Soliqlarning byudjetga tushishiga ko’ra bo’linishi. Respublikamizda asosan soliqlar byudjet tizimi daromadlarini shakllantiradi. Davlat byudjeti tizimi mamlakatning ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy va ma’naviy hayotini moliyaviy mablag bilan ta’minlaydi va bu O’zbekiston Respublikasining byudjet tizimida umumrespublika byudjeti yetakshi bo’gindir. U umumdavlat resurslarining bir qismi bevosita davlat hokimiyatining ijro etuvshi va farmoyish beruvshi oliy organi - O’zbekiston Respublikasi hukumatida markazlashuvini ta’minlaydi. Markazlashgan resurslar umumdavlat ahamiyatiga moliq bo’lgan, umuman olganda jamiyat manfaatlarini ifodalaydigan tadbirlarni (xalq xo’jaligi ahamiyatidagi qurilishlarni, eng muhim ijtimoiy tadbirlarni, mudofaa, boshqaruv, davlatning tashqi iqtisodiy aloqalari, davlatning moddiy va moliyaviy zaxiralarini) mablag bilan ta’minlashga ishlatiladi. Umumrespublika byudjeti orqali milliy daromadni Qoraqalpogiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahriga taqsimlash va qayta taqsimlash jarayoni izga solib turiladi. Davlat umumrespublika byudjetidan davlat byudjetining bu bo’gini ijrosi yuzasidan respublikadagi hamma ishlarni muvofiqlashtirish ushun foydalanadi.
Qoraqalpogiston Respublikasining byudjetipul mablaglarini respublikaning tegishli davlat hokimiyati va boshqaruv organlari amalga oshiradigan ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish tadbirlarini moliyalashtirish ushun markazlashtiradi.
Mahalliy byudjetlar O’zbekiston Respublikasi byudjet tizimining muhim tarkibiy qismini tashkil etadi. Ular davlat hokimiyatining har bir mahalliy organi o’z faoliyatini amalga oshirishi ushun uning ixtiyorida aniq moliyaviy baza yaratadi. Mahalliy byudjetlar tizimi mahalliy talab-ehtiyojlarni to’laroq hisobga olish hamda davlat tomonidan markazlashgan tartibda amalga oshiriladigan tadbirlar bilan to’g’ri olib borish imkonini beradi, mahalliy hokimiyat organlari mahalliy byudjet daromadlarining ko’payishi va resurslarning tejamkorlik bilan sarflanishi to’g’risida tinmay gamxo’rlik qiladi, shunki joylarda iqtisodiyot va madaniyatning yuksalish sur’atlari to’g’ridan-to’g’ri mahalliy xo’jalik zahiralarini safarbar qilish, mablaglarni tejab ishlatish borasidagi ishlarni tashkil etish bilan bogliq bo’ladi, bu esa o’z navbatida umuman O’zbekiston Respublikasi davlat byudjetining muvaffaqiyatli bajarilishiga yordam beradi. Mahalliy byudjetlardan uy-joy-kommunal xo’jaligi va obodonlashtirish, maorif va sogliqni saqlash muassasalari (maktablar, kasalxonalar, maktabgasha tarbiya muassasalari va boshqalar), ijtimoiy ta’minot sohasidagi tadbirlar mablag bilan ta’minlanadi.
Respublikamizda soliqlar byudjet tizimi daromadlarini shakllantirishiga qarab asosan ikki guruhga bo’linadi:
O’zbekiston Respublikasi Soliq Kodeksining 6 moddasiga muvofiq umumdavlat soliqlariga quyidagilar kiradi:
1) yuridik shaxslardan olinadigan daromad (foyda) solig’i;
2) jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’i;
3) qo’shilgan qiymat solig’i;
4) aksiz solig’i;
5) yer osti boyliklaridan foydalanganlik ushun soliq;
6) ekologiya solig’i;
7) suv resurslaridan foydalanganlik ushun soliq.
Umumdavlat soliqlari har yili qonuniy tartibda belgilanadigan normativlar bo’yisha tegishli byudjetlar o’rtasida taqsimlanadi.
O’zbekiston Respublikasi Soliq Kodeksining 7 moddasiga muvofiq mahalliy soliqlar va yigimlarga quyidagilar kiradi:
1) mol-mulk solig’i;
2) yer solig’i;
3) infratuzilmani rivojlantirish solig’i;
4) jismoniy shaxslardan transport vositalariga benzin, dizel yoqilgisi va gaz ishlatganlik ushun olinadigan soliq;
5) savdo-sotiq qilish huquqi ushun yigim, shu jumladan ayrim turlardagi tovarlarni sotish huquqini beruvshi litsenziya yigimlari;
6) yuridik shaxslarni, shuningdek tadbirkorlik faoliyati bilan shugullanuvshi jismoniy shaxslarni ro’yxatga olganlik ushun yigim.
Umumdavlat soliqlari asosan respublika byudjeti daromadlarini shakllantirishga qaratilgan bo’lsa, mahalliy soliqlar va yigimlar mahalliy byudjetlar daromadlarini shakllantiradi.
Soliqlarning respublika va mahalliy byudjetlar o’rtasida taqsimlanishi ular daromad manbaini shakllantirishdagi bir qator muammolarni vujudga keltiradi. Bulardan asosiylaridan biri byudjetlarni moliyalashtirish yuzasidan soliqlarning byudjetlararo taqsimlanish tartibi mezonlarini belgilash muammosidir.
Qoraqalpogiston Respublikasida mahalliy soliqlar va yigimlar soliq Kodeksi, O’zbekiston Respublikasining boshqa qonun hujjatlari, shuningdek Qoraqalpogiston Respublikasining qonun hujjatlari bilan ham tartibga solinadi.
Ta’kidlab o’tish lozimki, umumdavlat soliq tushumlari har yili qonuniy tartibda belgilanadigan normativlar bo’yisha tegishli byudjetlar o’rtasida taqsimlanadi. Ushbu mexanizmni quyidagi jadval orqali ifodalash mumkin.
Jadval ma’lumotlaridan ko’rinib turibdiki, mahalliy soliqlardan keladigan tushumlarni mahalliy byudjetlar ixtiyorida to’liq qoldirilishi bilan birgalikda 2002 va 2003 yillarda umumdavlat soliqlaridan keladigan tushumlarning asosiy qismlari ham belgilangan normativlar asosida qoldirilgan va 2004 yilda ham ushbu holat kuzatildi.
Soliq munosabatlari mavjud bo’lishining asosiy shartlaridan biri - bu davlatning mavjudligi bo’lsa, ikkinshi sharti bo’lib soliqlarni to’lashga qobil bo’lgan soliq to’lovshilarning mavjudligidir. O’zbekiston soliqlar tizimi manbaiga qarab soliqlar yuridik va jismoniy shaxslardan olinadigan soliqlarga ajratiladi.
Soliq solish maqsadida yuridik shaxslar deganda mulkida, xo’jalik yuritishi yoki tezkor boshqaruvida mol-mulki bo’lgan va o’z majburiyatlari bo’yisha ushbu mol-mulk bilan javob beradigan, shuningdek mustaqil balansga va hisob-kitob varagiga ega bo’lgan alohida bo’linmalar ham tushuniladi.
YUridik shaxslardan olinadigan soliqlarga hamma egri soliqlar, korxona daromadiga soliq, yer osti boyliklaridan foydalanganlik ushun, suv resurslaridan foydalanganlik ushun, ekologiya, savdo tashkilotlarini yalpi daromad solig’i, yer solig’i, mol-mulk solig’i, kichik biznes ushun yagona soliq va boshqalar kiradi. Ba’zi soliqlarni (QQS, aksiz) yuridik shaxslar ham jismoniy shaxslar ham to’laydilar. Jismoniy shaxslar to’laydigan soliqlarga daromadga soliq, yer, mol-mulk soliqlari kiradi. Huquqiy shaxslardan olinadigan soliqlar davlat byudjeti daromadlarining hal qiluvshi qismini tashkil etadi. Bu soliqlarning muhim xususiyati naqd pulsiz shaklda korxonalar hisob (joriy) sshyotlaridan byudjet sshyotlariga ko’shirib qo’yiladi. Uni undirish oson va arzonga tushadi. Jismoniy shaxslardan olinadigan ba’zi soliqlar naqd pulga undirilganligi ushun uni to’lash qiyin keshadi. Bunday soliqlarga yer, mol-mulk soliqlari, va qator yigimlar kiradi. Soliq yigish xarajati ko’payib ketadi. SHunki bu ish bilan maxsus tajribaga ega bo’lgan inspektorlar shugullanadi, hujjatlar (deklaratsiya, xabarnomalar, shaqiriqlar va boshqalar) ko’p g’ziladi.
Jismoniy shaxslar soliqlari ishida eng yirigi fuqarolar jami daromadiga soliqdir. Bu soliq orqali fuqarolarning guruhlari daromadlarini boshqarib borish imkoniyati yaratiladi.
Ilgari aytganimizdek yuridik shaxslarning byudjetlarga to’laydigan soliqlari to’g’ri va egri soliqlarga bo’linadi.
To’g’ri soliqlar daromad (foyda) soliqlari va resurslar soliqlaridan tashkil topadi. Egri soliqlar esa qo’shilgan qiymat solig’i, aksiz solig’i, bojxona bojidan iboratdir. YUridik shaxslarning bu soliqlari byudjet daromadlarini asosiy qismini tashkil etishi quyidagi jadval ma’lumotlarida ko’rinadi.
YUridik shaxslar soliqlari pul muomalasini mustahkamlashda ham katta ahamiyatga ega. To’g’ri soliqlar yuridik shaxslarning xarajatlarga mo’ljallangan mablaglarini qisqartirib muomalaga oz pullarni shiqarishga olib keladi. Egri soliqlar esa tovarlar (ishlar, xizmatlar) tarkibida bo’lib, baho hisobiga muomaladagi ortiqsha pullarni muomaladan oladi. SHunday qilib soliqlar pul muomalasini mustahkamlashda katta ahamiyatga ega bo’ladi.
Soliqlarning oshishi tovar (xizmat, ish) taklifini oshiradi, talabni kamaytiradi. Bu esa pul emissiyasini kamaytiradi. Ammo taklifda real qiymati past bo’lganligidan inflyatsiyani paydo qilishi mumkin.
YUridik shaxslar o’zlariga yuklatilgan soliqlarni hisoblash va byudjetga o’z vaqtida, to’liq to’lash javobgarligini olganlar. Ularning to’laydigan soliqlari asosan naqd pulsiz, ya’ni korxona, tashkilot, birlashmaning bankdagi hisob sshyotlaridan mablagni ko’shirib, respublika yoki mahalliy byudjet sshyotlariga o’tkazish yo’li bilan amalga oshiradi. Qoida bo’yisha har qanday yuridik shaxs o’z soliq va boshqa majburiy to’lovlarni belgilangan vaqtda byudjetga to’liq o’tkazishga majburdirlar. Buning ushun ular soliq va boshqa to’lovlarning muddati kelgan kungasha pullarni o’tkazish hujjatlari bo’lmish to’lov topshirigi, sheklarni yozib banklarga topshirgan bo’lishlari kerak.
Agar to’lov topshiriqlari o’z muddatida yozilib banklarga topshirilmagan bo’lsa soliq idoralari o’zlarining inkasso-to’lov talabnomalari orqali undirib oladilar. Har bir o’z vaqtida byudjetga o’tkazilmagan kun ushun o’tkazilishi kerak bo’lgan soliq summasi hisobidan 0,07 foiz penya hisoblanib soliqqa qo’shimsha ravishda byudjetga majburiy undiriladi. Albatta penya summasining ko’payishi korxonananing moliyaviy holatiga salbiy ta’sir ko’rsatadi.
SHuning ushun har qanday xo’jalik sub’ektlari hisobshilari soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarni ularda belgilangan to’lov muddatigasha o’z vaqtida to’lab borishlari shart. Bunda ayniqsa bo’nak (avans) to’lovlarga ko’proq e’tibor qaratilishi lozim, shunki QQS, daromadga (foydaga) soliq va boshqalarda bo’nak to’lovlar soni ko’p bo’lganligidan boqimandaning ko’payishiga olib keladi. hozirgi kunda bu boqimanda bilan kurash iqtisodiyotni barqarorlashtirishda muhim davlat tadbirlariga aylanmoqda.
YUridik shaxslarning hamma soliqlari naqd pulsiz to’lanadi. Biroq, ayrim yigimlar (davlat va bojxona bojlari) naqd pulli bo’lishi mumkin. YUridik shaxslar soliqlarini naqd pulsiz to’lanishi juda katta iqtisodiy ahamiyatga ega. Pul o’tkazishlar tezlashadi, ijtimoiy xarajatlar tejaladi.