Allayo, alla, Oppoq qizim, alla, Qaymoq qizim, alla, Go`zal qizim, alla, Asal qizim, alla, Oqcha qizim, alla, Zog`cha qizim, alla, Sanam qizim, alla, Tam-tam qizim, alla, Erka qizim, alla, Serka qizim, alla. Tilla qizim alla, Pila qizim alla. Otin qizim alla, Oltin qizim alla. Bu alla erkalama xarakteriga ega bo`lib, barcha qofiyadosh so`zlar sifatlash
vazifasini bajargani uchun aksariyat satr boshida kelgan.
Onalar, o`zlari xush yoki noxushliklaridan qat`iy nazar, farzandlariga hamisha
mehribonlik qiladilar: farzandlarida eng nafis ranglarni tanlashga, shu ranglarni
g`oyat nazokat bilan ishlatishga alohida e`tibor beradilar.
O`zbek allalarini kompozitsion jihatdan voqeaband va parokanda allalarga
bo`lish mumkin. O`zbek allalarida radif qonuniydir: alla so`zi har satr yoki satr osha,
goho komponentli shaklda - alla-yo, alla tarzida takrorlanaveradi.
Erkalama va ovutmachoqlar suyish qo`shiqlarning bir-biridan farq qiluvchi
janrlaridir. Ovutmachoqlar kichkintoylarning g`ashligi tufayli aytilsa, erkalamalar
kayfiyatning ko`tarinkiligida ijro etiladi. Erkalamalar mehr tufayli tug`iluvchi
badihalardir. Ovutmachoqlar vaziyat taqozosiga ko`ra aytilsa, erkalamalar kayfiyat
taqozosi tufayli ijro etiladi.
Ha, dursa-dursa, dursa, Otasi bozorga borsa, Go`shtu gurunch keltirsa,
73
Onasi pazanda bo`lsa, Bolasi xo`randa bo`lsa ... kabi aytiladigan qo`shiqlar erkalamaning bir turidir.
Shuningdek, erkalamalarning «Ha, lo`tti, lo`tti», «Ha, kishta-kishta, kishta» singari
turlari ham bor.
Ovutmachoqlarga misol:
Vo`y-vo`y, shuginani kim urdi?