KO‘RSATMALAR RO‘YXATI I. 1 yil muddatga nogironlik belgilanadigan kasalliklarning nomlari va ularning patologik holatlari
Kasalliklarning nomlari va patologik holatlari
Klinik ko‘rinishlar va funksional holatlarning tavsifi
1. Bosh va orqa miya jarohati oqibati, markaziy nerv sistemasining virusli infeksiyalari, tug‘ruq jarohatlari oqibatida bosh suyak ichi to‘qimalarining yorilishi va qon ketish og‘ir asoratlari, asoratlangan postnatal ensefalopatiya. Gidrotsefaliyani dekompensatsiya davri, miya disfunksiyasi, aqliy-nutqiy rivojlanishdan orqada qolish, bosh va orqa miya qon aylanishining og‘ir buzilishlari, aqliy zaiflik.
Harakat, ruhiy va nutq buzilishlarining aniq klinik ko‘rinishlarida harakatning (chuqur parez, plegiya, chuqur paraparez, paraplegiya, chuqur triparez, triplegiya, gemiplegiya, chuqur gemiparez, chuqur tetraparez, tetraplegiya, afaziya, dizartriya, porsial va generallashgan epileptik xuruji, xotirani buzilishi.
Neyroinfeksiya asoratlari: meningit, ensefalit, miyelit, meningoensefalit, leykoensefalit, ensefalomiyelit. Spastik tetraparez, gemiparez, kontraktura, intellektning orqada qolishi, tutqanoq xurujlari, g‘ilaylik, yutinishni buzilishi, nutqni kuchli buzilishi.
Bosh va orqa miya tug‘ruq jarohatlarining og‘ir asoratlari:
Subdural, subaraxnoidal, parenximatoz, qorinchalar ichiga va boshqa qon quyilishlar. Periventrikulyar leykomalyatsiya, yelka pleksiti va boshqa pleksitlar, miyelit. Qo‘l va oyoqlarda parez, falajlik, mushak gipotrofiyasi, tutqanoq xuruji, aqliy va nutqiy rivojlanishdan orqada qolish, g‘ilaylik, disfagiya, dizartriya, chanoq a’zolari faoliyatining buzilishi.
Postnatal ensefalopatiya asoratlari, tez-tez tutqanoq xuruji o‘rta va kuchli darajadagi oligofreniya, kuchli giperkinez, kuchli parezlar.
2. Xirurgik amaliyotidan keyingi holatlar: qizilo‘ngach, me’da va ichaklarning o‘tkazuvchanligini buzilishi — oqmalar, axlat va siydik tuta olmaslik, surunkali yurak, qon tomir, buyrak, jigar, o‘pka yetishmovchiligi. Quloq-tomoq-burun kasalliklari. Ikkala quloqda radikal operatsiya o‘tkazilganidan keyin va uning ikki quloqda konduktiv hamda neyrosensor eshitish pastligi asoratini berganda, eshitish qobiliyatini 60-80 Dbga pasayishi). O‘smirlar angiofibromasi sababli o‘tkazilgan xirurgik amaliyotidan keyingi holat. Rinogen va miya qutisi ichi asoratlari sababli xirurgik amal o‘tkazgan bemorlar (miya va miyacha xo‘ppozlari, meningit, sinusotromboz). Chaqaloqlarda uzoq nazoratni talab qiladigan suyak-mushak tizimini tug‘ma anomaliyasi (rivojlanish nuqsonlari va deformatsiyalari).
Operatsiyadan keyingi davrda uzoq qayta tiklash va reabilitatsion muolajalarni talab qiladigan holatlar, deformatsiyani gips bog‘lami yordamida bosqichma-bosqich davolash holati.
3. Siydik tanosil sistemasi kasalliklari.
Buyrak funksiyasi buzilishining yaqqol klinik ko‘rinishlari, buyrak to‘qimasida patologik jarayonning yuqori faollik darajasi. (Jarayon 6 oydan uzoq davom etsa) Har yili 2 oydan ko‘proq qaytalanadigan patologik holatlar. (buyrak yetishmovchiligining 2-3 darajasi, bitta buyrak yo‘qligida ikkinchi buyrakning piyelonefrit bilan kasallanishi).
4. Trombotsitopenik Purpura va boshqa gemorragik holatlar.
Koagulopatiya va trombotsitopatiya, troibotsitopenik purpura og‘ir asorat bilan 2 oy va undan ortiq har yili xuruj bilan kechishi. Trombotsitlarning soni 50000dan kam bo‘lishi, trombotsitlar funksiyasini keskin pasayishi.
Asoratli kechishi. Kasallik hurujining bir yilda ikki va undan ortiq qaytalanishi, qon ketishi.
6. Bachadondan disfunksional qon ketish.
Kasallikning asoratli kechishi.
Anemiya, NV 60 g/l dan past bo‘lishi, surunkali kechishi
(6 oydan ortiq).
7. Biriktiruvchi to‘qimaning sistem shikastlanishi (sistem qizil yuguruk, dermatopolimiozit), yoshlar revmatoid artriti va tugunchali periarteriitning og‘ir turlari.
Har yili 3 oydan ko‘proq qaytalanadigan patologik holatlarning yuqori faollik darajasi, funksional yetishmovchilik yoki buzilishining II-III darajasi.
8. Qon aylanish sistemasi tug‘ma anomaliyalari (rivojlanish nuqsonlari: ochiq arterial yo‘li, bo‘lmachalararo tug‘ma nuqsoni, qorinchalararo tug‘ma nuqsoni) operatsiyadan keyingi holati.
O‘pka gipertenziyasi va gipoksemiya bilan asoratlangan holatlarda bo‘lishi.
9. Uzoq vaqt davom etadigan kasalliklarda, 3 oydan ko‘proq kuchli ta’sir qiluvchi preparatlar qo‘llanilganda vujudga keladigan holatlar.
Terapevtik yondoshishni talab qiladigan modda almashinuvi, immun tizimi, qon tomirlar devorining buzilishi, periferik qonda patologik o‘zgarishlari (umumiy oqsilni pasayishi, gemoglobinni 60 gr/ldan kamayishi, anizotsitoz).
10. Gepatit V, S va Delta- Agentli turlari.
Periferik qonda giperfermentemiya (2-3 faollik darajasida — AST, ALT 1 mmol/l, TIMOL miqdorining 7 mmol/l, va bilirubinning 20,5 mmol/l dan yuqori bo‘lishi, gepatosplenomegaliya natijasida dispeptik va astenik buzilishlar.
11. Irsiy modda almashinuvi kasalliklari (fenilketonuriya, galaktozemiya, tselakiya va boshqalar).
Tashhis qo‘yilgandan boshlab maxsus parxezning zarurligi.