70
6.
Masharipova. Z, O`zbek xalq og`zaki ijodi. – T.:2008, 140-147-betlar.
7.
Islom shoir va uning xalq poeziyasida tutgan o`rni. O`zbek xalq ijodi
bo`yicha tadqiqotlar. – T.: «Fan», 1978. -144 b.
8.
Ergash shoir va uning dostonchilikdagi o`rni. Tadqiqotlar, 2-kitob. – T.:
«Fan», 1971. -212 b.
9.
G`oziboyev T. Fozil Yo`ldosh o`g`li.– T.: «Fan», 1968.-104 b.
10. Po`lkan shoir. O`zbek xalq ijodi bo`yicha tadqiqotlar. 4-kitob.– T.: «Fan»,
1976.-164 b.
BOLALAR FOLKLORI
REJA:
1. Bolalar folklorining paydo bo`lishi.
2. Bolalar folklorining janrlari.
3. Bolalar folklorining badiiy xususiyatlari.
4. Bolalar folklorining harakatli o`yinlar bilan bog`liqligi.
5. Bolalar folklorining tarbiyaviy ahamiyati.
Bolalar folklori kichkintoylar olami bilan kattalar dunyosining uyg`unlashuvi
oqibatida yuzaga kelgan o`yinlar, qo`shiqlarning butun bir tizimi tarzida tarkib
topgan. Uning yaratishda kattalar ham bolalar ham barobar hissa qo`shishgan.
Kattalar bolalarni erkalash badiiyatini yaratishganki, alla-olqish kabi erkalash
motiviga limmo-lim bu janrlar onalik folklori namunalari sifatida xarakterlanadi,
Chunki bu janrlarga mansub asarlarning yaratuvchilari asosan onalar bo`ladilar.
Qisqa qilib aytganda, kattalar tomonidan bolalar uchun yaratilgan folklor
namunalari va bolalarning o`zlari tomonidan yaratilgan va turli o`yinlar paytida ijro
etiladigan folklor asarlarini
bolalar folklori deyish maqsadga muvofiqdir.
Dostları ilə paylaş: