61
nishonlash haqida imzo chekkan Farmon ayni vaqtida chiqarilgan edi va bu ma`naviy
boyligimizni o`rganish sohasida qo`yilgan ulkan qadam bo`ldi. Kuzatishlar shuni
ko`rsatadiki,
«Alpomish» dostonining paydo bo`lishi va shakllanishi 1000
yildan
ham qadimroq tarixni o`z ichiga oladi. Bu fikrni quyidagi xulosalar asosida
dalillaymiz:
Dostonda
«Alpomish»ning xususiyatlari sifatida «Avesto»dagi Mitraning
qilich kesmas, o`q o`tmas, o`tda yonmas fazilatlari mujassamlashgan.
Qalmoq elining alplari o`z yurtlariga taqdir taqozosi bilan ko`chib
kelgan
Barchinoyga sovchi bo`lar ekanlar:
«Yo barimizga teg, yo birimizga teg» degan
taklifni aytadilar. Bir ayolning bir necha erkak bilan bitta oilada yashash tartibi
Markaziy Osiyoda eradan avvalgi V-VI asrlar bilan belgilanadi.
Dostları ilə paylaş: