O`zbekiston Respublikasi


Xromatografiya, fotometriya, flyuorometriya, refraktometriya usullari



Yüklə 175,33 Kb.
səhifə48/51
tarix02.01.2022
ölçüsü175,33 Kb.
#42431
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   51
Analitik kimyo fanining maqsad va vazifalari, tibbiyotdagi ahami (1)

2. Xromatografiya, fotometriya, flyuorometriya, refraktometriya usullari.

Aralashma tarkibidagi moddalar o`zlarining fizikaviy va kimyoviy xossalariga muvofiq, ikki faza orasida ayrim komponentlarga taqsimlanishi xromatografiya usullarining asosini tashkil qiladi. Xromatografiyaning turli usullari yordamida oddiy va murakkab aralashmalardagi moddalarning chinligi, miqdori hamda dori moddalari tarkibining naqadar tozaligi aniqlanadi. Xromatografiya usullari moddalarning taqsimlanish mexanizmiga qarab quyidagi guruhlarga bo`linadi: adsorbsiyalanish xromatografiyasi, taqsimlanish xromatografiyasi, ion almashinish xromatografiyasi, gazli va gaz–suyuqlik xromatografiyasi, cho`kindi xromatografiyasi.

Farmakopeya tahlilida dori moddalarining chinligi, tozaligi va miqdorini aniqlashda fotometriyaning kolorimetriya, fotoelektrokolorimetriya, spektrofotometriya (UB– va IQ–spektroskopiya) va flyuorometriya usullari keng qo`llaniladi. Fotometriyaning flyuorometriya usuli moddalarning nurlanish jadalligini aniqlashga asoslangan bo`lsa, boshqa usullari esa moddalarning elektromagnit nur yutish ko`rsatkichini aniqlashga asoslangan.

Refraktometriya usuli o`zining oddiyligi, tahlil natijasining to`g`ri va aniqligi hamda tahlil uchun juda kam miqdorda preparat talab qilinishi (2–3 tomchi) bilan farq qiladi. Bu usul nazorat–analitik laboratoriyalarda, dorixonalarda dori–darmonlar sifatini nazorat qilishda keng qo`llaniladi. Refraktometriya usulidan dori moddalarining chinligi, tozaligi, ularning eritmadagi konsentratsiyasi tahlilida foydalaniladi. Refraktometriya usuli tekshiriluvchi moddaning nur sindirish ko`rsatkichini (koeffitsiyentini) aniqlashga asoslangan.



Yüklə 175,33 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   51




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin