O`zbekiston respublikasi



Yüklə 0,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə63/74
tarix14.10.2022
ölçüsü0,99 Mb.
#65145
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   74
Namangan davlat universiteti o`zbek tili va adabiyoti kafedrasi

 
 
Bir-ikki, olma dikki,
 
 
Safar oyi, sariq chumchuq. 
 
 
Bog`da turmay, tezroq uchib chiq, 
Sen turib, sen chiq!
Bolalar folklorining sanama janri folklorshunos olim Sobit Avezov 
tomonidan maxsus tadqiq etilgan (2004). 
Tez aytishlar vositasida bolalar ona tilidagi tovush va so`zlarni ravon, burro, 
aniq talaffuz etishni, tovushlar ohangdorligini, so`zlarning nozik ma`no 
bo`yoqdorligini his va idrok qilish, anglash hamda ilg`ab olishni mashq qildilar. Shu 
ma`noda tez aytishlar tovush va so`zlar ustidagi poetik mantiqiy mashqlar 
hisoblanadi. Tez aytishlar nutq tovushlarining uyg`unligiga asoslangan janr bo`lib, 
o`xshash tovushli so`zlar yoki so`z birliklarining bir nafasda shiddatli aytilishi 
jarayonida u yoki bu tovush, u yoki bu so`z talaffuzida chalg`ish va tutilish natijasida 
yuzaga chiquvchi ma`no o`zgarishi negizida maydonga keladi: «Oq choynakka ko’k 
qopqoq, ko`k choynakka oq qopoq», «Qishda kishmish pishmasmish, pishsa 
kishmish qishmasmish» yoki «Tyan Shan tog`ining tagida to`qson to`qqizta 
traktor tirillab turibdi», “G’ni gi’ldirakni g’izillatib g’ldiratdi” va hokazo. 
Tez aytishlar qadimdan mavjud bo`lgan. Atoqli adibimiz Abdulla Qahhorning 
mashhur «O`tmishdan ertaklar» qissasida tez aytishni «tutal» deb qo`llangan va ikkita 
namunasi keltirilgan: «Tutning tomirini turp tutib turipti, turpning tomirini tut tutib 
turipti» va «Bir tokchada uch tokcha, uch tokchasi bir tokcha». Bu tez aytishlarni 
adibning «jadid usuli»da o`qitgan ustozi Muhammadjon qori domlasi o`rgatgan ekan. 
Chandishlar ham keng tarqalgan ma`naviy o`yinlardan bo`lib, ular so`zda 
laqqilatish, chandib olish hisobiga «g`aflatdagi» raqibini hushyor torttirish, shu 
asosida so`zga, so`z ma`nosiga, ohangiga sezilarli reaktsiya uyg`otish hamda so`zga 
ohangdosh hozirjavoblikka shaylash maqsadini ko`zlaydi. 
Aldamachoqlar-chandishlar gohida onaboshi va o`nlab o`yinchilarning she`riy 
savol-javobi shaklida bo`lishi mumkin. 


75 
Bolalar xilma-xil janrlardagi ana shu qo`shiqlarning qay birini shovqin solib, 
qay birini jo`r bo`lib, qay birini raqsga tushib, qay birini yakka holatda, qay birini 
yurib yoki sakrab turib, hakkalab chopgancha aytishni ham yaxshi biladilar. 
Xuddi shu asosda bolalar folklori navqiron avlodning yosh psixologiyasi 
xususiyatlarini, badiiy ijodkorligi salohiyati va imkoniyatlarini ifodalagan, unda 
bolalarning voqealikka munosabatlari, estetik-axloqiy qarashlari va rang-barang 
tuyg`u-kechinmalari o`z aksini topgan. Binobarin, bolalar folklori yosh avlod 
tarbiyasida juda katta ahamiyatga egadir. 
Savollar: 
1. Bolalar folklori kim tomonidan yaratiladi? 
2. Bolalar folklorini kimlar ijro etadi? 
3. Alla nima?«Alla» haqida Ibn Sino nima degan? 
4. Sanamachoqlar va hukumlagichlar nima?
5. Chandish nima? Ovutmachoqlar-chi? 
6. Tez aytishlarning qanday ahamiyati bor? 
7. Bolalar qo`shiqlarining qanday ahamiyati bor? 

Yüklə 0,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin