O‘zbekiston respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligi


Kasalliklarning nomlari va patologik holatlari



Yüklə 77,65 Kb.
səhifə4/6
tarix19.12.2023
ölçüsü77,65 Kb.
#186211
1   2   3   4   5   6
Kasalliklarning nomlari va patologik holatlari

Klinik ko‘rinishlar va funksional holatlarning tavsifi

1. Suyak-mushak sistema va biriktiruvchi to‘qima kasalliklari (etiologiyaga bog‘liq bo‘lmagan poliartritlar, kollagenozlar, osteomiyelitlarning og‘ir shakllari va ularning asoratlari).

a) Suyak to‘qimasining yaqqol destruksiyasi (osteoporoz, tog‘ay bilan uzviyligi), mushaklardagi patologik o‘zgarishlar, mushak va suyaklarning nuqsoniga olib keladigan, ya’ni qaytalanuvchi patologik sinishlar, bo‘g‘imlar faoliyatining II-III darajali funksional yetishmovchiligiga olib keladigan miofibroz va diffuz kalsinoz.
b) Umurtqa pog‘onasi va ko‘krak qafasining III-IV darajali deformatsiyasi natijasida tayanch harakat apparatining va nafas olish faoliyatining II-III darajali funksional yetishmovchiligi. Bir yoki bir nechta bo‘g‘imlarning kontrakturalari va ankilozlari, katta naysimon suyaklarning yolg‘on bo‘g‘imlari.
v) Mutilyatsiya, kontraktura, sindaktiliya, polidaktiliya, artropatiya natijasida bir oyoq-qo‘l yoki uning segmentida tug‘ma nuqsonlar bo‘lishi natijasida oyoq-qo‘llar funksiyasining III-IV darajali buzilishlari.
g) Suyak-bo‘g‘im tizimida og‘ir operatsiyalardan so‘nggi holatlar.

2. Lab va tanglay yorig‘i (quyon lab va bo‘ri tanglay), til, og‘iz va halqumning boshqa tug‘ma anomaliyalari (rivojlanish nuqsonlari).

Qattiq va yumshoq tanglayning tug‘ma defekti, manqalanish, ovqatning nafas yo‘llariga o‘tishi va nutq defekti bilan kechishi.

3. Qizilo‘ngach, ovqat xazm qilish va siydik sistemasi kasalliklari (buyrakning bujmayishi, uretropiyeloplastika, tsitoplastika operatsiyalari va qayta plastik operatsiyalaridan keyingi holat), jarohatlanishi va nuqsonlari, oshqozon va yo‘g‘on ichakning total rezeksiyasi yoki ingichka ichakning 2/3 qismini kesilishi — qisqa ichak sindromi, ichakning oqmalari (iliostoma, kolostoma) qorin oraliq proktoplastikasi, yarali chandiqli torayishlar tufayli me’daga gastrostoma qo‘yish, sun’iy qizilo‘ngach plastikasi.

Ovqat hazm qilish funksiyasining turg‘un buzilishi, siydik va axlat tutaolmaslik, ichak, siydik va siydik-tanosil oqmalari, xirurgik aralashuvga yoki vaqtiga qarab xirurgik davolash mumkin bo‘lmagan ichak, siydik va siydik-tanosil oqmalari.

III. 16 yoshgacha bo‘lgan muddatga nogironlik belgilanadigan kasalliklarning nomi va ularning patologik holatlari
A. Nerv sistemasining kasalliklari va ruhiy buzilishlar
1. Serebral falaj va boshqa falajli sindromlar (qo‘l-oyoqlarning uzoq vaqt falajligi yoki chuqur parezlari, turg‘un ikkilamchi tarqoq atetoz tipidagi giperkinezlar, xoreoatetoz, koordinatsiyaning yaqqol buzilishi).
2. 2 yil va undan ortiq doimiy ravishda davolashga qaramay davom etayotgan tez-tez qaytalanuvchi epilepsiya (oyiga 4 va undan ortiq katta yoki kunda tez-tez kichik yoki tutqanoqsiz kechuvchi).
3. Tashxisi tasdiqlangan nasl-genetik va degenerativ kasalliklar (stabil va zo‘rayuvchi turlari).
4. Kelib chiqishi har xil bo‘lgan aqliy zaiflikning chuqur va og‘ir turi.
5. 6 oy davom etadigan (surunkali) og‘ir shizofreniya va boshqa ruhiy buzilishlar va xulq-atvor buzilishlari.
B. Ko‘z va uning qo‘shimcha apparati kasalliklari va jarohatlari
Ko‘rish o‘tkirligining yaxshi ko‘radigan ko‘zda 0.04 — 0,08 (korreksiya bilan)ga pasayishi yoki ko‘rish maydonining bog‘lanish nuqtasidan hamma yo‘nalish bo‘yicha 15 gradusgacha torayishiga olib keladigan ikki tomonlama orqaga qaytmaydigan turg‘un va davolab bo‘lmaydigan tug‘ma va orttirilgan ko‘rish a’zosi shikastlanishlari.
V. Ichki a’zolar kasalliklari
1. Bronx — o‘pka tizimining tug‘ma va irsiy kasalliklari (aniqlanmagan kistozli fibroz — mukovissidoz, alveolit surunkali kechishi bilan va o‘pka tug‘ma anomaliyalari).
2. Tug‘ma va orttirilgan xarakterdagi bronx — o‘pka kasalliklarida II-III darajali turg‘un nafas yetishmovchiligi, shu bilan birgalikda yaqqol intoksikatsiya bilan kechuvchi surunkali sil kasalligi. Bronxial astmaning gormonga bog‘liq turi.
3. Yurakning inoperabel fonida II-III darajali qon aylanishining turg‘un yetishmovchiligi.
4. Jigarning tug‘ma, irsiy, orttirilgan kasalliklarida kuchli turg‘un qayta tiklanmaydigan funksional buzilishlari.
5. Surunkali buyrak yetishmovchiligining III-bosqichi.
6. Birlamchi arterial gipertoniya (gipertoniya kasalligi), buyraklar shikastlanishi ustunligi bilan.
7. Diabetik nefroskleroz.
G. O‘sma kasalliklar
Inkurabel yomon sifatli o‘smalarning og‘ir shakli. A’zolar funksiyasining kuchli buzilishi kuzatilganda xirurgik muolajalar mumkin bo‘lmagan holatdagi xavfsiz sifatli o‘smalar.
D. Xirurgik kasalliklar va anatomik nuqsonlar hamda deformatsiyalar:
1. Tuzatib bo‘lmaydigan doimiy najas va siydikni tutaolmaslik, yo‘g‘on, to‘g‘ri ichak va orqa chiqaruv teshigining tug‘ma va orttirilgan oqmalari, siydik, tanosil a’zolari oqmalari.
2. Muhim a’zolar: o‘pka, jigar, ichaklar va anorektal sohasining, o‘t yo‘llarining atreziyasi, buyrak, siydik pufagining yo‘qligi, yaqqol rivojlanmaganligi tufayli patologik asoratlarda muhim a’zolarning turg‘un funksional buzilishlari.
3. Suyak-mushak sistema va biriktiruvchi to‘qima kasalliklarida yaqqol qayta tiklanmaydigan funksional buzilishlari:
a) bir yoki undan ortiq oyoq va qo‘llarda orttirilgan deformatsiyalar;
b) ankiloz, kontraktura, patologik sinish, skelet deformatsiyasiga olib keladigan umurtqa pog‘onasining tizimli zararlanishi;
v) tayanch-harakat apparatining rivojlanish nuqsonlari tufayli mustaqil harakat va o‘z-o‘ziga xizmat qilish imkoniyati yo‘qligi.
E. Endokrin tizimi kasalliklari
Ichki sekretsiya bezlari funksiyasining yetishmovchiligi:
qandli diabet (insulinga bog‘liq qandli diabet);
qandsiz diabet (pitiutrin-rezistent shakli);
Itsengo-Kushinga sindromi, surunkali buyrak usti bezlarining boshqa buzilishlari (Adisson krizi), total adrenoektomiyadan keyingi holati, buyrak usti bezi po‘stlog‘ining og‘ir tug‘ma disfunksiyasi, og‘ir tug‘ma yod yetishmovchiligi sindromi, gipofizar nanizm, tug‘ma va orttirilgan gipotireozning og‘ir shakli, gipoparatireoz, tireotoksikoz.
J. Qon va qon yaratuvchi organlar kasalliklari
1. Leykozlar Xodjkin kasalligi (limfogranulomatoz), xavfli gistiotsitoz.
2. Qon ishlab chiqarishning tug‘ma va orttirilgan gipo-aplastik holatlari. Gemoglobin 60g/l, ko‘ruv maydonida leykotsitlar 3000 mm/kubdan kam, anizotsitoz, poykilotsitoz, mikrotsitoz.
3. Purpura va boshqa gemorragik holatlar, koagulopatiya va trombotsitopatiyaning og‘ir shakllari. Og‘ir gemorragik kriz bilan kechuvchi doimo qaytalanib turuvchi surunkali trombotsitopenik purpura (trombotsitlarning qonda 50 ming va undan kamroq bo‘lishi).
Z. Immun mexanizmini jalb etuvchi ayrim buzilishlar
1. Tug‘ma immun tizim tanqislik holatlari:
a) og‘ir mujassamlashtirilgan antitelalar (antitanachalar) yetishmovchiligi ustun bo‘lgan immunodefitsit holatlar, polimorfyadroli neytrofillar funksional buzilishlari, septik granulamatoz — jigar, o‘pka, limfa tugunlari va boshqa a’zolarning qaytalanib turuvchi bakterial shikastlanishi bilan kechishi;
b) qon zardobida immunoglobulin E ning konsentratsiyasi 1000 KED/l.dan yuqori bo‘lishi bilan jigarda, o‘pkada, teri ostida “sovuq” abssesslarning qaytalanishi bilan kechuvchi giperimmunoglobulin E sindromi.
2. Orttirilgan immuntanqislik holatlari:
a) OIV infeksiyasining yoyiq tasviri;
b) OITS — odam immun tanqisligi sindromi
I. Quloq, tomoq va burun kasalliklari
1. Konduktiv va neyrosensor karlik yoki eshitish qobiliyatining to‘la yo‘qotilishi.
2. Eshitishning buzilishiga olib keluvchi quloq tug‘ma anomaliyalari (rivojlanish nuqsonlari). Ikki tomonlama quloqning tug‘ma rivojlanmasligi yoki tuzatib bo‘lmas anomaliyasi (quloq suprasi va tashqi eshituv yo‘lining bo‘lmasligi).
3. Xiqildoq tug‘ma anomaliyalari (rivojlanish nuqsonlari).
4. Xiqildoq va kekirdak yuqori qismining orttirilgan chandiqli torayishi, 2-3-darajali nafas yetishmovchiligi bilan.
5. LOR organlari moxovi (leprasi).
6. Og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatining granulyoma va granulamasimon shikastlanishlari.
7. Surunkali rinit — Ozena (sassiq tumov).
16 yoshgacha bo‘lgan bolalarga nogironlikni tayinlash tartibi to‘g‘risidagi nizomga
2-ILOVA
Nogiron bolalarga yordamchi vositalar, protez-ortopediya mahsulotlari va alohida harakat vositalarini berish uchun

Yüklə 77,65 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin