4-tajriba. Vodorod peroksidning qaytaruvchanlik hossasi. Probirkaga kaliy permanganat eritmasidan 5 tomchi, 2 n sulfat kislota eritmasidan 1—2 tomchi va 10 % li vodorod preroksid eritmasidan 2—3 tomchi soling. Kislorod ajaralishini va eritma rangsizlanishini kuzating. Reaksiya quyidagi sxema bo‘yicha boradi.
KMnO4 + H2O2 + H2SO4 MnSO4 + K2SO4 + O2 + H2O
Reaksiyaning elektron tenglamasini yozib, koeffisientlar tenglang oksidlovchi va qaytariluvchilarni ko‘rsating.
5-tajriba. Mg0 ning Mg+2 gacha oksidlanishi. Soat oynasiga kichkina qoshiqcha yordamida magniy kukunidan ozgina soling. Uning ustiga sulfat kislota eritmasidan 1—2 tomchi tomizing. Vodorod ajralishini kuzating. Reatsiyaning molekulyar va elektron tenglamalarini yozing.Oksidlovchi va qaytariluvchilarni ko‘rsating.
6-tajriba. Kaliy permanganatning oksidlovchi hossasiga muhitning ta’siri.
Uchta probirkaga KMnO4 eritmasidan olib, birinchi probirkaga 2n H2SO4 va kaliy yodid eritmasidan qo‘shing. Probirkadagi eritmaning rangi sariq-qo‘ng‘ir tusga kirishini kuzating. Erkin yod hosil bo‘lganligini eritmadan ozgina olib suyultirib krahmal kleysteri bilan sinab ko‘ring. MnO4— ionininng Mn2+ ionga o‘tishini e’tiborga olib reaksiya tenglamasini yozing.
Ikkinchi probirkaga ozroq distillangan suv va kaliy yodid eritmasidan qo‘shing. Eritmani bir oz qizdiring. Qo‘ng‘ir cho‘kma MnO2 hosil bo‘lishini kuzating. Reaksiya tenglamasini yozing.
Savol va mashqlar:
1. Qanday proqess oksidlanish va qanday protsess qaytarilish deb ataladi?
2. O‘z-o‘zidan oksidlanish va o‘z-o‘zidan qaytarilish reaksiyalari nimalardan iborat?
3. Oksidlanish – qaytarilish protsessining qanday tiplari bor? Elektron o‘tish sxemasidan foydalanib, quyidagi reaksiyalarni tugallab tenglamalarni koeffisientlarini topib qo‘ying.
1. FeSO4 + HNO3 Fe2(SO4)3 + NO
2. NH3 + O2 N2 + H2O
3. H2SO3 + HClO3 H2SO4 + HCl
4. As2S3 + HNO3 + H2O H2SO4 + H3AsO4 + NO
5. KJ + KClO3 + H2SO4 J2 + K2SO4 + H2O
6. H2S + HNO3 H2SO4 + NO + H2O
Dostları ilə paylaş: |