Yaxshi topib gapiradi,
Yomon qopib gapiradi
Kattaga hurmatta bo`l,
Kichikka izzatta bo`l.
Maqollarda shakliy va mazmuniy san`atlarni qo`llashda mutanosiblikni
kuzatish mumkin. «Boy boyga boqar, suv soyga oqar» maqolini tahlil qilib ko`raylik.
24
Avvalo, bu maqolda katta hayot tajribasi o`z ifodasini topgan. Bu tajriba qarindosh-
urug`chilik, mahalliychilik, tanish-bilishchilik bilan bog`liq ma`nolarda qo`llanadi.
Bu maqolda bir shaxsning o`ziga yaqin odam tarafini olishi suvning soyga qarab,
ya`ni qiya, pastlikka qarab oqishiga qiyoslanadi. Shaklan esa maqoldagi boy, soy,
boqar, oqar so`zlari tashqi va ichki qofiyani tashkil etgan. Ayni paytda, maqolda «b»,
«d», «y», «s» kabi tovushlarning qayta-qayta takrori o`ziga xos tovushdoshlikni hosil
qiladi. Tovushlarning uyushib kelishi adabiyotshunoslikda maxsus sa`nat hisoblanadi.
Bir misol bilan cheklanamiz: Yolg`iz yog`och yalinsang ham yonmaydi.
O`zbekiston Fanlar Akademisiyaning Alisher Navoiy nomidagi Til va
Adabiyot instituti xodimlari tomonidan nashrga tayyorlangan ikki jildlik xalq
maqollari to`plamida bunday misollarni ko`plab uchratish mumkin. Xalq maqollarini
o`rganish ushbu janrning jahon xalqlari ijodi bilan eng ko`p mushtaraklikka ega janr
ekanligini tasdiqlamoqda.
Ayni paytda folklor janrlari orasida kundalik turmushimizda eng ko`p
qo`llanadigan janr maqol ekanligini eslatib o`tish joizdir. Eng kam maqol biladigan
odam ham o`z nutqida 10-15 ta maqol qo`llaydi.
Folklorshunos olimlarimz maqollarni quyidagi jihatlariga ko`ra tasnif qilishadi:
1. Alfavit tartibiga ko`ra.
2. Mazmuniy tasnif.
3. Poetik tasnif.
4. Tarixiy tasnif.
5. Tuzilishiga ko`ra.
Maqollarni qo`llashdan asosiy maqsad didaktika bo`lib, maqollar juda katta
ta`limiy-tarbiyaviy ahamiyatga egadir. Ayniqsa, yosh avlodni tarbiyalashda
maqollarning roli juda muhim.
Savollari:
1. Maqol nima?
2. Maqollar qanday tasnif qilinadi?
3. Maqollar qanday shaklga ega?
4. Maqollarning qanday badiiy xususiyatlari bor?
5. Matal nima?
ADABIYOTLAR:
1. .Karimov «Yuksak ma`naviyat – yengilmas kuch». – T.: «Ma`naviyat», 2008.
– 176 b.
2. I..Karimov «O’zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida». – T.:
«O’zbekiston», 2011. – 440 b.
25
3. Jo’rayev, Mamatqul. Folklorshunoslik asoslari.O’quv qo’llanma.-T.: “Fan”,
2009. -189 b.
Dostları ilə paylaş: |