O`zbekiston respublikasi


«...bolaning mijozini kuchaytirmoq uchun unga ikki narsani qo`llamoq kerak



Yüklə 0,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə60/74
tarix14.10.2022
ölçüsü0,99 Mb.
#65145
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   74
Namangan davlat universiteti o`zbek tili va adabiyoti kafedrasi

«...bolaning mijozini kuchaytirmoq uchun unga ikki narsani qo`llamoq kerak. 
Biri-bolani sekin-asta tebratish, ikkinchisi-uni uxlatish uchun aytish odat bo`lib 
qolgan musiqa va allalashdir. Shu ikkisini qabul qilish miqdoriga qarab 
bolaning tanasi bilan badantarbiyaga va ruhi bilan musiqaga bo`lgan iste`dodi 
hosil qilinadi». 
Allalar, odatda, bolalarning emizikli davrlaridan to uch yoshga to`lgunlaricha 
aytiladi. Bolalarning ana shu yoshi bilan bog`lanishi allalarning beshik qo`shig`i 
sifatida xarakterlanishini belgilaydi. Allalar onalarning minglab ajdodidan bir-biriga 
o`tib, sayqal topib, onalik mehrini, armonini ifodalab kelayotganiga qaramay, 
ularning qachon paydo bo`lgani o`zbek folklorshunosligida haligacha aniqlangan 
emas.
Allalar faqat kuylanishi bilan o`ziga xoslik kasb etadigan janrdir. Bir xil ohang 
bilan kuylash o`zbek allalari uchun mushtarak xususiyatlardir. Onaning kayfiyati 
chog` kezlarida allaning monoton ohangida xush yoquvchi mayin yumshoqlik mayli 
sezilib tursa, xafaligida, iztirob chekayotgandagi ma`yus tortuvchi hazinlikka moyil 
ohang bo`ladi. Bola uchun allaning so`zi bilan birga kuyi yoqimli va muhimdir. 
Alladagi so`zlar ona uchun ham muhim, chunki ular ona qalbining nidolaridir. 
Jismoniy harakat bolaning muttasil o`sishini, organizmning chiniqishini 
ta`minlovchi muhim vosita bo`lsa, allalarning ohangi shu jismoniy rivojlanishni 


72 
ma`naviy ulg`ayishga ulaydigan vosita bo`lib, bola ruhiy faoliyatini harakatga 
solishga va faollashtirishga xizmat qiladi.
Allalarning kompozitsion butunligini so`z, ohang va harakat birligi, shu 
so`zlarning o`zaro mantiqiy aloqadorligi nuqtai nazaridan tekshirish kerak. Shunday 
qaralganda, onalar repertuarida uchlik, beshlik, oltilik, ettilik va sakkizlik tarzida bir 
butun tugallangan allalarning anchagina ekanligiga ishonch hosil qilamiz. Masalan, 

Yüklə 0,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin