O‘zbekiston respublikasi


LABORATORIYA MASHG‘ULOTI – 9 Galvanik elementlar va metallarning korroziyasi. Tuz eritmalarining elektrolizi



Yüklə 1,9 Mb.
səhifə43/47
tarix02.01.2022
ölçüsü1,9 Mb.
#40048
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   47
Kimyo Laboratoriya

LABORATORIYA MASHG‘ULOTI – 9

Galvanik elementlar va metallarning korroziyasi. Tuz eritmalarining elektrolizi


Ishning maqsadi: kimyoviy energiyani elektr energiyasiga aylanishi xaqidagi tushuncha hosil qilish. Tajribada kerak bo‘ladigan asbob va reaktivlar: rasmda ko‘rsatilgan asbob, CuSO4 ning 1n, ZnSO4 ning 0,1n eritmasi .

Nazariy ma’lumot

ksidlanish-qaytarilish reaksiyaasi bitta idish ichida olib borilsa, kimyoviy reaksiyaa vaqtida hosil bo‘ladigan energiya issiqlik energiyasiga aylanadi. Agar oksidlovchi bilan qaytaruvchi moddalar aloxida-aloxida idishlarga solinsa va bsh idishlar tashqi o‘tkazgich (sim) orqali tushirilsa, elektronlar shu o‘tkazgich orqali qaytaruvchidan oksidlovchiga o‘tishi natijasida bir tomonlama elektronlar oqimi - elektr toki hosil bo‘ladi. Bu holda kimyoviy energiya elektr energiyasiga aylanadi. Kimyoviy enegiyani elektr energiyasiga aylantirib beradigan asboblarga galvanik elementlar deb ataladi. Eng oddiy galvank element mis - rux galvanik elementi bo‘lib, u ichiga suyuqlik solingan nay orqali birlashtiriladi va eritmalariga botirilgan mis va rux plastinkalaridan tuzilgandir. Mis - rux galvanik elementini elektrokimyoviy sxemasi:



А (-)Zn/ZnSО4//СuSО4+Сu(+)К

Bu erda: «A» - anod, «K» - katod. Bu galvanik element ishlaganda elektronlar oqimi tashqi zanjir orqali rux elektrodidan (anoddan) mis elektrodiga (katodga) o‘tishi natijasida rux elektrodida oksidlanish, mis elektrodda esa, qaytarilish jarayonlari sodir bo‘ladi:





Galvanik elementlarda oksidlanish jarayoni boradigan elektrod anod, qaytarilish jarayoni boradigan elektrod esa katod deyiladi. Ikkita elektrod orasidagi potensiallar ayirmasiga galvanik elementning E.Yu.K (elektr yurituvchi kuch)i deyiladi. Galvanik elementning E.Yu.K. ni topish uchun katod potencial qiymatidan anod potencial qiymati ayirib tashaladi.

Masalan: mis - rux galvanik elementining E.Yu.K.ni topish uchun oksidlovchi juftning potensialidan qaytaruvchi juftning potensialini ayirib tashlaymiz:

Bu erda: E CuSO4 Cu -oksidlovchi juft potensiali

E ZnSO4/Zn - qaytaruvchi juft potensiali.

Ular odatda ECu+2/Si va /Zn+2/Zn/ - ko‘rinishida yoziladi.


Yüklə 1,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   47




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin