TIBBIY KO‘RSATMALAR RO‘YXATI Yordamchi vositalar — bu quyidagi funksional buzilishlar yoki anatomik defektlarda buzilgan funksiyalarni kompensatsiya qilish va ijtimoiy maishiy moslashuvni yengillashtirish uchun qo‘llaniladigan moslashtirish asboblari, maxsus asbob-uskunalar:
1. Kuchli namoyon bo‘lgan mono-gemi “paraparez”, “tetraparez”.
2. Kuchli namoyon bo‘lgan ataksiya.
3. Kuchli namoyon bo‘lgan giperkinetik sindrom.
4. Doimiy ravishdagi siydik va najas tuta olmaslik, shu bilan birgalikda siydik va najas oqmalari.
5. Yaxshi eshitmaslik (tugouxost), karlik.
6. 4 barmoqsiz kaft cho‘ltog‘i.
7. Qo‘l-oyoq bo‘g‘imlarining kuchli namoyon bo‘lgan kontrakturalari.
8. Elka, tirsak yoki tizza bo‘g‘imlarining doimiy ravishda osilib turishi.
9. Shopar bo‘yicha tovon cho‘ltoqligi va undan balandroq amputatsion defektlar.
10. To‘liq ko‘rlik: ikkala yoki yaxshiroq ko‘rayotgan ko‘zning xira ko‘rishi. (ko‘rish o‘tkirligi 0,08okorreksiya bilan, ko‘rish maydonini hamma yo‘nalishlar bo‘yicha 15o torayishi).
11. Mukovissidoz.
12. Yurak ritmining buzilishi.
13. Gemofiliya.
14. Qandli diabet.
Alohida harakat vositalari bilan ta’minlash uchun tibbiy ko‘rsatmalar
Alohida harakat vositalariga kreslo-aravacha kiradi va yo‘qotilgan harakat funksiyasini yoki bo‘sh joyda chamalashni kompensatsiya qilish maqsadida beriladi.
Kreslo-aravacha, sayr qildiradigan kreslo-aravacha 3 yoshdan oshgan nogiron bolalari bor oilalarga beriladi.
Kreslo-aravacha berilishi uchun tibbiy ko‘rsatmalar
1. Yurak yetishmovchiligining II B - III darajasi
2. Koordinatsiyaning kuchli buzilishi.
3. Bir nechta qo‘l yoki oyoqlarning falaji yoki kuchli parezi.
4. Ikkala boldir cho‘ltog‘i va undan yuqoriroq satxdagi amputatsiyalar.
Sayr qilish uchun kreslo-aravachani berilishiga tibbiy ko‘rsatmalar
1. Ikki qo‘l yoki ikkala oyoqlarning falaji, kuchli parezlari.
2. Ikkala boldirning cho‘ltog‘i yoki undan yuqoriroq satxdagi amputatsiyalar.
16 yoshgacha bo‘lgan bolalarga nogironlikni tayinlash tartibi to‘g‘risidagi nizomga
3-ILOVA
16 yoshgacha bo‘lgan bolani nogiron deb topish