63
Tikilsam quriydi daryoning gumi,
Na`ra tortsam qular qo`rg`onning timi.
Bunday mubolag`a changallasa tog`ni
talqon qila oladigan,
kuch-qudratda
beqiyos,
«Kallasi kapaday, tanasi tepaday» qalmoq
alplaridan ustun turgan
Alpomishning azamatligini sifatlab bera oladi.
Dostonda asar ruhiga mos ajoyib ko`chimlarni uchratamiz.
Kechani munavvar qilar to`lin oy,
Savashli kun tortiladi parli yoy.
Shunindek, misralarni jilvalantiruvchi quyma
badiiy tovush elementlarini
istagancha topish mumkin:
Suvda bo`lar suluv o`tning suyrug`i,
Dostonda
shunday satrlar borki, ularning ko`plari asrlar tajribasini o`zida
mujassamlashtirgan aforizmlar darajasiga ko`tarilgan:
1. Davlat qo`nsa bir chivinning boshiga,
Semurg` qushlar salom berar qoshiga.
2. Ushbu damning damlarini dam dema,
Boshing eson, davlatingni kam dema.
3. Xo`ja kelsa chiqar murid, naziri,
Xotin bo`lmasmikan erning vaziri?!
4. Zolim bilan hargiz bo`lmangiz yo`ldosh.
5. Ot chopsa gumbirlar tog`ning darasi,
Urushda bilinar mardning sarasi.
6. Sozandalar sozin chertar qo`l bilan,
Yomon odam kuydiradi til bilan.
«Alpomish», hassos shoir Hamid Olimjon ta`biri
bilan aytganda,
«Ozod,
erkin, mag`rur va go`zal odamlar haqida to`qilgan, shularni maqtab ko`klarga
Dostları ilə paylaş: