O`zbekiston respublikasi


darslarida mahalliy materiallardan foydalanish»



Yüklə 0,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə45/74
tarix14.10.2022
ölçüsü0,99 Mb.
#65145
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   74
Namangan davlat universiteti o`zbek tili va adabiyoti kafedrasi

darslarida mahalliy materiallardan foydalanish» (Folklor namunalari asosida) 
mavzuida 1996 yil nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildi.
Folklorshunos olimlar tomonidan Namangan viloyati hududida quyidagi 
dostonchilik markazlari aniqlangan:
1. Ko`libuqon 
2 Sayram 
3. Ariqmo`yin 
4. Elatan 
5. Go`ravon
6. Yakka ijrochilar 
Namangandagi eng mashhur dostonchilik markazi - Ko`libuqon qishlog`i bilan 
bog`liq. Ko`libuqon qishlog`i Chortoq tumanidagi Alixon va Yangiqo`rg`on 
tumanidagi Bekobod qishloqlari orasida joylashgan. Hozir uning nomi Orzumobod 
deyiladi. Bu maraz o`z safiga Chortoqning shimoliy hududida, Shuningdek
Yangiqo`rg`on tumanining Bekobod, Birlashgan, G`ovazon, Xo`jasho`rkent 
qishloqlarida yashab ijod etgan baxshilarni birlashtiradi. Ular qatorida Haydar 
sannovchi Boychayev (Haydar sannoch), Cho`tivoy sannovchi, Suvon sannovchi, 
Razzoq shoir Qozoqboy o`g`li, Alimqul baxshi Niyozovlarning nomini keltirish 
mumkin. Mashhur sannovchi Cho`tvoy baxshining o`g`li Mahmud buva 
Cho`tboyevning otasi aytib bergan ma`lumotlar asosida hikoya qilishicha, bu 
dostonchilik markaziga Samarqand viloyati Miyonkol qishlog`idan kelgan Begijon 
baxshi asos solgan. U XIX asrning 70-80 yillarida Ko`lbuqonga keladi va doston 
kuylashga qiziqqan yoshlarni atrofiga to`plab baxshilik sirlarini o`rgatadi. Haydar 
sannovchining hikoya qilishicha, Begijon baxshi: «Doimiy ustozim Yo`ldosh, 
shogirdim Shonazar, o`zim Samarqandning Miyonkolidanman», - deb aytib yurar 
ekan. 
Folklorshunoslarning fikriga ko`ra, Begijon baxshi va uning ustozlari 
Bulung`ur maktabining vakillari bo`lganlar. Chunki Yo`ldosh ismli baxshilar boshqa 
maktablarda uchramaydi. Ammo keyingi izlanishlarimiz natijalariga ko’ra boshqa 
fikrlar ham ma’lum bo’ldi, ya’ni Mahmud buva Cho`tboyevning biz bilan bo’lgan 
suhbatda ma’lumot berishicha, Begijon baxshi xorazmlik bo`lgan. Mahmud buvaning 
otasi Cho`tvoy sannovchi shunday deb gapirib yurar ekan. 


57 
Begijon baxshi tarbiyasida etishib chiqqan Cho`tivoy va Suvon sannovchilar 
XX asrning boshlarida juda mashhur bo`lganlar. Keyinchalik ularning shogirdlari 
Haydar sannovchi va Razzoq shoirlar mashhur dostonchi sifatida nom qozonishdi. 
Ularning shogirdlari Alimqul baxshi, Mamasodiq baxshi va boshqalar ustozlari 
an’analarini davom ettirishgan. Shu o’rinda Haydar sannovchining turmush o’rtog’i 
ham xalq dostonlarini ayollar huzurida kuylaganligini ta’kidlash lozim. Ko`lbuqon 
dostonchilik markazida 30 dan ortiq baxshilar yashab ijod qilishgan. Bu markaz 
vakillaridan «Alpomish», «Yusuf va Ahmad», «Avazxon», «Go`ro`g`lining 

Yüklə 0,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin