O`zbekiston respublikasi


Bolalar folkloriga quyidagi janrlarni kiritish mumkin



Yüklə 0,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə59/74
tarix14.10.2022
ölçüsü0,99 Mb.
#65145
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   74
Namangan davlat universiteti o`zbek tili va adabiyoti kafedrasi

Bolalar folkloriga quyidagi janrlarni kiritish mumkin:
Allalar 
Aytishuv 
Erkalama va ovutmachoqlar 
Tegishmachoqlar
Aytish-olqishlar 
Sanamalar 
Bolalar o’yin qo`shiqlari 
Tez aytishlar 
Hukmlagichlar 
Chandish va aldamachoqlar 
Qiziqmachoqlar 
Yalinchoqlar 
Arazlamalar 
Yarashtirgichlar 
Guldir-guplar 
Chorlamalar 
Cheklashmachoqlar 
Tarqalmachoqlar 
Qiqilamalar 
Masxaralamalar 


71 
Bizning fikrimizcha, bolalar folklori janrlariga yana quyidagilarni ham kiritish 
mumkin: 
1. Bolalarbop ertaklar. 
2. Bolalarbop maqollar. 
3. Bolalarbop topishmoqlar. 
Chunki ayni kunlarda ertaklarning aksariyat qismi bolalar uchun ijro 
etilmoqda. Shuningdek, bolalar tarbiyasiga oid maqollar va ularning zehnini oshirish 
maqsadida aytiladigan ko`plab topishmoqlarni e`tibordan soqit qilmasligimiz kerak.
Allalar ijtimoiy-estetik qimmatiga ko`ra ikki vazifani bajaradi: birinchisi - 
bolalarni uxlatish, aslida «alla» so`zining lug`aviy ma`nosi professor Shavkat 
Rahmatullaevning ta`didlashicha, «qadimgi turkiy tildagi «tinchlanish» ma`nosini 
bildirgan ala (ala - ala) undov so`zidan o`sib chiqqan» (Mahmud Koshqariy DLT, I, 
118) bo`lib, ovutib, avaylab uxlatishdan iborat. Allaning ikkinchi qimmati uning 
tarbiyaviy - estetik mohiyat kasb etishida ko`zga tashlanadi. Bu uning emotsional 
ta`sirchanligidan kelib chiquvchi xususiyatlardan iborat bo`lib, bolani kuy og`ushida 
hayot bilan tanishtirish, ohanglar vositasida hayot ma`nosini anglashiga yo`l, shu 
zaylda estetik didini shakllantirish va o`stirish maqsadiga qaratilganligidir. Abu Ali 
ibn Sino allaning shu xususiyatini ming yil ilgariyoq payqab, Shunday yozgan edi: 

Yüklə 0,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin