23
kechinmalari orqali aks ettirsa, maqollar voqealikni xalqning bevosita ana shu
voqeylik haqida xulosalari, hukmlari orqali aks ettiradi.
Qo`shiq, lapar, o`lan, yor-yor kabi lirik janrlarda voqelik shaxsning
kechinmalari fonida o`z ifodasini topsa, xalq maqollarida ana shu kechinmalar haqida
lo`nda xulosalar ifodalanadi. Lirik janrlarda kechinmadan hukmga qarab intilish
yetakchilik qilsa, maqollarda hukmdan kechinmaga qarab intilish yetakchilik qiladi.
Ilmiy adabiyotlarda maqol va matal tushunchasini bir-biri bilan jalkashtirish
mavjud. Hatto «O`zbekiston Qomusi»da ham, bizningcha, «maqol» maqolasiga
matal, «matal» maqolasiga maqol misol sifatida keltirilgan. Aytib o`tish lozimki, olib
borilgan ilmiy kuzatishlar maqol va matal o`rtasida farq borligini ko`rsatmoqda.
Jumladan, maqol alohida qo`llanganda tugal fikrni bildiradi va hayotda uchrab
turadigan o`xshash lavhani izohlaydi. Matal alohida qo`llanganda, mustaqil ma`no
ifodalamaydi va notiq fikrining badiiyligini oshirish uchun xizmat qiladi. Bu o`rinda
bir misolni eslash maqsadga muvofiqdir. Xalqimiz orasida «Yaxshi so`z bilan ilon
inidan, yomon so`z bilan pichoq qinidan chiqar» degan maqol bor. Agar shu
maqoldagi fikriy qismlarni ajratgan holda quyidagi shaklga keltirsak, matalga ega
bo`lamiz: «Ahmad ilon inidan chiqadigan qilib gapirdi» bu gapda «ilon inidan
chiqadigan» so`z birikmasi alohida qo`llanganda mustaqil ma`no anglatmaydi.
Ma`lum bo`ladiki maqol va matal, aslini olganda, xalq hayotida tutgan o`rni, maishiy
vaziyatlarini ifodalash darajasi bilan bir-biriga yaqin turar ekan. Faqat tarixiy jarayon
natijasida ularning biri maqol bo`lib shakllangan, ikkinchisi matal sifatida yashay
boshlagan.
Bu o`rinda rus xalq og`zaki ijodidagi maqol va matal janrlarini eslash
ma`quldir. Ruslar maqollarni (poslovitsa), matallarni (pogovorki) deb ataydilar. Bu
janrlarga xalqning bergan ta`rifi ibratlidir: «Pogovorki-svetochki, poslovitsi-
yagodki». Demak, o`zbek maqol va matallarining farqini ham gul va meva bilan
izohlash mumkin bo`ladi, - deb yozadi folklorshunos olim O.Madayev.
Maqol va matallarning matnlari badiiy jihatdan juda mukammal hisoblanadi.
Maqollarda istiora, o`xshatish, sifatlash, qiyoslash kabi tasviriy vositalardan ko`p
foydalaniladi. Shuningdek, tazod san`ati faol ishtirok etadi:
Dostları ilə paylaş: