58
Yangiqo`rg`on
tumanining
Bekobod,
Birlashgan,
Uychi
tumanining
Yorqo`rg`on, Namangan tumanining Toshbuloq qishlog`ida faqat «Yozi bilan Zebo»
dostonini kuylaydigan yakka ijrochilar ham bo`lgan.
Bular qatoriga Hojiakbar
Ko`chimov va uychilik Dehqonboy Bahromovlarni kiritish mumkin.
«Yozi bilan
Zebo» dostoni asosan yoz paytida bug`doy o`rimi mavsumida kuylangan. Chortoq
tumanining Saroy qishlog`ida yashovchi Asatulla O`rmonov, Kosonsoylik To`lanboy
Hoshimovlar asosan
«Oshiq G`arib va Shohsanam» dostonini kuylaganlar.
To`lanboy Hoshimov asli Qo`qimboydan. U dostonchilikni yakka ijrochilardan
o`rgangan. Uning yana bir ustozi Mallaboy shoir. U
«Go`ro`g`li» dostonlarini
kuylagan. Asatulla O`rmonov juda ko`p xalq ertaklari va qo`shiqlarini yod bilgan.
Hatto nikoh to’ylarida laparlar, yor-yorlarni ijro etgan.
Namanganlik
mashhur baxshilardan biri Razzoq shoir Qozoqboy o`g`lidir.
1998 yilda tavalludining 100 yilligi Namanganda keng nishonlandi. U 1898 yil 25
mayda Chortoqning Oraliq qishlog`ida tug`ilgan. Razzoq shoir yoshligida Cho`tboy
baxshi va amakisiga shogird tushgan. Uning ta`kidlashicha, amakisi 50ga yaqin xalq
dostonlarini yod bilgan. Razzoq shoirdan
«Alpomish» va «Go`ro`g`li» turkumidagi
20ga yaqin dostonlar yozib olingan. Shoir qo`shni Qirg`izistonda ham bo`lib, hatto
«
Manas» eposidan parchalarni kuylagan. Razzoq Qozoqboy o`g`lidan juda ko`p:
Dostları ilə paylaş: