Asbob va reaktivlar. Probirkalar va ular uchun shtativlar, rux (mosh danosidek qilib maydalangan), temir plastinka, mis sim (d=1—2 mm), temir (II)-sulfat, magniy, kraxmal eritmasi, yodli suv, vodorod sulfidli suv. Sulfat kislota (2M va 2n), mis(II)-sulfat (1M), temir(III)-xlorid (0,25M), kaliy yodid (0,25M), kaliy bixromit (0,5n), xrom(III)-sulfat (0,5n), o‘yuvchi natriy (0,5n), vodorod peroksid (0,5n), kaliy permanganat (0,5n).
1-tajriba. CrO2- ning CrO42- gacha oksidlanishi. Slindrsimon probirkaga 10 tomchi xrom (III)-sulfat va 3—4 tomchi o‘yuvchi natriy eritmasidan tomizing. Hosil bo‘lgan xrom (III)-gidroksid cho‘kmasi erib ketguncha yana o‘yuvchi natriy eritmasidan tomchilatib qo‘shing.
Xrom (III)-gidroksidning olinishi va natriy xromatning hosil bo‘lish reaktsiyasi tenglamalarini yozing.
Olingan natriy xromat eritmasiga bromli suvdan 5-6 tomchi qo‘shing va yashil rangdan sariq rangga aylanguncha qizdirng. Reaksiya quyidagi sxema bo‘yicha boradi:
NaCrO2 + Br2 + NaOH Na2CrO4 + NaBr + H2O
Elektron tenglamasini yozing molekulalarning koeffisientlarini tenglang, oksidlovchi va qaytaruvchini ko‘rsating.
Dostları ilə paylaş: |