69
Islom cho`ponlik bilan shug`ullanishga majbur bo`ladi. Islomning bobosi Rajab shoir
baxshi edi. Yosh Islom qalbiga shoirlik cho`g`ini ana shu baxshi bobosi Rajab shoir
solgan. Shoir: «Yurganim, ko`rganim, dasht, cho`l, boqqanim qo`y-qo`zi, ulfatim
jafokash cho`ponlar bo`ldi. Umrim bino bo`lib, yoshligimda,
yigitligimda yangi
kiyim kiyganimni, qornim to`yib ovqat eganimni bilmayman», - deb eslaydi.
Islom
shoir kuchli xotiraga ega bo`lib, o`nlab doston va termalarni yod olgan. U Qo`rg`on
va Shaxrisabz maktabi baxshilaridan doston kuylash sirlarini o`rganib, 26 yoshida
baxshi sifatida nom qozondi. Islom shoir do`mbira chertishda
har qanday baxshini
ortda qoldirar ekan. Ovozining shirasi bunga qo`shimcha bo`lgan. Shoirdan «Zulfizar
bilan Avazxon», «Gulxiromon», «Orzigul», «Kuntug`mish», «Xirmondalli»,
«Sohibqiron», «Erali va Sherali», «Tohir va Zuhra», «Nigor va Zamon» kabi
dostonlar yozib olingan. U safarlarini birida turkman shoiri Otaniyoz bilan
do`stlashadi va umrbod hamkorlik qiladi. Otaniyozning
Islom shoir haqida aytgan
so`zlari el og`zida doston bo`lgan. Shoirga Qo`rg`on maktabining vakili To`xtamish
shoir ustozlik qilgan. Islom shoirdan yozib olingan «Orzigul» dostoni xalq orasida
mashhur bo`lgan. Chunki shoir bu dostonni o`zgacha bir mehr bilan kuylab yurgan.
Islom shoir hayoti va ijodi folklorshunos
olimlar Hodi Zarif, Muzayana Alaviya,
Mansur Afzalov, Oxunjon Safarov singari olimlar tomonidan o`rganilgan.
Shoir
ijodiga oid «Islom shoir va uning xalq poeziyasida tutgan o`rni» nomli tadqiqotlar
kitobi nashr etilgan.
Dostları ilə paylaş: