O`zbekiston respublikasi


O`ZBEK DOSTONLARINING MASHHUR IJROCHILARI



Yüklə 0,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə54/74
tarix14.10.2022
ölçüsü0,99 Mb.
#65145
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   74
Namangan davlat universiteti o`zbek tili va adabiyoti kafedrasi

 
O`ZBEK DOSTONLARINING MASHHUR IJROCHILARI 
 
REJA: 
1. Ergash Jumanbulbul o`g`li. 
2. Fozil Yo`ldosh o`g`li. 
3. Muhammadqul Jonmurod o`g`li Po`lkan. 
4. Islom shoir Nazar o`g`li. 
Folklorshunos olimlarimiz XX asrda o`nlab doston ijrochilari nomlarini 
aniqlashdi va ularning ijrosida ikki yuzdan ortiq dostonlarni yozib olishdi. Mashhur 
xalq baxshilari haqida alohida-alohida monografiyalar yaratildi. Ulardan yozib 


65 
olingan dostonlarning deyarli barchasi nashr ettirildi, ommalashtirildi. Xalq 
dostonchilari orasida to`rtta shoirning nomi alohida tilga olinadi. Bu shoirlar o`zlariga 
xos ijro uslublari bilan boshqalardan ajralib turadi. Quyida ular haqida muxtasar 
ma`lumotlar berildi.
ERGASH JUMANBULBUL O`G`LI (1868-1937) 
Qo`rg`on dostonchilik maktabining mashhur vakili ergash Jumanbulbul o`g`li 
1868 yilda Nurota tumaniga qarashli Qo`rg`on qishlog`ida tavallud topgan. Uning etti 
ajdodi shoir bo`lib, mashhur baxshilar sifatida tilga olingan. Otasining Jumanbulbul 
nomiga ega bo`lishi ham bu oiladagi shoirlikka bo`lgan iste`dodni namoyon qiladi. 
1875-1876 yillarda Ergash Jumanbulbul qishlog`idagi maktabda tahsil oladi. Undagi 
iste`dodni payqagan otasi o`g`lini Buxoro madrasasiga o`qishga beradi. Shu tufayli 
ergash boshqa baxshilardan farqli o`laroq o`qish va yozishni biladigan shoirlardan 
bo`lib etishdi. U fors va arab tillarini ham mukammal o`rgandi. Nizomiy, Navoiy, 
Mashrab kabi shoirlarning asarlarini o`qib o`rgandi. Uning madrasada tahsil olganligi 
va mumtoz shoirlar ijodidan Yaxshi xabardorligi shoirdan yozib olingan dostonlardan 
ham sezilib turadi.
Ergash shoir 18 yoshga etganda uning otasi vafot etadi. Keyinroq ukalari: 
Abduxalil, Abdujalil, singlisi Mahkamoy birin-ketin vafot etadi. Bu musibatlar shoir 
termalarida ham o`z aksini topgan. Shoirdan mashhur folklorshunoslar Hodi Zarif, 
G`ozi Olim Yunusov, Muhammad Iso Ernazar o`g`li kabi olim va o`qituvchilar 40 ga 
yaqin doston va termalar yozib olishgan. Ergash Jumanbulbul haqida maxsus 
monografiya, 200ga yaqin maqolalar yozilgan va bu maqolalarning bir qismi «Ulkan 
xalq san`atkori» nomi bilan chop etilgan. «Bulbul taronalari» nomli 5 jildlik asarlari 
nashr qilingan. Ergash shoir Samarqand, Zarafshon atroflaridagi qishloqlarda doston 
va termalar aytib, tirikchilik qilishga majbur bo`lgan. Bu safarlar shoirni mashhur 
baxshi sifatida elga tanitgan. U doston kuylash bilan birga muttasil baxshichilik 
mahoratini oshirib borgan va o`zi ham termalar yaratgan.
Ergash Jumanbulbul o`g`lidan «Ravshan», «Kuntug`mish», «Alpomish», 
«Qunduz va Yulduz», «Dalli», «Xush keldi», «Avazxon», «Hasanxon» singari o`nlab 
dostonlar yozib olingan. Shoir ayniqsa «Go`ro`g`li» turkumiga kiruvchi dostonlarni 
zo`r mahorat bilan ijro etgan. Uning ijrosida yozib olingan «Ravshan» va 
«Kuntug`mish» dostonlariga biror lavhani qo`shish ham undan ajratib olish ham 
mumkin emas, deb ta`kidlaydi folklorshunos olim Omonulla Madayev. Ergash 
Jumanbulbul o`g`li mumtoz adabiyot ta`sirida tuyuq janriga o`xshash tajnisli 
to`rtliklar ham yaratgan:

Yüklə 0,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin